4.Dinamikani ifodalovchi nisbiy miqdorlar.
-dinamika nisbiy miqdorda (Dnm) ko‘rsatkichning hisobot davridagi miqdori (mutloq yoki o‘rtacha) shu ko‘rsatkichning o‘tgan davrdagi miqdorlariga nisbati bilan topiladi.
Hisobot davri haqiqiy miqdori x 100
Dnm = ----------------------------------------------
O‘tgan davr haqiqiy miqdori
Dinamika nisbiy miqdorda miqdorlarning taqqoslama bo‘lishiga katta ahamiyat berish kerak. Agarda ushbu taqqoslanuvchi davrda taqqoslanuvchi miqdorlarni hisoblash uslubida, xududlarda miqdorlarning tarkibida yoki boshqa jihatlarida o‘zgarish bo‘lgan bo‘lsa, ularni taqqoslama miqdorga keltirish yoki ushbu o‘zgarishlarni hisobga olish lozim. Shahar aholisining tabiiy ko‘payishini, uning xududiy o‘zgarishini e’tiborga olmasdan hisoblab bo‘lmaydi.
Umuman dinamika nisbiy miqdorlar foizlarda , koeffitsientlarda (martalarda) ifodalanishi mumkin.
Misol: Korxona ushbu yilda 12000 tonna mahsulot ishlab chiqargan, o‘tgan yil esa korxona 11000 tonna mahsulot ishlab chiqargan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |