NAZORAT SAVOLLARI
Elektrostatik induksiya hodisasiga ta’rif bering.
O‘tkazgichning sirtida zaryadning taqsimlanishining fizik asosi nimadan iborat?
Nima uchun o‘tkazgich ichida elektrosatatik maydon kuchlanganligi nolga teng bo‘ladi?
Elektr sig‘imi va ularning o‘lchov birliklari?
Kondensatorlar va ularning turlari. Kodensatorlarni ketma-ket, parallel va aralash ulash usullarini tushuntiring.
Kondensatorlarning energiyasi qanday hisoblanadi?
Kondensatorlarning texnikada qo‘llanilishi.
TEST TOPSHIRIQLARI
Zaryadlanib tok manbaidan uzib qo‘yilgach, qoplamalari orasidagi masofa oshirilgan yassi kondensatorning energiyasi qanday o‘zgaradi:
a) Oshadi; b) Kamayadi; c) O‘zgarmaydi;
d) Avval oshadi, keyin kamayadi.
Zaryadlanib tok manbaidan uzilmagan holda qoplamalari orasidagi masofa oshirilgan yassi kondensatorning energiyasi qanday o‘zgaradi:
a) O‘zgarmaydi; b) Oshadi; c) Kamayadi;
d) Avval kamayadi, so‘ng oshadi.
Havo oraliqli yassi kondensator zaryadlangach tok manbaidan uzildi. Agar shu kondensator qoplamalari oralig‘i dielektrik bilan to‘ldirilsa, qoplamalari orasidagi elektr maydoni kuchlanganligi qanday o‘zgaradi:
Dielektrik kiritish jarayonida kamayadi, so‘ng oshadi;
Oshadi; c) O‘zgarmaydi; d) Kamayadi.
Havo oraliqli yassi kondensator zaryadlangach tok manbaidan uzib qo‘yildi. Agar shu kondensator qoplamalari orasiga shisha (=6) kiritilsa, qoplamalari orasidagi elektr maydoni kuchlanganligi qanday o‘zgaradi:
a) 6 marta kamayadi; b) 6 marta oshadi;
c) O‘zgarmaydi; d) Dastlab 3 marta kamayib, so‘ng 6 marta oshadi.
Havo oraliqli yassi kondensator qoplamalari orasiga dielektrik (shisha, =6) kiritilsa, ular orasidagi potensiallar ayirmasi qanday o‘zgaradi:
a) 6 marta kamayadi; b) 6 marta oshadi;
c) O‘zgarmaydi; d) 3 marta kamayadi.
Koaksial kabel simining uzunligi oshirilsa, uning sig‘imi qanday o‘zaradi:
a) Oshadi; b) O‘zgarmaydi;
c) Kamayadi; d) Yo‘qoladi.
Agar o‘tkazgich suvga (=81) joylashtirilsa uning sig‘imi qanday o‘zgaradi:
a) O‘zgarmaydi; b) 81 marta oshadi;
c) 81 marta kamayadi; d) 9 marta kamayadi.
Agar havo kondensatori qoplamalari oralig‘i dielektrik bilan to‘ldirilsa uning sig‘imi qanday o‘zagaradi:
a) Oshadi; b) O‘zgarmaydi;
c) Kamayadi; d) Qoplamalar qisqa tutashadi.
Agar kondensator qoplamalari orasidagi shisha (sh=6) parafin (p=2) bilan almashtirilsa, uning sig‘imi qanday o‘zgaradi:
a) 3 marta kamayadi; b) 3 marta oshadi;
c) 12 marta kamayadi; d) O‘zgarmaydi.
Agar yassi havo oraliqli kondensatorning qoplamalarining yuzasi 2 marta kamaytirilsa va qoplamalari orasiga dielektrik (=2) kiritilsa, uning sig‘imi qanday o‘zagradi:
a) 2 marta kamayadi; b) 2 marta oshadi;
c) 4 marta kamayadi; d) O‘zgarmaydi.
Har birining sig‘imi 1 mkf bo‘lgan, o‘zaro ketma-ket ulangan 100 ta kondensatorning to‘la sig‘imi nimaga teng:
a) 0,01 mkF; b) 1 mkF; c) 100 mkF; d) 50 mkF.
Har birining sig‘imi 1 mkF bo‘lgan, 100 ta o‘zaro parallel ulangan kondensatorning to‘la sig‘imi nimaga teng bo‘ladi:
a) 100 mkF; b) 0,01 mkF; c) 1 mkF; d) 50 mkF.
Turli sig‘imli kondensatorlar o‘zaro qanday ulanganda, ulardagi zaryad miqdorlari bir xil bo‘ladi:
a) Ketma-ket; b) Parallel;
c) Aralash; d) Bunday ulash turi yo‘q
Do'stlaringiz bilan baham: |