NAZORAT SAVOLLARI
Elektrostatik maydon haqida tushuncha bering.
Elektr zaryadi nima uchun atom tuzilishiga ega deyiladi?
Kulon qonunini tushuntiring.
Elektr maydon kuchlanganligi va nuqtaviy maydon kuchlanganlik formulalarini yozing.
Gauss teoremasi va uning qo‘llanishini tushuntiring.
Gauss teoremasining differensial ko‘rinishini yozing.
TEST TOPSIRIQLARI
1. 3 g suv tomchisida nechta elektron bor? a) 10 26; b) 10 25; c) 10 24; d) 10 23;
2. Musbat +2q zaryadga ega bo‘lgan tomchidan –q zaryadli tomchi ajraldi. Qolgan tomchining elektr zaryadi qancha?
a) -3q; b) -q; c) +q; d) +3q;
3. Manfiy -2 nKl zaryadli simob tomchisi zaryadi 7 nKl bo‘lgan simob tomchisi bilan qo‘shildi. Hosil bo‘lgan tomchining zaryadi qanday bo‘ladi (nKl)?
a) 2; b) -2; c) 5; d) -3;
4. Zaryadi +4e bo‘lgan tomchi unga yorug‘lik tushishi natijasida 2 ta elektronni yo‘qotdi. Tomchining keyingi zaryadi nimaga teng bo‘ladi?
a) +2e; b) -2e; c) +6e; d) -8e;
Agar massasi 18 g bo‘lgan suv elektronlarining 0.1 qismini yo‘qotsa, qanday zaryad hoil bo‘ladi (Kl)?
a) 9.6.105; b) 9.6.104; c) 9.6.103; d) 105;
Musbat nuqtaviy zaryad maydonida manfiy zaryadlangan chang zarrasi qanday harakatlanadi:
a) Tezlanuvchan; b) Tekis tezlanuvchan; c) Tekis sekinlanuvchan; d) Tekis.
Vakuumda bir biridan 1 m uzoqlikda joylashgan, har qaysi bir kulondan bo‘lgan ikkita nuqtaviy zaryad qanday kuch bilan o‘zaro ta’sirlashadi:
a) 1 N; b)
9 109 N ; c)
9 104 N ; d)
9 103 N .
Ikkita nuqtaviy zaryadning o‘zaro ta’sir kuchi vakuumda F ga teng. Bu kuchni qanday yo‘l bilan 81 marta kamaytirish mumkin:
a) Zaryadlarni suvga joylashtirish bilan; b) Zaryadlar orasidagi masofani 9 marta kamaytirish bilan; c) Zaryadlar kattaligini 81 martadan kamaytirish bilan; d) Zaryadlar orasidagi masofani 81 marta oshirish bilan.
Bir xil uzunlikdagi (l) ipak iplarga osilgan ikkita kichik metall sharchalarga vaznsizlik holatida bir xil ishorali zaryadlar berilganda, qanday holatni egallaydi:
Zaryadlangan chang zarrasining, bir tekis zaryadlangan ikkita parallel metall plastinkalar orasida, muallaq turadigan holati uchun qaysi rasm to‘g‘ri:
Bir xil radiusli zaryadlangan mis (m) va po‘lat (p) sharlar o‘zaro kontaktga keltirilib ajratilgandan so‘ng ulardagi zaryad qanday taqsimlanadi:
a) qм qп ; b)
qм qп ; c) qм
qп .
Zaryadlanmagan sferik metall qatlamning markaziga musbat zaryadlangan sharcha joylashtirildi. Sferaning qayerida va qanday ishorali zaryadlar paydo bo‘ladi:
Ichki sirtida – manfiy, tashqarisida – musbat;
Ichki sirtida – musbat, tashqarisida – musbat;
Ichki sirtida – musbat, tashqarisida – manfiy;
Ichki sirtida – manfiy, tashqarisida – manfiy.
Zaryadlanmagan qalin sferik metall qatlamning markaziga zaryadlangan sharcha joylashtirildi. Elektr maydoni qayerda mavjud bo‘ladi:
Sfera ichida va tashqarisida;
Faqat sfera tashqarisida;
Faqat sfera ichida;
Metall qatlam ichida.
Zaryadlanmagan qalin sferik dielektrik qatlamning markaziga zaryadlangan sharcha joylashtirildi. Elektr maydoni qayerda mavjud bo‘lmaydi:
Elektr maydoni bo‘lmaydigan soha yo‘q;
Faqat sfera tashqarisida;
Dielektrik qatlami ichida;
Sfera ichida va tashqarisida.
Bir xil miqdor va bir xil ishorali zaryadlangan ikkita sharcha bir biridan ma’lum bir masofada joylashgan. Shu masofaning qoq o‘rtasidagi nuqtada elektr maydoni kuchlanganligi (E) nimaga teng? (har bir sharchadagi zaryadning shu nuqtadagi hosil qiladigan maydon
kuchlanganligi E1 – ga teng):
Masalani yechish uchun berilgan ma’lumotlar kamlik qiladi;
b) E=E1 /2;
E=2 E1 ;
E=0.
Do'stlaringiz bilan baham: |