qo’shimcha qiymat miqdori shuncha ko’p bo’ladi, lekin kapitalning uzviy tuzilishi
qancha yuqori bo’lsa, ya’ni korxonalarning mexanizatsiyalashuvi yoki tarmoqlarning
mashina va asbob-uskunalar bilan qurollanish darajasi yuqori bo’lsa, qo’shimcha
qiymat miqdori shuncha kam bo’ladi. «Kapital» III tomida esa, K.Marks
«qo’shimcha qiymat normasi» va «foyda normasi» tushunchalarining farqini bilishni
tavsiya etadi. Agar birinchisi,
uning tomonidan, qo’shimcha qiymatning o’zgaruvchi
kapitalga bo’lgan nisbati sifatida ko’rilsa, ikkinchisi esa (gap qo’shimcha qiymatning
«o’zgargan shakli» to’g’risida borar ekan) qo’shimcha qiymatning jami kapitalga,
ya’ni o’zgaruvchi va doimiy kapitalga bo’lgan nisbati sifatida qaraladi.
K.Marks ta’limotiga binoan foyda normasi pasayish tendentsiyasiga ega.
Bunday tendentsiya uningcha, Rikardo-Mill ko’rsatib berganidek, demografik omillar
va tuproq unumdorligining pasayishi «qonuni» keltirib chiqaradigan
xayotiy zaruriy
mahsulotlar bahosining oshishi sababli emas, balki kapitalning uzviy tuzilishidagi
umumiy kapitalda o’zgaruvchi kapital hissasining pasayishi tufayli kelib chiqadi.
Bundan tashqari, «qo’shimcha qiymat normasi» va «foyda normasi»
tushunchalaridan foydalangan holda, K.Marks erkin raqobat sharoitidagi bozor
iqtisodyoti xo’jalik mexanizmi «sir asrorlarini» yaxshi tushunganligini namoyish etdi.
Masalan, qo’shimcha qiymat nazariyasi «mantig’i» bo’yicha,
ish kuni qancha uzun
bo’lsa, qo’shimcha qiymat massasi va eksplutatsiya normasi shuncha yuqori bo’lishi
kerak. Lekin «qo’shimcha ish vaqtini» uzaytirish yo’li bilan qo’shimcha qiymatni
ko’paytirish usulini K.Marks yaxshi va to’g’ri usul deb hisoblamaydi. «Absalyut
qo’shimcha qiymat» olib keluvchi bunday usul, boshqa barcha sharoitlar bir xil
bo’lganda, ortiqcha xarajatlarni keltirib chiqarishi, har bir ish soati unumini
pasaytirishi mumkin, ishchilar noroziligining muqarrarligi to’g’risida
gapirmasa ham
bo’ladi. Buning ustiga «Kapital» muallifi, ish kunining faqat oxirgi soatida kapitalist
uchun foyda yaratiladi degan N.Seniorning «oxirgi soat nazariyasini» qattiq tanqid
qildi. Uning tasdiqlashicha, zaruriy ish vaqtining qisqarishiga qaramasdan,
mehnat
unumdorligining oshishi «nibiy qo’shimcha qiymatni» olib kelgach, bir vaqtning
o’zida qo’shimcha qiymat normasining pasayish tendentsiyasini kuchaytiradi.
Shunday bo’lsada har bir kapitalist intuitiv tarzda foyda normasini ko’paytirishga
intiladi. «Foyda normasi, – deb yozadi K.Marks,- kapitalistik ishlab chiqarishni
harakatlantiruvchi kuchdir; foyda olib ishlab chiqarish mumkin bo’lgan narsagina
ishlab chiqariladi».
Foyda normasi hamisha qo’shimcha qiymat normasidan kam bo’ladi. Buning
sababi
shundaki, uni hisoblaganda qo’shimcha qiymat butun kapitalga nisbatan
olinadi, qo’shimcha qiymat normasini hisoblaganda esa, qo’shimcha qiymatning
faqat o’zgaruvchi kapitalga bo’lgan nisbati olinadi. Chunki qo’shimcha qiymat,
K.Marks ta’limotiga ko’ra, faqat o’zgaruvchi kapitalning funktsiyasi hisoblanadi.
«Yuqori uzviy tuzilishdagi» kapital (ya’ni doimiy kapitalning o’zgaruvchi
kapitaldan ko’pligi o’rtacha ijtimoiy me’yordan oshiq bo’lsa) o’rtachadan kamroq
foyda normasi beradi. «Past uzviy tuzilishdagi» kapital esa o’rtachadan oshiqroq
foyda normasini beradi. Kapital o’rtasidagi raqobat, kapitalning
erkin suratda bir
tarmoqdan ikkinchi tarmoqqa (kam foyda beradigan tarmoqdan yuqori foyda
beradigan tarmoqqa) oqib o’tishi har ikki holda ham foyda normasini o’rtacha qilib
111
qo’yadi. Muayyan jamiyatdagi barcha tovarlar qiymati miqdori tovarlar bahosining
miqdoriga to’g’ri keladi. Lekin ayrim vaziyatlarda tovarlar raqobat ta’siri ostida o’z
qiymati bilan sotilmaydi, balki ishlab chiqarish bahosi» bilan sotiladi.
«Ishlab chiqarish bahosi sarf qilingan kapital plyus o’rtacha foydani o’z ichiga
oladigan bahodir».
Do'stlaringiz bilan baham: