Ijtimoiy takror ishlab chiqarish sxemasi.
«Iqtisodiy jadvalga» yuqori baho bergan K.Marks, o’zining takror ishlab
chiqarish sxemasini ishlab chiqdi. A.Smit, J.B.Sey ijtimoiy mahsulotni daromadlarga
bo’lib (moddiy sarflarni mavhumlashtirgan holda) ko’rsatgan bo’lsa K.Marksda esa
ijtimoiy mahsulot uch qismga bo’linadi: doimiy kapitalga (s) – moddiy sarflarga
(amortizatsiya, xom ashyo, yoqilg’i va boshqalar qiymati), o’zgaruvchi kapitalga (v)
– ishchi kuchini sotib olishga bo’lgan sarflar va qo’shimcha qiymatga(m).
Takror ishlab chiqarish muammosini echib berishda K.Marks iqtisodiyotni ikki
bo’linmaga bo’ladi. I bo’linma ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish, II
bo’linma iste’mol buyumlarini ishlab chiqarish. Keyin u oddiy va kengaytirilgan
107
takror ishlab chiqarish o’rtasidagi farqni ko’rsatib beradi. «Oddiy takror ishlab
chiqarish» o’zgarmas bo’lib, unda sof investitsiya nulga teng. Oddiy takror ishlab
chiqarish bir xil hajmda, o’zgarmas bo’lib qolishi uchun qanday shartlar bo’lishi
kerakg’ K.Marks buning uchun quyidagi shartlarni ko’rsatib beradi. Oddiy takror
ishlab chiqarishda I bo’linmaning barcha mahsuloti har ikkala bo’linmadagi kapitalni
qoplash uchun sarflanishi kerak: I (c+v+m)= Ic+IIc. Shu bilan birga II bo’linma
mahsuloti ish haqi fondi plyus mulkdan keladigan daromadga – sof milliy mahsulotga
teng (ekvivalent) bo’lishi kerak: II (c+v+m)=I (v+m)+II (v+m). Bu ikkala
tenglamadan natijada I (v+m)=Ic kelib chiqadi, ya’ni I bo’linmaning sof mahsuloti II
bo’linmada yil davomida iste’mol qilinggan kapitalni qoplash uchun zarur bo’lgan
talab miqdoriga teng bo’lishi kerak. Agar I (c+v)>Ic bo’lsa, unda doimiy kapitalni
qoplash uchun investitsiya sarflari miqdori amortizatsiya ajratmalaridan oshib ketadi,
ya’ni sof investitsiya ijobiy bo’ladi. Lekin amortizatsiya jamg’armalari iste’mol
qilingan kapitalni qoplashga ishlatilmasa ishlab chiqarishning pasayishi kelib chiqadi.
Keltirilgan dalillar ancha puxta makroiqtisodiy o’zaro bog’liqlik borligini tasdiqlaydi.
Keyin K.Marks kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni tahlil
qiladi. Uning kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sxemasini fan-tarixidagi iqtisodiy
o’sishning birinchi matematik modeli hisoblash mumkin. Lekin uning kamchiliklari
yo’q emas. Xususan, u «kengaytirilgan takror ishlab chiqarish»ning bir tekisda
rivojlanib borishining shartlarini aniq ko’rsatib bermagan. Bundan tashqari, u sur’at
o’zgarmagan iqtisodiy o’sishni tahlil qiladi, bunday vaziyatda esa, o’sish Q (mahsulot
miqdori)da hech qanday o’zgarish bo’lishini taqozo etmaydi. K.Marks ko’rsatib
bergan iqtisodiy o’sishning zarur bo’lgan shartlari: I bo’linmaning milliy daromadi
ushbu bo’linmadagi ishchi va tadbirkorlarning ehtiyojlarini qondirish uchun II
bo’linmadan sotib olinadigan iste’mol buyumlaridan ko’p bo’lishi kerak – milliy
daromadning bir qismi ishlab chiqarishni kengaytirishga ketadi, ya’ni I(v+m)>IIs.
Shunday qilib, I bo’linmaning mahsuloti yil boshidagi har ikkala bo’linmaning ishlab
chiqarish vositalariga bo’lgan talabidan ko’p bo’lishi kerak, ya’ni I(c+v+m)>Ic+IIc.
Shunga muvofiq, jamiyatning barcha milliy daromadi iste’molga sarflanmaydi, ya’ni
I(v+m)+II(v+m)>II(c+v+m).
Takror ishlab chiqarishning bunday talqini ayrim masalalarga oydinlik
kiritishda qo’llanishi mumkin. Lekin umuman olganda u shu qadar cheklanishlarga
asoslanganki, bu undagi barcha dalillarni kuchsizlantiradi. g’piq iqtisodiyot; barcha
mahsulotlar «normal bahoda» sotiladi; har ikkala bo’linmada kapital aylanish tezligi
bir xil; faqat kapitalistlar jamg’aradi; texnika taraqqiyoti yo’q; real ish haqi doimiy;
bir ishchiga bo’lgan real mahsulot doimiy va boshqalar. Bundan tashqari ikki
bo’linmadan iborat bo’lgan model o’zgaruvchan real iqtisodiyotni tahlil qilishda
ishonchli vosita hisoblanmaydi. Kapital hamda iste’mol buyumlarini yaratuvchi
ko’pchilik tarmoqlar u yoki bu model kategoriyasiga to’la kirmaydi. Masalan, tosh
ko’mir qazib olish, transport, ximiya. Buning ustiga, bunday tarmoqlar ichida kapital
va iste’mol buyumlari
kategoriyalarga bo’linishi vaqti-vaqti bilan talab strukturasidagi o’zgarishga qarab
almashib turiladi. Natijada kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning markscha
shartlari deyarli o’z kuchini yo’qotadi. Shunday bo’lsada tenglama K.Marks tizimida
108
alohida rol o’ynaydi. U iqtisodiy o’sish bir tekisda borishi mumkin emasligi, ishlab
chiqarishning tsiklli bo’lishi to’g’risida fikr yuritishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |