O’rganish predmeti va uslubiy jihatdan J.M.Keyns iqtisodiy ta’limotidagi
novatorlik, birinchidan, ana shu mikroiqtisodiy yondashuvdan ko’ra makroiqtisodiy
tahlilga
ustunlik berishida, ikkinchidan, «psixologik qonunga» asoslangan holda
«samarali talab» atalmish (talabning davlat tomonidan rag’batlantirilishi)
kontseptsiyasini asoslab berishida o’z aksini topadi.
J.M.Keyns o’z tahlilining boshlang’ich nuqtasi qilib ish bilan bandlik
muammosini tanladi. Chunki ishsizlik o’sha paytda nihoyatda ko’paygan edi. U
yuqori rivojlangan bozor iqtisodiyotida hayotiy zarur muammolar (shu jumladan ish
bilan bandlik muammosi) echimini taklifdan emas, balki
talabdan qidirish kerak
degan xulosaga keldi. Aynan iste’mol buyumlariga va ishlab chiqarish resurslariga
bo’lgan talabning kamligi bahoning pasayishini va taklifning qisqarishini keltirib
chiqaradi, bu esa ish joylarining kamayishiga olib keladi. Yalpi talabning yalpi
taklifdan orqada qolib ketishi – bu kapitalistik jamiyatning surunkali kasalligidir.
Yalpi talab harakati va ijtimoiy mahsulot miqdorining o’zgarishi o’rtasidagi
bog’liqlik keynschilik tadqiqotinig markaziy ob’ektini tashkil etadi.
Agar yalpi talab kamaysa, unda u ishlab chiqarishning pasayishiga va
mehnatga bo’lgan talabning qisqarishiga olib keladi.
Buning natijasida majburiy
ishsizlik vujudga keladi. Nega talab taklifdan orqada qolib ketadi, jami xarajatlar va
jami daromadlarning doimiy muvofiqligini ta’minlovchi Sey qonuni amal
qilmaydimig’
J.M.Keyns modelida jamg’arma va investitsiya, yangi klassiklar
tasdiqlaganidek, foiz stavkasining o’zgarishi
tufayli emas, balki, eng avvalo, milliy
daromadning tebranishi tufayli tenglashadi. Jamg’arma foiz stavkasiga qaraganda
ijtimoiy mahsulot miqdoriga ko’proq bog’liq. Investitsiya esa milliy daromaddan
avtonom tarzda bo’ladi. Shuning uchun jamg’arma va investitsiyalarning tengligi
ishlab chiqarish resurslaridan to’liq foydalanishni va to’la
ish bilan bandlikni
ta’minlashi shart emas. J.M.Keyns buning ustiga bozor tizimining eng zaif bo’g’inini
ko’rsatib berdi: investor iqtisodiyotda kelajakda bo’ladigan vaziyatni mo’ljallab qaror
qabul qiladi, jamg’aruvchi qo’lga kiritilgan daromad darajasidan kelib chiqqan holda,
ya’ni iqtisodiyotning avvalgi holatiga qarab ish yuritadi. Shu boisdan jamg’arma va
investitsiyalarning bir-biriga mos tushmasligi amal qiladi.
J.M.Keyns fikriga ko’ra, inqiroz paytida davlat yalpi talabni pul-kredit va
byudjet siyosati vositasi yordamida tartiblab turishi kerak. J.M.Keyns, eng avvalo,
xususiy investitsiyalarni rag’batlantirishga asosiy e’tiborni qaratdi. Yalpi talabni
rag’batlantirish vositasiga u real ish haqining o’sishini to’xtatishni (bu
investitsiyaga
sarflanadigan foydani ko’paytiradi), ssuda foizi darajasini pasaytirishni (foiz qancha
past bo’lsa, investitsiya shuncha ko’p bo’ladi), eksportni ko’paytirishni, davlat
xarajatlarining o’sishini (shu jumladan noishlab chiqarish uchun ham) kiritdi.
«Piramidalar qurilishi, er qimirlashi, hatto urushlar boylikni ko’paytirishga xizmat
qilishi mumkin», - deb yozadi J.M.Keyns.
Shu bilan birga u odamlarning iste’molga bo’lgan
moyilligiga ham katta
e’tibor beradi. Yalpi talabni rag’batlantiruvchi vositalardan biri kambag’allar
(jamg’armaydiganlar) uchun soliqni kamaytirish, boylar uchun esa soliq stavkasini
oshirish (bu jamg’armani kamaytiradi) hisoblanadi. Shu bilan birga u o’zining
134
o’sha davrdagi «inqilobiy» metodologik tadqiqotiga asoslangan holda
o’tmishdoshlaridan farqli o’laroq va hukumronlik qilib turgan iqtisodiy ko’z
qarashlarga qarshi ishsizlikni kamaytirishning asosiy sharti sifatida davlat yordamida
ish haqini pasaytirishga yo’l qo’ymaslikning zarurligini,
shuningdek insonning
jamg’armaga bo’lgan moyilligi tufayli iste’mol daromadlardan ancha sekin o’sishini
tasdiqlab berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: