Bo'lajak o'qituvchilarni ta'lim jarayoniga ijodiy munosabatni shakillantirish pedagogik muammo sifatida
O‟zbekiston mustaqilligining dastlabki yillaridayoq Prezidentimiz Islom Karimov ta‟lim tizimida erishilgan muvaffaqiyatlar va mavjud kamchiliklarni ob‟ektiv tahlil qilib, kadrlar tayyorlashda tub islohotlarga ehtiyoj borligini isbotlab berdi. SHuningdek, I.A. Karimov o‟z nutqida mazkur masalaning ijtimoiy zaruratini asoslab, “Fanga iste‟dodli yoshlarning kirib kelishini ta‟minlash uchun
kompleks tadbirlar turkumini amalga oshirish zarur. Bu borada oliy maktabning, hatto, umumiy ta‟lim maktablarining faoliyatini tubdan isloh qilish kerak”, deya ta‟kidlaydi1.
Darhaqiqat, mazkur masalalarni hal etish respublikamizdagi mavjud ta‟lim- tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uzluksiz ta‟lim tizimini shakllantirish orqali yuksak ma‟naviyatli shaxsni shakllantirish maqsadini nazarda tutadi. Shunday ekan, barkamol shaxsni tarbiyalash, uni mutaxassis sifatida shakllantirish, jamiyatda munosib kasbiy-ijtimoiy statusga ega bo‟lishida oliy ta‟limi muassasalarining o‟rni katta.
O„zbekiston Respublikasi «Pedagogik ta‟lim konsepsiyasi»da: “O„zbekiston Respublikasi maktablarida ishlash uchun tayyorlanayotgan o„qituvchilar: pedagogik faoliyatga qobiliyatli, ijodkor, umuminsoniy va milliy-madaniy qadriyatlarni, dunyoviy bilimlarni, metodik bilim ko„nikmalarni egallagan, diniy bilimlardan xabardor, ma‟naviy barkamol, O„zbekistonning mustaqil davlat sifatida ravnaq topishiga ishongan, vatanparvarlik, fuqorolik burchini anglagan, o„qituvchilik kasbini va bolani sevgan, insonparvar, talabchan, adolatli, pedagogik odobli, o„quvchilarning barkamol shaxs bo„lib, yetishishlariga ko„maklashadigan bo„lmog„i kerak”, deb ta‟kidlanadi.
Mustaqillik yillarida ta'lim sohasini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi. O„zbekistonda ta'lim sohasi davlat siyosatining ustuvor yo„nalishi deb belgilangandi va ta'lim tizimida ulkan islohotlar boshlab yuborildi. Ushbu yo„nalishdagi ishlarning izchil amalga oshirilishini “Ta'lim to„g'risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” ta'minlab bermoqda.
Qayd etilgan Qonun va dastur asosida umumiy o„rta ta'lim maktablarining moddiy texnik ba'zasi mustahkamlandi. Darsliklarning yangi avlodini yaratish sohasida juda samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Bu esa ta'lim samaradorligini oshirishga sezilarli ta'sir ko„rsatmoqda.
O„zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da “Ta'lim muassasalarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlash davom
1 Azizxodjayeva N.N Pedagogik texnalogiyalar va pedagogik mahorat –T.; “Moliya” 2013. B-84
ettiriladi, o„quv-tarbiya jarayoni yuqori sifatli o„quv adabiyotlari va ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan ta'minlanadi”-deyilgan2 .
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilab berilgan ushbu vazifalarning amalga oshirilishi sohasida Prezidentimiz bir qancha nutqlari va asarlarida zaruriy vazifalarni belgilab bermoqda.
Prezidentimiz I.Karimov “Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma'naviy sog'lom o„sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo„lgan, uyg'un rivojlangan insonlar bo„lib, XXI asr talablariga to„liq javob beradigan barkamol avlod bo„lib voyaga etishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o„z oldimizga maqsad qilib qo„yganmiz”, –degan edi.3
Shuning uchun ham O„zbekistonda ta'lim sohasini rivojlantirish va isloh etishga yo„naltirilayotgan yillik xarajatlar yalpi ichki mahsulotning 10-12 foizini tashkil etayotgani va bu tizimning Davlat byudjeti xarajatlaridan 35 foizdan ortiqni tashkil etishi o„z-o„zidan mazkur sohaga qaratilayotgan ulkan e'tiborning yaqqol tasdig'i hisoblanadi.4
Oliy ta‟lim muassasalari va ulardagi o‟quv-tarbiya jarayonini modernizatsiyalash, pedagog mutaxassislar tayyorlash tizimi sifat–monitoringini oshirish, bo‟lajak o‟qituvchilarda zamonaviy kasbiy bilim, malaka va ko‟nikmalni, ularda kasbiy faoliyatga nisbatan akmeologik motivatsiyani, hamda pedagog mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini shakllantirish jarayonidagi muhim vazifalardan sanaladi.
Rivojlangan mamlakatlar, xususan, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Shveytsariya, Germaniya, Malayziya, Kanadaning mutaxassilar tayyorlash bilan bog‟liq tajribasi shuni ko‟rsatadiki, kasbiy ta‟limning asosiy vazifasi talabalarda tanlanganmuta mutaxassislikning o‟ziga xosligidan kelib chiqqan holda intellekt va mantiqiy tafakkurni rivojlantirishdan iborat bo‟lib, mazkur vazifani bajarish
2 Karimov.I.A “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizasiya qilishning eng muhim sharti” ( xalqaro konferensiyaning ochilish marosimida so„zlagan nutqi).
3 Karimov I. A. Mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish yo„lida. T.16. – Toshkent: O„zbekiston, 2008. – 368 b.
4 Karimov I. A. Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma‟naviyat, 2008. – 176 b
asosida ta‟lim oluvchilarning kasbiy tayyorgarligi ta‟minlanadi5. Bunda kasbiy tayyorgarlikning asosiy mezonlari sifatida bo‟lajak mutaxassisning faoliyatga amaliy tayyorgarligi va ixtisoslik doirasidagi bilim, ko‟nikma va malakalarning o‟zlashtirish, kasbiy faoliyat talablariga moslashish darajasi belgilanadi.
Darhaqiqat, kasbiy tayyorgarlik mutaxassisning butun faoliyati davomida ma‟naviy-axloqiy hamda kasbiy sifatlarining yanada takomillashishi, kasbiy kompetentlikning shakllanishi uchun zarur bo‟lgan bilim, ko‟nikma va malakalar darajasini ifodalaydi.
Keltirilgan mazkur vazifalarning amaldagi ijrosi pedagogika oliy ta‟lim muassasalari oldiga qo‟yiladigan masalalardan eng muhimi ya‟ni bo‟lajak o‟qituvchilarni tayyorlash jarayoniga nisbatan innovatsion yondashuvlarni talab etadi. Bunda:
mehnat bozori talablari hamda ilm-fan, texnika, texnologiya va iqtisodiyotning eng so‟nggi yutuqlari asosida uzviy ravishda takomillashtirilib turiladigan kasbiy ta‟lim dasturlarini yaratish;
uzluksiz ta‟lim, ilm-fan va ishlab chiqarish orasidagi o‟zaro mustahkam integratsiyani yo‟lga qo‟yish;
ta‟lim muassasalarini zamonaviy moddiy-texnik baza va o‟quv-uslubiy adabiyotlar bilan ta‟minlansh;
oliy ta‟lim tizimiga yuqori malakali o‟qituvchi, metodist va muhandis- pedagoglarning jalb etish;
bo‟lajak o‟qituvchilarning bilish faolligi, kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish, shuningdek, ularda faol kasbiy motivatsiyani qaror toptirish;
oliy ta‟lim muassasalari o‟quv amaliyotiga innovatsion o‟qitish texnologiyalarini keng tatbiq etish zaruriy omillardan hisoblanadi. Jarayon samaradorligini belgilovchi ushbu omillar “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” mazmunida kichik mutaxassislar tayyorlash tizimiga qo‟yilgan ijtimoiy talablarining amaldagi ijrosini ta‟minlab, kasbiy tayyorgarlik mazmunini
5 Tolipov O‟. Q. Oliy pedagogik ta‟lim tizimida umummehnat va kasbiy ko‟nikma hamda malakalarni rivojlantirishning pedagogik texnalogiyalari -T.; “Fan” 2004. B-73-80
takomillashtirish bilan bog‟liq fundamental tadqiqotlarga zaruratni yuzaga keltiradi.
Ma‟lumki, kasb tanlash, kasbga yo‟naltirish, kasb-hunar tarbiyasi masalalari tasavvuf ilmi bilan uyg‟unlashgan Sharq pedagogikasida ming yillar davomida xalqimiz ma‟naviyatining shakllanishida muhim manba bo‟lib kelgan “Qur‟oni karim”, Hadisi shariflarda, shuningdek, buyuk mutafakkirlar Muhammad Ismoil al-Buxoriy, Muhammad Iso at-Termiziy, Mahmud Qoshg‟ariy, Abu Nasr Forobiy, Yusuf Xos Hojib, Husayn Voiz Koshifiy, Amir Temur, Alisher Navoiylarning ilmiy merosida nodir fikrlar tarzida o‟z ifodasini topgan.
Abu Nasr al-Forobiy (873-930) o'z asarlarida har bir kishi jamiyatda, davlatga munosib inson bo'lishi uchun ta„lim va tarbiya olishi lozim deb hisoblaydi. Yoshlarga ta„lim va tarbiya beradigan ustoz shogirdiga nisbatan juda qattiq zug'um qilishga intilmasligi, shuningdek haddan tashqari ko'p yon berishiga ham intilmasligi lozim, chunki ortiqcha zug'um shogirdga ustozga nisbatan nafrat uyg'otadi, bordi-yu, shogird ustozining juda xam yumshoqligini payqab qolsa bu hol ustozini mensimaslikka va u beradigan bilimdan sovishga olib keladi.
Forobiyning ta‟kidlashicha, har bir kishining fe‟l-atvoriga qarab tarbiya ikki usul – ixtiyoriy va majburiy usullar bilan amalga oshirilishi mumkin. Bordi-yu tarbiyalanuvchilar fan va hunar o'rganishga moyillik bildirsalar, ularga nisbatan ilhomlantirish-rag'batlantirish usuli qo'llaniladi: aksincha, mabodo ular o'zboshimcha va itoatsiz bo'lsalar, majburiy usulni qo'llash mumkin. 6
Mazkur fikrlarning tasdig‟ini Abu Rayhon Beruniyning o‟qituvchi faoliyatiga bergan izohidan ham ko‟rishimiz mumkin bo‟ladi. Beruniy yoshlarni o‟qitish uchun tarbiyachi tanlash ota-onaning birinchi va asosiy vazifasi deb bilgan. Buning uchun o‟qituvchi xushmuomala, rostgo‟y, o‟z fanini va o‟qitish qoidalarini yaxshi biladigan, pokiza, yurish va turishda namuna bo‟lishini talab etadi. Beruniy, – tarbiyachining o‟zi o‟rnak bo‟lmasa, aytgan gapiga o‟zi rioya etmasa, uning talabi va tarbiyasi samarasizdir7 deb ta‟kidlab o‟tadi.
6 O'zbek pedagogikasi antalogiyasi. Toshkent, “O'qituvchi”, 1995,108-109-betlar.
7 Pedagogika tarixi /Tuzuvchilar/: K. Hoshimov, M. Inomova, S. Nishonova, R. Hasanov –T.; “O‟qituvchi”1996. B- 10-12
Abu Ali Ibn Sino (980-1037) ning fikricha tarbiya yagona jarayon bo'lib, yoshlarga aqliy, jismoniy, nafosat, axloqiy tarbiya berishni va hunar o'rgatishni nazarda tutadi. “Tib qonunlari” asarida bolaning 6 yoshdan o'qitish va tarbiyalash uchun muallimga topshirish haqida so'z yuritiladi. Ibn Sino ta„lim jarayonida quyidagi qoidalarga amal qilish lozim deb hisoblaydi: o'qitishda oddiydan murakkabga qarab borish; bolaning qobiliyat va mayllarini e„tiborga olish; bolaga kuchi yetadigan mashqlarni bajartirish ta„limni jismoniy mashqlar bilan qo'shib olib borilishi.
Bolaga ta„lim va tarbiya berishi uchun saxovatli, dono, iymonli, axloqiy va aqliy tarbiya usullarini yaxshi biladigan, irodasi kuchli muallim va tarbiyachini tanlash zarur. Muallim sog'lom, pok, halol, xushmuomala kishi bo'lmog'i lozim. Barkamol inson qilib yetishtirish uchun tarbiyachi bolani o'rni bilan rag'batlantirishni ham, o'rni bilan jazolashni ham bilsin. Vaqti-vaqti bilan bolani maqtab, yomon xulqini qoralab, yaxshi qiliqlarini o'z vaqtida rag'batlantirib ham turish kerak.
Abu Ali Ibn Sino bolalarni yakka-yakka o'qitishdan ko'ra jamoada ta„lim berishni afzal deb hisoblaydi. U jamoada o'qitishning afzalliklari haqida gapirib, ta„kidlaydiki, bunday holatda bolada ilmga intiluvchanlik ortadi; sheriklarning bilimiga havas qilib, o'z bilimlari bilan g'ururlanadi; boshqalardan orqada qolishga bolaning g'ururi yo'l qo'ymaydi; birga o'qiganda bolalar bir-birlari bilan gaplashib nutqi o'sadi, xotirasi mustahkamlanadi: ta„lim jarayonida o'quvchilar bir-birlari bilan inoqlashadi, bir-birlarini hurmat qilishga odatlanadi, munozara qilishni o'rganadi, o'zaro musobaqalashishadi, o'zlarining huquqi va burchlari haqida fikr almashadilar. Bu esa bolalarning xulqini yaxshilashga axloq normalarini egallab olishlariga ko'maklashadi.
Alisher Navoiy (1441-1501) o'zbek adabiyotining asoschisidir. Shu bilan birga, u pedagog-mudarris hamdir. O'z asarlarida, ayniqsa, “Mahbub-ul-qulub” asarida kasb axloqi, turli guruh kishilarining odobi masalasini maqolatlar shaklida yoritadi. U ta„lim-tarbiya masalalariga alohida e„tibor berar ekan, tarbiya jarayonlarini, vositalarini, axloq-odob talablarini ko'rsatadi. Ta„limda ilmiylik, asoslanganlik, tarixiylik kabi tamoyillarni asos qilib oladi. O'z davridagi musulmon
maktablarining yutuq va kamchiliklarini tahlil etadi. O'qituvchi odobi va muallimlik kasbi, mudarrislar, maktabdorlar to'g'risida gapirar ekan, muallim o'z shogirdlarini va ta„lim berayotgan fanini sevishi zarur deydi. O'ziga ham, o'quvchiga ham talabchan bo'lish lozimligini uqtiradi. O'qituvchi jamiyatda obro'li va hurmatga loyiq insondir, deb hisoblaydi. Shogirdlar muallimni hurmat qilishlari, e„zozlashlari zarurligini uqtiradi.
Alisher Navoiy o'z zamonasidagi maktabdorlar (muallimlar) haqida gapirib, ular bolalarga jafo qilish, azob berish, kaltaklashga o'rganib qolishganini tanqid qiladi. Ular toshbag'ir, darg'azab, gunohsizlardan achchiqlanishga odatlanishgan. Muallimlardagi bu salbiy sifatlar tarbiya jarayonining qiyinchiliklaridan, bolalarning tabiati, fe„l-atvori, fahm-farosati, turli-tumanligi ta„sirida vujudga keladi, deb hisoblaydi.
Yangi davr pedagogikasining asoschilaridan sanalmish Mahmudxo‟ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat asarlarida ham ta‟lim-tarbiya va bu jarayondagi o‟qituvchining o‟rni va xizmatlari davrning ijtimoiy-siyosiy hayotidan kelib chiqib, o‟ziga xos ravishda talqin etilgan.
Jumladan, Abdulla Avloniy o‟qituvchi faoliyatiga alohida to‟xtalib, bolaning fikriy taraqqiyotini oilaga emas, maktabga, muallimlar zimmasiga yuklaydi: “Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko‟p zamonlardan beri tadbiq qilinib kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyangan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadir. Fikr insonning sharofatli, g‟ayratli, bo‟lishiga sabab bo‟ladur.Bu tarbiya muallimlarning yordamiga muhtojdirki, fikrning quvvati, ziynati, kengligi muallimning tarbiyasiga bog‟liqdir”, – deydi8.
Darhaqiqat, Abdulla Avloniy o‟qituvchining shaxsiy va kasbiy fazilatlariga keng ta‟rif berib: tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, ya‟ni axloqli, odobli, bilimdonligi, ziyrakligi, topqirligi, farosatliligi, aql-zakovatliligi ta‟lim- tarbiya jarayoni uchun asosiy negiz bo‟lsa, ijodiy izlanish o‟qish va o‟qitishning yangi shakl, uslub hamda vositalarini qidirish o‟qituvchining eng muhim kasbiy sifatlaridan ekanligini uqtiradi. Bu bilan Abdulla Avloniy o‟qituvchi faoliyatiga nisabatan akmeologik yondashuvni o‟z davri qiyofasida olg‟a suradi.
8 Abdulla Avloniy Turkiy guliston yoxud axloq –T.: “O‟qituvchi , 1992.B-16
Abdurauf Fitratning asarlarida ham ta‟lim-tarbiya masalalariga alohida e‟tibor beriladi. Xususan, olim ta‟lim-tarbiya jarayoni, ayniqsa, o‟qituvchi Talabalarning o‟zaro muloqotini tashkil etish, olib borishda eskicha qolipdan chiqib yangi islohotlar qilish kerakligi, buning uchun esa, mudarrislarning (eski maktab o‟qituvchisi) nodonligiga chek qo‟yib, ularni o‟qitish usullarini Talabalarning individual qobiliyatlariga qarab tubdan o‟zgartirish zaruratini bayon qiladi 9.
Mark Farbiy Kvintilian (Eramizning 42 – 118 y.y.) – mashhur Rim pedagoglaridan. U grek, Rim falsafiy va pedagogika adabiyoti bilan yaxshi tanish bo„lgan. U bolalarning qobiliyatlariga yuksak baho beradi. Olimning fikricha, bola maktabda tarbiyalanmog„i lozim. O„qituvchi o„zi tarbiyalayotgan har bir talabaga ehtiyotkorlik bilan va e‟tibor berib muomala qilishi kerak. Ustozning o„zi o„qimishli bo„lishi, bolalarni sevishi, o„zini yaxshi tuta bilishi, saboq oluvchilarni bo„lar-bo„lmasga mukofatlashi yoki mas‟uliyati, eng muhimi shogirdlari uchun o„rnak bo„lishi lozim. Har bir o„qituvchi o„qitishning hamma bosqichlarini o„tishi kerak. Chunonchi, yuqori malaka beruvchi maktab o„qituvchisi, avvalo, boshlang„ich maktabda o„qituvchilik qilishi kerak.
Kvintilian o„qituvchilarni o„z mutaxassisligi bo„yicha chuqur bilimga ega bo„lishlarini talab etadi. U shunday deydi: «Fanda dastlabki ma‟lumotdan nariga siljimaydigan, qalbi qalbaki ishonch bilan to„lgan, faqat, o„zlarini olim deb bilgan kishilardan yomoni yo„q». Olim har bir ilm ahllarini, shu jumladan o„qituvchilarni, doimiy ravishda o„z bilimlarini oshirib borishga da‟vat etadi. U bolalarni uyda emas, balki maktabda o„qitish g„oyasini ilgari suradi.
Yan Amos Komenskiy (1592-1670) - slavyan donishmandi, insonparvar pedagog, bashariyat tarixidan demokratik pedagogikaning asoschisi sifatida o„rin olgan. U o„zining ongli hayotini va amaliy-pedagogik faoliyatini, yaratgan ilmiy asarlarini oddiy halq bolalarini o„qitish va tarbiyalashga bag„ishladi.
U maktab bolani ma‟rifat olamiga boshlaganida, uni hissiy bilishga so„ngra aqliy bilishga o„rgatishi lozimligini, bunday o„qitish jarayonini hissiy idrokdan boshlash kerak, talabini ilgari suradi. Yan Amos Kamenskiy o„z davrida ilk bor
9 Pedagogika tarixi /Tuzuvchilar/: K. Hoshimov, M. Inomova, S. Nishonova, R. Hasanov –T.; “O‟qituvchi”1996.B- 36-40
mashg„ulotlarning sinf-dars shaklida bo„lishi zarurligini asoslab berdi. Bunda u o„qituvchining butun sinf bilan muayyan o„quv mavzusi buyicha mashg„ulot o„tkazishni talab qildi
Y.Komenskiy o„qituvchilar faoliyatining ijtimoiy ahamiyatini yuqori baholab maktab ishining muvaffaqiyatli bo„lishi o„qituvchiga bog„liqligini aytadi. Olimning talab etishicha o„qituvchi o„z ishining ustasi bo„lishi, o„qitish san‟atini mukammal egallashi, tajribali o„qituvchilar yosh muallimlarga ko„mak berishi lozim. O„qituvchi tashqi ko„rinishi jihatidan ham o„z o„quvchilariga namuna bo„lishi kerak. Sof vijdonli, o„z kasbini sevadigan va o„z bilim hamda mahoratini uzluksiz takomillashtirib boradigan kishilargina o„qituvchi bo„lishi mumkin.
O„qituvchi va uning professional sifatlari to„g„risidagi muammolar chet ellik olimlar Y.A.Komenskiy, Djon Lokk, I.G.Pestalotssi, L.Disterverg kabilarning asarlarida o„z ifodasini topdi. Jumladan, ulug„ chex olimi, pedagog Y.A.Komenskiy o„qituvchiniig eng muhim xususiyatlari qatoriga bolani ssvishi, yuksak axloqi, bilimdonligi, iqtidori, qobiliyati kabilarni kiritib, ularning„ mohiyatini atroflicha tavsiflab beradi.
Ushbu masalaga sal boshqacharoq yondashgan I.Pestalotsi o„qituvchiniig professional sifatlariga baho berishda umuman chetlashib, uning xalq ta‟limi tarmog„ini takomillashtirishdagi roli, fan asoslarini egallashdagi ahamiyati va vazifalariga to„xtalib o„tadi.
A.Disterverg o„qituvchining ta‟limdagi roliga yuqori baho berib, u o„z faoliyatini bilishi, uni sevishi, o„quvchilarini yoqtirishi lozim deb uqtiradi. O„qituvchi bolalarniig individual xususiyatlari, qobiliyati, faoliyati uslubi to„g„risida muayyan darajada bilimga ega bo„lishi kerakligini ham ta‟kidaab o„tadi. Mutafakkir Djon Lokk o„qituvchi psixologiyasining eng muhim jihatlari orasiga mo„tadillik, g„ayrat-shijoatlilik, ehtiyotkorlik kabi xislatlarni kiritib, ularning ta‟limdagi roli yuzasidan mulohaza yuritadi.
G„arb mutafakkirlari g„oyalarining vorisliri sifatida L.I.Gersen, L.N.Tolstoy, I.G.Chernishevskiy, K.D.Ushinskiy kabi rus mutafakkirlari mazkur muammolarga o„z mulohazalirini bildirganlar.
A.I.Gersen mulohazasiga ko„ra, o„qituvchining asosiy xislati - bu uning bolalar bilan munosabatda bo„layotganligini sezishda, bolalar ruxiy dunyosini tushuma olishida, ahloqiy qobiliyatining mavjudligida, chunki u shunday iste‟dodga ega bo„lmog„i zarurki, unga har qaysi o„qituvchi erisha olmaydi, buni unutmaslik kerak.
O„qituvchi kasbiga oid ilmiy tajribalarda sinalgan mulohazalar rus pedagogi K.D.Ushinskiy ta‟lim tarbiya jarayonida o„qituvchining roli va shaxsiga yuqori baho berib, hech bir ustav yoki dastur hamda sun‟iy organizm puxta ishlab chiqilganiga qaramay, inson shaxsining o„rnini bosa olmaydi, deb hisoblaydi. Insonning xarakteri va his-tuyg„ulari, uning o„quvchilar bilan muloqotga kirishish usuli, o„qituvchi qalbi bolalarga yaqinligi kabi axloqiy xislatlarining shaxsiga xos muhim fazilatlar bo„lib hisoblanib, muallimning tarbiyaviy kuchini belgilaydi va ijtimoiy qimmatga ega bo„lgan, barkamol bola shaxsini tarkib toitiradi. K.D.Ushinskiy ta‟kidlashicha, pedagogik faoliyatniig muhim tarkibiy qismi pedagogik-psixologik odob (takt) hisoblanadi. Uning fikricha psixologik odob (takt) hayotimizning barcha jabhalarida g„oyatda keng qo„llaniladi. Shuning uchun usiz odamlar orasida hech qanday muloqot va nutq qobiliyatining o„zi ham bo„lmagan bo„lar edi, deydi.
Uzluksiz ta‟lim tizimini modernizatsiyalash va mazmunan takomillashtirish orqali bo‟lajak o‟qituvchilarni pedagoglik kasbiga ijodiy munosabatni shakllantirish va moslashtirish muammosi bugungi kunda ham zamonaviy pedagogikaning asosiy muammolardan biri sanaladi.
So‟nggi yillardagi zamonaviy pedagogik-psixologik tadqiqotlarda bo‟lajak o‟qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini shakllantirish muammosi keng doirada o‟rganilib, uning ilmiy-nazariy asoslari shakllantirildi.
Ushbu muammo pedagog olimlarimiz tomonidan atroflicha o„rganilgan bo„lib, bunda ayniqsa ustozimiz professor M.Ochilovning ilmiy izlanishlari diqqatga sazovordir. Ustoz ushbu muammoga doir izlanishlarini “Muallim- qalb me‟mori” kabi asarlarida jamlab o„tganlar.
Shuningdek, pedagog olimlardan N.Saidaxmedov, F.Yuzlikayev, N.Azizxo„jayeva, O„.Tolipov, N. Ochilova ilmiy izlanishlarida esa o„qituvchilarni
tayyorlashda ularning pedagogik mahorati, ta‟lim texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari, ma‟naviy-axloqiy dunyoqarashi, kasbiy madaniyatini rivojlantirish muammolari yoritilgan.
Boshlang„ich ta‟lim muammolari, ularning ilmiy-pedagogik yechimlari, zamonaviy boshlang„ich ta‟lim mazmuni, uni ijodiy tashkil etish yo„llari, tamoyillari, boshlang„ich sinf o„qituvchilari tayyorlash masalalari R.A.Mavlonova, R.Safarova, B.Adizov, T. G„afforova, O.Xaydarova, Sh. Nurullayevalar tomonidan tadqiq etilgan.
Bundan tashqari “Kadrlar tayyorlash Milliy modeli” asosida tashkil etilgan uzluksiz ta‟lim tizimida ta‟lim sifatini boshqarish, ta‟lim menejmenti muammolari SH. E. Qurbonov, E.X. Seytxalilovlar tomonidan tadqiq etilib, mazkur muammoning yechimi yuzasidan ta‟lim sifatini boshqarish modeli ishlab chiqilgan. Uzluksiz ta‟limning muhim bo‟g‟inlaridan bo‟lgan o‟rta maxsus va kasb-hunar ta‟limi tizimida ta‟lim sifatini boshqarish va nazorat qilishning nazariy va tashkiliy-uslubiy asoslari esa U.I. Inoyatov tomonidan keng o‟rganilgan. U.I. Inoyatov o‟z tadqiqotlarida kasb-hunar kollejini samarali boshqaruv tuzilmasini shakllantirgan holda ta‟limda sifat nazoratini amalga oshirish modelini ishlab chiqqan 10.
Pedagog-psixolog tadqiqotchilar bo‟lajak o‟qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini va ijodiy munosabatni tarbiyalash uning mavjud moslashish darajalari bilan bog‟lab quyidagicha yoritadilar:
Shaxsning kasbiy faoliyatga dastlabki salohiyatli tayyorligi, ya‟ni, statik komponentlar kasbiy faoliyatning ruhiy asoslari, bilim, ko‟nikma, malakalar, zaruriy sifatlar hamda shaxsning zarur bo‟lgan kasbiy imkoniyatlari darajasi.
Shaxsning kasbiy faoliyatga bevosita ayni vaqtdagi tayyorligi, ya‟ni, mutaxassisning tezkorligi, o‟zgaruvchanligi, ruhiy va jismoniy holati, har qanday holat va sharoitda aniq masalalarni yechishga yo‟nalganligi bilan ifodalanadi 11.
Amalga oshirilgan ilmiy ishlar pedagogik tushunchalarni aniqlashda turli falsafiy-metodologik yondashuvlar mavjud bo‟lgan hamda hozirda ham mavjudligi
10 Теоретическы и организацонно – методический основи управления контроля качества оброзавания в процсионалыном колледже.Дисс. …докт. пед. наук.-Т.2003.с-275
11 Илин Н.Е Мотив и мотивации.- М.Питерб2008. с-44
ko‟rinmoqda. Dastlab, “ta‟lim” tushunchasiga to‟xtalamiz. B.M.Bim-Badning ta‟rifiga ko‟ra, ta‟lim o‟zida tarbiya, o‟qish va o‟qitishni qamrab oladi. V.I.Andreev «ta‟lim»ni «madaniyat»da o‟z aksini topuvchi, o‟qitish va tarbiya orqali amalga oshiriluvchi hodisa sifatida talqin qiladi. o‟z navbatida “o‟qitish” kategoriyasi insonning “ta‟limi”, “tarbiyasi” va “rivojlanishi” tushunchalari orqali ochib beriladi. Ba‟zi adabiyotlarda “rivojlanish”, “shakllanish” va “moslashish” orqali amalga oshadi deb qayd etilsa, boshqalarida “moslashish” “rivojlanish” orqali deb ta‟kidlanadi. Bunga qaramasdan, ko‟plab mualliflar “rivojlanish” tushunchasining nisbatan kengroq va qamrovliroq ekanligini va shaxsning asosiy motivatsion ehtiyojlari, kognitiv, irodaviy va tashkil etuvchilari o‟zgarishlar dinamikasini ifodalashda ko‟proq qo‟llanilishini e‟tirof etadilar.
Pedagog olima N. Egamberdieva o‟zining ilmiy izlanishlarida ijodiy munosabatni moslashtirish jarayonlarining shaxs ijtiomiylashuvi bilan bog‟liq holda yoritadi. Zamonaviy fanda ijodiy yondashuv tushunchasi shaxsning moslashuvi va individuallashish jarayonlarini o‟zaro bog‟laydi. ...Bu jarayon uch asosiy sohada amalga oshadi:
Faoliyat turlarining kengayishi, uning shakl va vositalarini qo‟lga kiritish, erkin mo‟ljal olish
Muloqot doirasini kengaytirish, uning mazmunini chuqurlashtirish, xulq- atvor me‟yorlarini o‟zlashtirish.
Shaxsiy “Men” obrazini faoliyatning faol ishtirokchisi sifatida shakllantirish, o‟z ijtimoiy mansubligi va o‟rnini anglash, o‟ziga baho berishni shakllantirish12.
Jamiyatni isloh qilishning asosiy maqsadi insonning qadr-qimmatini, uning turmush darajasini, kelajagini yuksaltirishga qaratilgan bo‟lib,bunda ro‟y berayotgan demakiratik o‟zgarishlarning asosiy maqsadi ham inson manfaatlarini ta‟minlashga yo‟naltirilgan. Bu olamshumul jarayon xalqning hayoti va taraqqiyotiga yangi davr bo‟lib kirdi.
12 Egamberdiyeva N. Ijtimoiy pedagogika Alisher Navoiy nomidagi O‟zbekiston milliy kutubxonasi. –T.:2009 B- 86-87
XX asrning oxiri XXI asrning boshlanishi insoniyatning ma‟naviy va moddiy sohalarida tub o‟zgarishlar davri bo‟ldi.
Tarixiy jarayonda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy hamda ijtimoiy-siyosiy rivojlanishda keng ko‟lamdagi innavatsion tendensiyalar, fan,madaniyat sohasidagi o‟zgarishlar, axloq,estetika va san‟atning boshqa turlaridagi nomutanosibliklar chuqur ta‟sir ko‟rsatdi va ta‟sir ko‟rsatish davom etmoqda. Bunday ta‟sirlardan ta‟lim sohasi ham chetda qolmayapti.XXI asrning birinchi o‟n yilligi va undan keyin ham moddiy boylikning bilim, tajriba, ko‟nikma, sog‟liq, jismoniy rivojlanish darajasiga bog‟liq bo‟lib qolishi bashorat qilinmoqda. Binobarin, har bir jamiyat taraqqiyotini ta‟minlashda ilm-fan va madaniyat muhim o‟rin tutadi. Jahondagi ilg‟or mamlakatlar tajribasi bunga yaqqol misol bo‟la oladi. Zero, ta‟lim
–tarbiyaga ustivor ahamiyat berish mamlakat va xalqning taraqqiyotini belgilab beradi.
Shu bois mustaqil O‟zbekistonda ham ta‟lim tizimini rivojlantirish, uni jahon standartlari darajasiga ko‟tarish davlat siyosatining ustivor yo‟nalishlaridan biri sifatida e‟tirof etildi va ana shu maqsadda keng ko‟lamli islohotlarni amalga oshirish ijtimoiy maqsad etib belgilandi. Ta‟lim tizimida islohatlarni amalgam oshirishdan ko‟zlangan maqsad faol, mustaqil ma‟suliyatli aniq hayotiy maqsad hamda mustaqil fikrga ega, shuningdek, mavjud murakkab sharoitda hayot muammolarini hal etishga qodir bo‟lajak o‟qituvchini shakllantirishdan iborat.
Jamiyat taraqqiyoti va bo‟lajak o‟qituvchi rivojining o‟zaro uyg‟unligi yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda subyektning funksional imkoniyatlarini rivojlantirish bilan bog‟liq.
Pedagogik psixologiya yo‟nalishlarida amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalarining ko‟rsatishicha, ijtimoiy munosabatlar jarayonida raqobat yetakchi o‟rin tutayotgan bugungi kunda ham yoshlar mazkur sharoitda yashash va faoliyat ko‟rsatish, qiyin vaziyatlardan chiqib ketishga psixologik va ijtimoiy jihatdan tayyor emaslar
Shu nuqtai nazardan qaraganda, jamiyatda amalgam oshirilayotgan ijtimoiy, shu jumladan, ta‟limiy islohotlarning natijasi yosh avloddning intelektual salohiyiyat, yuksak aql-zakovatiga, ta‟lim-tarbiya tizimini jahon andozalari
asosida rivojlantirishga, eng yangi texnologiyalarni ta‟lim jarayoniga kiritish, uning milliy zaminini mustahkamlashga qaratilganligi bejiz emas.
Jamiyatning hozirgi taraqqiyoti inson faoliyatining ma‟naviy va moddiy sohalarida katta o‟zgarishlar qilishni taqozo etmoqda. Bu bo‟lajak o‟qituvchi omili, uning ijtimoiy-siyosiy faoliyati rolining ahamiyati ortib borayotganligi bilan belgilanadi. Zero, bo‟lajak o‟qituvchi intelektual qobiliyatini rivojlantirmay, uni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalamay, shuningdek, imkoniyatlarning yangi qirralarini to‟la ro‟yobga chiqarmay turib ijtimoiy taraqqiyotga erishib bo‟lmaydi. Jamiyat yomonidan bo‟lajak o‟qituvchi imkoniyatlarini ro‟yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoit yaratilar ekan, o‟z navbatida b o‟qituvchi qobiliyati, imkoniyatlari ana shu jamiyatning ham ijtimoiy, ham iqtisodiy, ham madaniy jihatdan rivojlanishiga o‟z hissasini qo‟shadi. Ayni vaqtda o‟qituvchining ijodiy faoliyatga tayyorligi, qobiliyati, imkoniyatlarini rivojlantirish va uni yagona ijtimoiy maqsadga yo‟naltirish o‟ziga xos dolzarblik kasb etmoqda.
Pedagogik faoliyatga ijodiy yondashuvlar asosida tashkil etilgan ta‟lim jarayonida ta‟lim oluvchi bo‟lajak o‟qituvchilar:
-o‟rganilayotgan muammo bo‟yicha shaxsiy fikrlarni erkin bayon etish, ularni yangi muammolarni aniqlash va hal etishga qo‟llay olish;
-turli ijtimoiy guruhlar bilan muloqotga kirishish, turli soha va turli vaziyatlarda ziddiyatlarni mohirlik bilan hal qila bilish;
-axloqiy, intellekti, madaniy darajasini rivojlantirish yo‟lida mustaqil izlanish va hakozolar.
Ushbu talablar O‟zbekiston Respublikasining “Ta‟lim to‟g‟risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi” g‟oyalarida ham o‟z ifodasini topgan bo‟lib, ta‟lim jarayoning ularga muvofiq tashkil etilishi ijtimoiy buyurtmaning muvaffaqiyatli bajarilishini ifodalaydi. Jumladan, “Kadirlar tayyarlash Milliy Dasturi”da ta‟lim islohatlarning asosiy maqsadi yuksak ma‟naviyatli va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadirlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdan iborat.
“Milliy istiqlol g‟oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” risolasida ham erkin fuqorolik jamiyatini ma‟naviy barkamol, mustahkam etiqodga ega shaxslargina
bunyod eta olishga urg‟u berilib, yangilanayotgan jamiyatda sog‟lom avlodni tarbiyalash, erkin fuqorolik ma‟naviyatini shakllantirish, ma‟naviy-mar‟ify ishlarni yuksak darajaga ko‟tarish orqali bo‟lajak o‟qituvchini ijodiy faoliyatga tayyorlash e‟tiborni qaratish alohida dolzarb ahamiyatga ega ekanligi aytiladi.
Pedagogika fanlari doktori Q.Yo„ldoshev esa milliy tarbiyashunoslikda samara keltiruvchi faoliyat bu - pedagogik hamkorlik, ya‟ni o„qituvchi va o„quvchining birgalikdagi faoliyati, deb ko„rsatadi. «Endilikda pedagogika fanining asosiy e‟tibori tarbiyalanuvchini faollashtirishga, uni pedagogik jarayonning ishtirokchisiga, tarbiyachining sherigi yoxud hamkoriga aylantirish yo„lini tadqiq etishga qaratilgan».13 Zamonaviy pedagogikada o„qituvchi o„quvchi oldida obro„ga ega bo„lishi lozimligini tan olinadi. Ammo shuni nazarda tutish lozimki, obro„ga zo„ravonlik, ta‟qiq va tazyiq bilan erishib bo„lmaydi. Obro„ni faqat qozonish kerak deb ta‟kidlab o‟tgan.
Pedagogik olimlar Sh.Qurbonov, M.Qurbonov E.Seytxalilovlar bo‟lajak o‟qituvchini ijodiy faoliyatga tayyorlashda ta‟lim jarayonini takomillashtirishning asosiy sharoitlari uni insonparvarlashtirish, ijtimoiylashtirish,fuqorolik va sog‟lom turmush tarzi asoslarini shakllantirishdan iborat ekanligini ko‟rsatib o‟tadilar:” Milliy modul va dastur … o‟z Vataniga fidokor, demokratiya g‟oyalariga sadoqatli bo‟lajak o‟qituvchini shakllantirishga xizmat qiladi. Ijtimoiy-siyosiy hayotda ongli ravishda qatnashadigan, ijtimoiy jarayonlarga faol ta‟sir ko‟rsatadigan, o‟z mamlakati taqdiri uchun ma‟sul bo‟lgan o‟qituvchini tarbiyalash Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturining bosh maqsadlaridan biridir”.
Bildirilgan fikrlardan anglanadiki, ta‟lim tizimidagi ustivor maqsad bo‟lajak o‟qituvchini ijodiy faoliyatga tayyorlashdan iborat.
Pedagogik nazariya g‟oyalariga ko‟ra shaxs kamolatida tarbiya-ta‟lim va ijtimoiy mihit, irsiyat muhim o‟rin tutadi. Jamiyatning a‟zosi sifatida u ijtimoiy ahamiyatga ega muayyan vazifalarni bajaradi, yosh jihatdan ulg‟aygani sari u tomonidan bajarilayotgan ijtimoiy rollar shakli va mazmuni o‟zgarib boradi, qiziqishlari va qobiliyati darajasida atrofdagilar bilan munosabatga kirishadi.
13 Yo„ldoshev Q. Yangilanayotgan milliy pedagogikamizning yetakchi xususiyatlari // J. Tafakkur. – 1996. - №4. - 49-50 betlar
Mazkur jarayon o‟z mohiyatiga ko‟ra bevosita bo‟lajak o‟qituvchining ijtimoiylashuviga ta‟sir ko‟rsatadi. Bo‟lajak o‟qituvchining ijtimoiylashuvida esa ta‟lim tizimi, unda ustivor bo‟lgan maqsad hamda ana shu maqsadni amalgam oshirishga yo‟naltirilgan pedagogik jarayonning sezilarli ta‟siri va rolini inobotga olgan holda ta‟limni bo‟lajak o‟qituvchiga yo‟naltirish talab etiladi.
Yuqorida ilgari surilgan g‟oyalarga tayangan holda bo‟lajak o‟qituvchini shakllantirishga yo‟naltirilgan ta‟lim mazmunida quydagi holatlar o‟z aksini topishi lozim degan xulosaga kelindi:
Kadrlar tayyorlash borasidagi davlat siyosati uzliksiz ta‟lim tizimi, intellektual va ma‟naviy–axloqiy tarbiyasi bilan bog‟liq har tomonlama rivojlangan bo‟lajak o‟qituvchining kamol topishini nazarda tutadi. Bunda har bir yoshning ilm olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual rivojlantirish, kasbiy, mehnat huquqlari ro‟yobga chiqadi. Respublika uzluksiz ta‟lim tizimida har bir bo‟lajak o‟qituvchining har tomonlama shakllanishi uchun zarur pedagogik shart-sharoitlarni yaratish taqozo etadi. Bu o‟rinda milliy-madaniy, tarixiy an‟analar, urf-odatlar, qadriyatlarga asoslangan ta‟lim tizimining tashkiliy- pedagogik tamoyillarning ishlab chiqilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Islohotlar jarayonida ta‟limni demokratlashtirish va insonparvarlashtirish erkin fuqoroni, o‟z haq-huquqini taniydigan bo‟lajak o‟qituvchini shakllantirish uchun shart- sharoitni yaratadi. Bo‟lajak o‟qituvchi qobiliyati va iste‟dodini rivojlantirish, uni milliy va umuminsoniy ma‟naviy boyliklardan bahramand etish, bo‟lajak o‟qituvchiga ta‟lim-tarbiya berishda tarixiy an‟analarga asoslanish, bo‟lajak o‟qituvchi va jamiyat o‟rtasidagi ijtimoiy munosabatlarda o‟zaro uyg‟unlikni ta‟minlash, shuningdek, ta‟lim jarayonida bo‟lajak o‟qituvchining haq – huquqlarini inobatga olish, uning qadr-qimmati, sha‟nini hurmat qilish, ta‟limda insonparvarlik g‟oyalarini ustivorligi (ta‟limning insonparvarlashuvi)ni ifodalaydi. Mazkur jarayonda bo‟lajak o‟qituvchining ongli ravishda o‟z qobiliyati va imkoniyatlarini hisobga ola bilish, intellectual va axloqiy imkoniyatlarini to‟laqonli ro‟yobga chiqarishga intilishi muhimdir.
Ta‟limda demokratlashtirish – ta‟lim jarayonida bo‟lajak o‟qituvchi ning qiziqish va hayotiy ehtiyojlarini inobatga olish, unga moslashish bo‟lib,
yangilanayotgan jamiyatda fuqorolik haq-huquqlarini anglaydigan, mustaqil fikrlaydigan, ijtimoiy faol bo‟lajak o‟qituvchi bo‟lajak o‟qituvchini shakllantirishga yo‟naltirilgan ma‟naviy-ma‟rifiy tadbirlarni tashkil etishni taqozo etadi.
Ta‟limning ijtimoiylashuvi esa uzoq va murakkab jarayon sanaladi. Jamiyatda har bir fuqaro shu jamiyatning ma‟lum ijtimoiy va axloqiy qadiriyatlar tizimiga, me‟yor va qobiliyatlariga rioya qilishga , shu jamiyatda yashash uchun uning teng huquqli a‟zosi bo‟lishga intiladi. Jamiyat tuzilishi va faoliyat yo‟nalishi turlicha bo‟lgan ijtimoiy institutlarga ega. Ijtimoiy institutlar – bo‟lajak o‟qituvchining tarixan tarkib topgan va tartibga solingan , shuningdek murakkab shakl, tarkibiy tuzilmaga ega faoliyati va ijtimoiy munosabatni o‟rganadi. Ana shu institutlardan biri ta‟lim tizimidir. Talim jarayonida yosh avlod ijtimoiy qoidalar va axloqiy-odob me‟yorlarini o‟zlashtiradi. Shu bois bilim olish jarayonida talaba, nafaqot bo‟lajak o‟qituvchi sifatida rivojlanadi, balki jamiyat hayotiga moslashadi
Ta‟limni tabaqalashtirish bo‟lajak o‟qituvchining o‟ziga xos xususiyatlari, qiziqishlari, qobiliyati, aqliy rivojlanishi va uning moslashuvchanligi darajasini hisobga olgan holda ta‟lim mazmunini va hajmini belgilash hamda o‟qitishning turli shakllardan foydalanishdir.
Tabaqalashtirgan ta‟lim bo‟lajak o‟qituvchiga yo‟naltirilgan ta‟lim bo‟lib, har bir bo‟lajak o‟qituvchining xususiyatlarini hisobga olgan holda shaxsga yondashilgan ta‟limni tashkil etishni ifodalaydi. Mazkur ta‟lim talabalarning bilimlari, malakalari, muayyan fanga qiziqishlari, qobiliyati, yoshlari, jinslari, fiziologik holati, xarakterlari, ular yashayotgan muhit mohiyati kabilarning hisobga olishni anglatadi. Hozirgi davrda tabaqalashtirilgan ta‟lim zamonaviy texnalogiyalardan foydalanilgan holda talaba yoshlarning imkoniyat va layoqatlarini hisobga olib, o‟qitishni tashkil etishda ta‟limning turli shakl va metodlarini qo‟llashni taqozo etmoqda.
Tabaqalashtirilgan ta‟lim bo‟lajak o‟qituvchiga individual yoki guruh shaklida mashg‟ulotlarni to‟g‟ri va maqsadga muvofiq tashkil etish orqali barcha ta‟lim oluvchilar bilim, ko‟nikma va malakalarining malakalarning
dinamik rivojlanishiga yordam beradi. Mazkut ta‟lim bo‟lajak o‟qituvchining bosqichma – bosqich shakllanib borishini ta‟minlaydi.
Talim jarayoniga yangi pedagogik texnalogiyalarni tadbiq etish “Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi”ning asosiy talablaridan biri sanaladi. Zero, pedagogik texnalogiya uzluksiz ta‟lim tizimida bo‟lajak o‟qituvchini ijodiy faoliyatga tayyorlash, yo‟naltirilgan va nazariy g‟oyalarni amaliyotda qo‟llashning eng qulay vositasidir. Samarador bo‟lgan ilg‟or pedagogik texnalogiyalarni izlab toppish va ularni amaliyotga tadbiq etish ta‟lim samaradorligini ta‟minlabgina qolmay, jamiyat taraqqiyotiga ham sezilarli ta‟sir ko‟rsatadi. Ilg‟or pedagogik texnalogiyalar mohiyatiga ko‟ra shaxsni rivojlantirishning eng maqbul yo‟llarini izlab toppish imkonini yaratadi.
Ta‟lim jarayonida iqtidorli talabalarni aniqlash ularning intellectual salohiyatlarini yuzaga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratish muhimdir. Zero, har bir jamiyatning intelektual salohiyati shu davlatning texnalogik qudrati va moddiy farovonligining asosidir. Jahon ta‟lim tajribasining ko‟rsatishicha, ilm- fan va innavatsion texnalogiyalar ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot poydevori bo‟lib, har bir jamiyatning barqaror rivojlanishini ta‟minlaydi. Rivojlangan mamlakatlarda intelltial qobiliyat, ilm-fan taraqqiyotning muhim sharti sanalib, yuqori baholanib kelinmoqda. Shu bois yosh avlodni ijtimoiy hayotga tayyorlash, yangicha fikrlay oladigan, intellektual qobiliyati yuqori darajadagi bo„lajak o„qituvchini shakllantrish mustaqillik yillarida o„zbekiston Respublikasi uzluksiz ta‟lim tizimini oldida turgan eng muhum vazifalardan biri ifatida e‟tirof etilmoqda.
Demak, bo‟lajak o‟qituvchini ijodiy faoliyatga tayyorlashga yo‟naltirilgan ta‟lim mazmunida quydagi jihatlar o‟z aksini topishi lozim.
Tadqiqot muammosini nazariy jihatdan o‟rganish, tahlil etish va ijtimoiy dolzarbligini asoslashda mavzu doirasidagi ahamiyatli tushunchalar, kategoriyalar mazmunini yoritish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shu bois, ilmiy izlanishlar davomida pedagoglik kasbiga ijodiy munosabatni shakillantirishning pedagogik- psixologik aspektlarini: motiv, kasb tanlash motivlari, kasbiy yo‟nalganlik, pedagogik kasbga yo‟nalganlik, pedagogik faoliyat, kasbiy bilim, ko‟nikma va
malakalar, kompetentlik, kriativlik, ijodiy munosabat kabi tushunchalarning mohiyati aniqlashtirish orqali yoritishga harakat qildik.
Kasb tushunchasi – bu maxsus tayyorgarlikni talab etuvchi, inson doim tajribadan o‟tkazuvchi va unga yashash uchun manba bo‟lib xizmat qiluvchi mashg‟ulotdir. Kasb bir xil faoliyat bilan shug‟ullanuvchi kishilarni birlashtiradi va bu faoliyat ichida ma‟lum aloqalar va axloq normalari o‟rnatiladi 1.
E.A. Klimov tadqiqotlarida “Kasb – jamiyat uchun zarur va qadriyatli soha bo‟lib bunda insondan jismoniy va ruhiy kuch talab etadi”, deya ta‟kidlaydi.
V.G. Makushin esa, kasb – bu shunday faoliyatki, uning yordamida shaxs jamiyat hayotida ishtirok etadi va uning yashashi uchun moddiy vositalar asosiy manbai bo‟lib xizmat qiladi, deya ta‟kidlaydi.
Mavjud ta‟riflarni umumlashtirib, quyidagicha xulosa qilish mumkin: “Kasb mehnat faoliyatining asosiy shakli bo‟lib, uni bajarish uchun inson albatta ma‟lum bilim, malaka va ko‟nikmalarga, maxsus qobiliyatlar va rivojlangan muhim kasbiy sifatlarga ega bo‟lishi kerak”.
Mutaxassislik – kasbiy ta‟lim, tayyorgarlik yo‟li bilan o‟zlashtirilgan ish jarayonidagi maxsus bilimlar, ko‟nikma va malakalar majmuasi bo‟lib, ular u yoki bu kasb doirasida ma‟lum faoliyat turini bajarish uchun zaruriy hisoblanadi. Shunday qilib, mutaxassislik – kasb ichidagi kasbiy faoliyat turi bo‟lib, u shaxsiy yutuqlarga yoki o‟ziga xos vaziyatlar orqali umumiy natijalarga erishishga
yo‟naltirilgan bo‟ladi.
Kasbiy faoliyat samaradorligining shartlaridan biri mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi hisoblanadi.
Mashhur rus psixologi I.K. Platonovning fikriga ko‟ra, “kasbiy tayyorgarlik – bu o‟zini kerakli kasbiy faoliyatni bajarishga qodir va tayyorgarlik ko‟rgan deb hisoblovchi va uni bajarishga intiluvchi shaxsning sub‟ektiv holatidir”.
E. Seytxalilov, B. Raximov va N. Azizxodjaevalar “kasbiy tayyorgarlik – shaxsning aniq kasbiy faoliyat turi bilan shug‟ullanishiga imkon beruvchi nazariy bilim, ko‟nikma va malakalarni o‟zlashtirish jarayonidir”, deya izohlaydilar.
R. Ishmuhamedov, A. Abduqodirov hamda A. Pardaevlar kasbiy tayyorgarlik negizida “bo‟lajak mutaxassisning psixologik, psixofiziologik, jismoniy hamda ilmiy-nazariy va amaliy tayyorgarligi” aks etishi kerakligini ta‟kidlaydilar1.
Mualliflarning fikrlariga tayangan holda “kasbiy tayyorgarlik” tushunchasini quyidagicha ta‟riflash mumkin bo‟ladi:
Kasbiy tayyorgarlik – maxsus nazariy bilim, amaliy ko‟nikma va malakalar, shuningdek, ma‟naviy-axloqiy sifatlarni o‟zlashtirish asosida shaxsning kasbiy faoliyatni olib borishga nisbatan fiziologik, psixologik va jismoniy tayyorgarlik darajasi.
Kasbiy tayyorgarlikni shakllantirish – DTS talablari asosida shaxsda maxsus nazariy bilim, amaliy ko‟nikma va malakalar, shuningdek, ma‟naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish, bo‟lajak mutaxassisni kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli olib borishga nisbatan fiziologik, psixologik va jismoniy tayyorlash jarayonidir.
Pedagoglik kasbiga ijodiy munosabatda bo‟lish va kasbiy moslashish – bo‟lajak mutaxassisning kasbiy faoliyat talablarini o‟zlashtirishi, individuallashuvi demakdir.
Ma‟lumki, har bir oliy ta‟lim muassasasining muhim vazifalaridan biri bu birinchi kurs talabalarini o‟qitishning yangi tizimiga, yangi ijtimoiy munosabatlarga ijobiy moslashuvini, talabalik maqomini muvaffaqiyatli o‟zlashtirishlarini ta‟minlashdir. Talabalarni oliy ta‟lim muassasasi sharoitiga moslashtirishda va pedagoglik kasbiga ijodiy munosabatni shakllantirishda quyidagi jihatlarni alohida ko‟rsatib o‟tish lozim:
talabalarda moslashuv jarayonining kechishi murakkab dinamikaga ega bo‟lib, ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga ega qadriyatli tasavvurlarni o‟zaro uyg‟unlashuvini talab etadi;
talabalar uchun o‟qishning birinchi va ayrim hollarda ikkinchi yili murakkab vaziyatlar bilan birga kechadi;
oliy ta‟lim muassasasida tahsil olish jarayonida talabalarda o‟z-o‟zini anglash tuyg‟usi rivojlanadi, atrof-olam va borliqqa doir qadriyatli munosabatlar tizimining rivojlanishi davom etadi;
talabalarda bazaviy o‟quv moslashuvlari va pedagoglik kasbiga ijodiy munosabat shakllanadi;
talabalik yillari tashkiliy, metodik va psixologik tavsifga ega bo‟lib, shaxsning kasbiy va shaxsiy moslashuvining eng muhim bosqichidir1.
Darhaqiqat pedagoglik kasbi ko‟p qirrali jarayon hisoblanib, uning negizida muayyan kasb bo‟yicha muvaffaqiyatli ishlashni ta‟minlovchi imkoniyatlar, shaxsning yo‟naltirilganligi, kasbiy bilim, ko‟nikma, malaka va kasbiy sifatlar, mehnat tajribasi ham asosiy mezonlar ko‟rinishida namoyon bo‟ladi .
Bizga ma‟lumki, shaxs ta‟lim jarayonining faol ob‟ekti va sub‟ekti bo‟lib, bo‟lajak o‟qituvchilarni kasbga ijodiy munosabatda bo‟lish jarayonidagi faolligi uning yo‟naltirilganligi bilan belgilanadi.
Shaxsning yo‟naltirilganligi muammosini tadqiq etar ekan, S.L. Rubinshteyn uni ehtiyojlar, qiziqishlar, ideallar, e‟tiqodlar, faoliyat va xulqning ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarda ifodalaydi..
Psixolog olimlar L.I. Bojovich va R.S. Nemov shaxsning yo‟naltirilganligini motivlar tizimi va yig‟indisidir, deya talqin etadilar.
Kasbga yo‟naltirilganlik esa shaxsning yo‟naltirilganligining o‟ziga xos ko‟rinishi bo‟lib, motivlar, ehtiyojlar ta‟sirida aks etadi.
Pedagogik va kasb ta‟limiga doir adabiyotlarda “kasbga yo‟naltirilganlik” tushunchasi quyidagi mazmunni anglatishiga e‟tibor qaratiladi: 1) “Kasbiy yo‟nalganlik” – shaxsning aniq bir faoliyat turiga bo‟lgan qobiliyati, qiziqishlari, ehtiyoji va qat‟iy ishonchi (A.B. Seyteshev); 2) “Kasbiy yo‟nalganlik” – kasb tanlash, qiziqish, qat‟iy ishonch hamda kasb tanlash motivlari o‟rtasidagi aloqaning shaxsiy sifatlarda etakchilik qilishi (N.K.Stepankova).
Ayrim tadqiqotchilarning ishlarida esa bevosita shaxsning aniq kasbiy faoliyatga yo‟nalganligi e‟tiborga olingan holda “pedagogik kasbga yo‟nalganlik” tushunchasining mohiyatini ochib berishga nisbatan urinishlar ko‟zga tashlanadi. Jumladan: 1) “Pedagogik kasbga yo‟nalganlik” – shaxsning “pedagogik kasbga qiziqishi va faoliyatning ushbu turi bilan shug‟ullanishga bo‟lgan ishtiyoqi” (N.V. Kuzmina); 2) “Pedagogik kasbga yo‟nalganlik” – bolalarga bo‟lgan munosabat, pedagogik mehnatga ishtiyoq, pedagogik kuzatuvchanlik qobiliyati.
Terminologik tahlillardan ko‟rinib turibdiki, “pedagogik kasbga yo‟nalganlik” tushunchasi asosan kasb tanlash motivlarning faol ta‟sirida shaxsning kasbiy shakllanishiga ta‟sir ko‟rsatishini o‟zida aks ettiradi.
Motiv tushunchasi psixologik adabiyotlarda (lot.Movere-harakatga keltirmoq)
ma‟lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog‟liq faoliyatga undovchi sabab sifatida izohlanadi1.
Kasb tanlash murakkab va motivatsion jarayon hisoblanib, shaxsning to‟g‟ri kasb tanlashi insonning hayotdan qoniqishi, ijtimoiy mavqeini aniq belgilab olishiga sabab bo‟ladi.
Tadqiqotchi olim E.S.Chugunova ish joyini va kasbni tanlash motivlari tasniflanishini ishlab chiqib, istalgan kasbiy faoliyatning sabablarini o‟zida aks ettiruvchi kasb tanlash motivlarini quyidagicha belgilaydi:
dominant (kasbga qiziqishning ustun turishi);
vaziyat bilan bog‟liq (har doim insonni qiziqtirib kelgan shart- sharoitlarni ro‟yobga chiqarish);
komformist;
boshqa kasbiy motivatsiyalar (o‟ziga yaqin ijtimoiy olamning ya‟ni yaqinlari, do‟st va tanishlarining maslahatlari bilan).
A.K. Baymetov esa, aynan pedagogik faoliyatga intilish motivlarini o‟rganib, ulardan asosiylarini birlashtiradi:
muqarrarlik motivi (burchli);
o‟qitilayotgan predmetlarning qiziqarliligi va e‟tiborni tortish;
bolalar bilan muloqotga kirishish.
O‟rganilgan manbalarga ko‟ra, motivatsiya tiplari bo‟lajak o‟qituvchilarning kasbiy tayyorgarlik yo‟nalishi va xarakteriga ta‟sir ko‟rsatadi.
Bu borada N.V. Kuzmina shaxsning pedagogik kasbga yo‟nalganlik motivlari uch xil holatda bo‟lishini ta‟kidlaydi:
haqiqiy pedagogik;
rasman pedagogik;
yolg‟on pedagogik yo‟nalganlik1.
Pedagogik faoliyatni tashkil etishda birinchi holat, ya‟ni haqiqiy pedagogik yo‟nalganlik pozitiv xarakter kasb etib, pedagogik faoliyatda akmeologik darajaning qo‟lga kiritilishiga yordam beradi. Pedagogik faoliyatni tashkil etishda faqatgina birinchi holatdagi pedagogik tayyorgarlik yuqori natijalarning qo‟lga kiritilishiga imkon beradi. Haqiqiy pedagogik yo‟nalganlikning asosiy motivi pedagogik faoliyatga qiziqish hisoblanadi.
Bizning pedagogik kuzatishimiz jarayonida va bo‟lajak o‟qituvchilarning “Nima uchun o‟qituvchilik kasbini tanlaganliklari” ning asosiy sabablarini o‟rganganimizda, respondent-talabalarning 33% i o‟qituvchilik kasbini o‟z hohishiga ko‟ra, 31,2% i muayyan fanga bo‟lgan qiziqish va ota-onalarining tavsiyalariga ko‟ra, 35,4% i esa pedagogika oliy ta‟lim muassasalarida tahsilni davom ettirish maqsadida ushbu ta‟lim muassasasini tanlaganliklari ma‟lum bo‟ldi. Ammo o‟qituvchilik kasbining boshqa kasb egalariga nisbatan moddiy ta‟minlanganlik holatlarining yuqoriligi ota-onalar ichida shakllangan stereotiplarning yoshlarga ham o‟z ta‟sirini o‟tkazmasdan qolmaganligidan dalolat beradi.
O‟ylaymizki, bu o‟rinda kasb tanlash motivlari, kasbiy yo‟nalganlik va hayotiy maqsadlarning boshqa-boshqa yo‟nalishlarda namoyon bo‟lishi o‟z o‟rnida kasbiy moslashish darajasining past bo‟lishiga yoki uzoq muddatga uzayishiga ta‟sir etadi.
Kasbiy faoliyatga yo‟naltirishda kasb tanlash motivlarining yaqqolroq namoyon bo‟lishi kuzatilsa-da, faqat ularning o‟zigina kasbiy tayyorgarlikning shakllanishida etakchi rol o‟ynay olmasligini e‟tiborga olish lozim bo‟ladi. Chunki, shaxsning mavjud jismoniy, ruhiy va ma‟naviy imkoniyatlari tanlangan kasbiy faoliyatning shaxsga nisbatan qo‟yadigan talablari darajasi bilan mutanosib bo‟lishi talabalarning kasbiy faoliyat muhitiga normal moslashishiga va refleksiyaning shakllanishiga yordam beradi.
Kasbiy imkoniyatlar – ma‟lum faoliyatning shaxs irodasi bilan bog‟liq ob‟ektiv shart-sharoitlarini o‟zida aks ettiradi1.
“…XXl asr sivilizatsiyasiga yo‟l boshlovchi ilmiy- texnika jarayoni kimda- kim o‟zining intellektual imkoniyatlarini tahlil qilish, sentizlash, baholash,
shuningdek, moslashuvchan aqliy va ijodiy qobiliyatlarni boshqalarga nisbatan yaxshi rivojlantira olsa o‟shanga ish va mansab in‟om etiladi”-bu deyarli 20yil avval yozilgan bashoratli satrlar zamonaviy mutaxassislar tayyorlashga qo‟yilayotgan talablarni juda aniq belgilaydi.
Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‟zgarishlar mutaxassislarning yangi avlodi egallashi zarur bo‟lgan bilimlar, malakalar va ko‟nikmalarga yangi- yangi talablarni keltirib chiqarmoqda. Bu birinchidan ilmiy bilimlarni ko‟p talab qiladigan texnalogiyalarni keng taaluqli bo‟lsa, ikkinchidan, ishni tashkil qilishdagi o‟zgarishlar va o‟qitish jarayoning natijalariga tegishlidir.
Uzoq yillar davomida ijod - bu insonga tabiat ehson etgan noyob qobiliyat u har kimga ham berilmaydi deb kelingan. Tajribali pedagog-psixologlarning ilmiy- tadqiqot ishlarining tahlili shuni ko‟rsatadiki, ijodiy qobiliyatga hamma ham ega, lekin uning nomoyon bo‟lishi, ro‟yobga chiqishi real hayotiy sharoitga va individning psixologik holatiga bog‟liq ekan.
Amalga oshirilgan ilmiy ishlar pedagogik tushunchalarni aniqlashda turli falsafiy-metadalogik yondashuvlar mavjud bo‟lgan hamda hozirda ham mavjudligi ko‟rilmoqda.
O‟zbek tilining izohli lug‟atida “Ijodiy yondoshmoq–biron bir holatga voqea hodisaga o‟znuqtai nazari bilan yangi fikr mulohaza bilan qaramoq” sifatida tariflanadi.
Ayrim mualliflar pedagogik faoliyatga ijodiy munosabatda bo‟lishni Kriativlik (creativity –inglizcha ijodiy, “lotincha creation – “yaratish”) deb pedagogik adabiyotlarga kiritmoqdalar. Uning o‟rganilishi M.S.Bernshteyin, V.S. Beblir, V.N.Shkin, O.K.Tixomirov, E.G.Yudin va boshqalar nomi bilan bog‟liq. R.Xameni yozadi; ”Kreativlik o‟zida yangicha yo‟sinda amalga oshirilgan o‟zlashtirish to‟lqinini (Makkelif) yangicha aloqadorliklarni aniqlash(Kyubi) yangicha munosabatga kirishish (Rodjers) yangiliklar (Lassuel), ongning yangicha e‟tirozlarga sabab bo‟luvchi faoliyatdir”.
Kreativlik biryoqlama salbiy jihat sifatida qaralsada, uning muammolar tizimi umumlashtiriladi va bir butunlikni tashkil etadi, bu ayniqsa o‟zida ta‟lim jaroyonida ijodiy ta‟lim va tarbiyani mujassamlashtirilgan shaxsning ijodiy
imkoniyatlari va kreativlikni rivojlantirish jaroyonida oily maktab pedagogikasiga taaluqli. Bugungi kunda Kadirlar tayyorlash Milliy Dasturida qo‟yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda talabalarni ijodiy fikirlashga o‟rgatish muammosi oily ta‟limning o‟z yechimini kutayotgan eng dolzarb muammolardan biriga aylanib qoldi.
“Kreativlik” tushunchasi yana ko‟proq divergent tafakkur tushunchasiga mos keladi. Divergent tafakkur – turli tomonlama tarmoqlanuvchi, bir vaqtning o‟zida turli yo‟nalishlarga tarqaluvchi, ko‟plab yechim variantlarini yaratishga yo‟nalgan tafakkur. Shu sababli divergent tafakkur kutilmagan natija va yechimlarga olib keladi.
Pedagoglik kasbini tanlagan bo‟lajak o‟qituvchilar, ixtiyoriy masalalar yechish bo‟yicha to‟plangan tajribani va fikrlash nazariyalarini tahlil qilish ijodiy fikirlashning asosiy prinsiplarini shakllantirish va ijodiy fikrlashga o‟rgatishning psixologik-pedagogik metodlarini (jihatlarini) ishlab chiqishga imkon beradi. Bu prinsiplar quydagilar:
Talabalarni maqsadga erishishning turli yo‟llarini qidirish, so‟ngra eng yaxshisini tanlashga o‟rgatish.
Talabalarni yetarli miqdorda qo‟llanmalar va mashqlar to‟plamlari bilan ta‟minlash.
Zarur savollarni berishga va muammolarning mavjudligini aniqlashga o‟rgatish.
Talabalarni har qanday sezgilar va emmotsiyalarni fikrlashning muhim tashkil etuvchilari, deb qarashga o‟rgatish.
Talabalarni eng avvalo ijodiy jarayonning o‟zida qoniqish hosil qilayotganliklarini kuzatayotib, original va foydali g‟oyalarini qadrlashini anglab yetishlariga yordamlashish.
Talabalarga nostandart vaziyatlarda yechimlar izlashni taklif qilish. Muvofaqqiyatsizlikka uchraganda izchillikning namoyon bo‟lishi muhumligini isbotlash.
Talabalarga yechimlarni izlashning rejasini tuzishni taklif qilish.
Haddan tashqari tez yorliq yopishtirishdan, masalan oldindan ma‟lum masalalar toifasiga kiritishdan va shoshilib qaror qabul qilishdan qochish. Chunki bu asosiy muammodan og‟ishlashlarga va fikrlash egiluvchanligining yo‟qolishiga olib keladi.
Talabalarni fikrlashning muhim elementlari sifatida sezgi va emotsiyalarni boshqarishga o‟rgatish.
G‟oyalarni geniratsiyalash uchun hamda ularni obyektiv va ratsionallash uchun sharoit yaratish.
”Bo‟lishi mumkin” va “Bo‟lishi kerak” iboralarini farqlagan holda keskin qarorlar chiqarish.
Talabalarda uzluksiz alternativ izlanishga yangi, yondashuvlarga va yangi g‟oyalarga moyillikni shakllantirish.
Bundan tashqari ijodiy yondashuvning yangi g‟oyalarini qabul qilish va mustahkamlanish jarayonini yengillashtirishga yordam beruvchi bir necha asosiy qoidalarga ham amal qilishi lozim.
O‟qituvchi mahorat va bilimlarni o‟zi rivojlantirishi qulay ixcham tizimlarni tarraqqiy etish nuqtai nazarida, refliksiv – gumanistik pedagogika va birlashib ijod qilish psixologiyasi asosida yaratiladigan intensiv-innavatsion metodlar yuqori samaraga ega bo‟lishlari mumkin.
Bizning fikrimizcha, refliksiv – gumanistik yondashishning asosiy aksiologik yutuqlari asoslaridan biri, barbod etmaydigan uslublarni ko‟paytirib taraqqiy ettirish mumkinligini amaliy isbot qilib berish bo‟ldi. Shunday qilib, yangi tizim yaratish, yangiliklarni kashf qilish uchun o‟tmish merosidan biror narsani buzish shart emas. Birgalikda ijod qilish orqali amaliyot ishtirokchilaridan insonparvarlik shakllanadi. O‟qituvchi innavotsion harakatni amalga oshirishda imkoniyyatning ijodiy rivojlantiruvchi muammolarni kiritadi.
Padagogika tarixini bir xil natija bilan orqaga va oldinga varaqlash mumkin
to‟g‟risini aytganda, hamma vaqt yangi g‟oya sifatida bir xil pedagogik g‟oyalar bayon qilinadi. Bolaning o‟zini-o‟zi ijodiy rivojlatirishi zarurligi va boshqalar haqidagi g‟oyalar har xilvariantlarda takrorlanadi. Lekin shu bilan birga tarbiya va ta‟lim ko‟puncha shaxsning o‟zini-o‟zi rivojlantirish tabiiy
jarayoniga to‟sqinlik qiladi. Uning ijodiy boshlanishini oldindan “tayyorlangan ramkalarga” kuch bilan kiritishga va o‟quv rejalarini oson yo‟lda olib borishga harakat qiladi. Tasavvur va fantaziyaga bizning maktablarimizda e‟tibor berilmaydi,diqqat va yodda saqlashga ko‟proq e‟tibor berilishiga hayron bo‟lmasa ham bo‟ladi. Diqqatbilan tinglash va tirishib esda saqlash qobiliyati shu kungacha na‟muna bo‟ladigan o‟quvchining farqli hususiyati hisoblanadi
Endi “ijod” haqidaa to‟xtalsak.
O‟zbekiston Milliy ensiklopediyasida “Ijod –insonning yangi moddiy va ma‟naviy ne‟matlar yaratish faoliyati.Unda inson tafakkuri, xotirasi tasovvuri, diqqati, irodasi faol ishtirok etadi, butun bilimi tajribasi, is‟dedodi namoyon bo‟ladi.
Ijod dastlab inson tasavvurida tug‟ladi, keyin ijodga ta‟luqli masalalar yuzasidan izlanishlar olib boriladi, boshqalar bajargan ishlar tanqidiy ko‟rib chiqiladi.
Ijodni shartli ravishda 2ga ilmiy ijod va badiiy ijodga bo‟lish mumkin. Olimlar faoliyati ilmiy ijodga, san‟atkorlar yozuvchilar faoliyati badiiy ijodga qaratilgan.
Ba‟zi kishilarda har ikki ijod rivojlangan bo‟lishi mumkin…5”deb tariflanadi.
Bizningcha ijod – uzoq vaqt davomida shakillangan tasavvur va fantaziyani ta‟riflashdan boshlanadi. Ulardan har biri alohida ahamiyatga ega: tasavvur inson tajribasida bo‟lgan narsani shunchaki qaytarish emas, baki o‟z fantaziyasi orqali ijod mahsuli yaratishdan iborat, fantaziya esa hayoldan biron bir g‟oyani tasavvur etishdan iborat. Bu ikkta fikrdan shunday xulosa kelib chiqadiki, fantaziya birinchi darajali, tasavvur esa ikkinchi darajali bo‟lib qoladi.
Bu ikkta ta tushuncha butunlay bo‟lingan holatda qoldi va odamlarni shoirlarga (rassomlarga), ijodiy fantaziyaga qobilyatli va qobilyati o‟rtacha mexanikka o„xshagan, tasavvuri amaliy vazifa doirasidan chiqmaydigan odamlarga bo‟lish bahona. Natijada pedagogikada fanlarni ko‟proq ijodiy – gumanitar (adabiyot, tarix va boshqalarga) va kamroq ijodiy (tabiiy va aniq) fanlarga bo‟lish paydo bo‟ldi. Bugungi kunda falsafa ham, psixologiya ham tassavur bilan
fantaziya o‟rtasidagi farqni aniqlamaydi. Bu ikkta so‟zni sinonim sifatida ishlatish xato bo‟lmaydi.
L.S. Vegotiskiyning “San‟at psixologiyasi” va Jon Dyuining kitoblarida tasavurning roli haqida quyidagicha tushuncha jo‟shqinlik berildi.
L.S. Vegotiskiy o‟ziga hos bo‟lgan va ishonchlilik bilan o‟z asarlaridan tasavvurning ikkinchiligi haqidagi afsonani yo‟qotdi: “Tassavur qilishga ijodiy qobilyat hammada – olimda ham bor, u ilmiy kashfiyot uchun xuddi san‟at asarini yaratishdek muhum, u kundalik hayotda ham kerak”.
Tahlillarimizdan ma‟lum bo‟ldiki, kasbga ijodiy munosabatda bo‟lish kategoriyasi ko‟proq ijtimoiy tarbiya muammolariga bag‟ishlangan pedagogik tadqiqotlarda uchraydi. Ammo, uning shaxs imkoniyatlarini muayyan faoliyat turiga nisbatan yo‟naltirish, sub‟ekt va ijtimoiy muhitning o‟zaro faol yaqinlashuvi jarayoni natijasi sifatida qaralsa, hamda, kasbiy faoliyat ijtimoiy faoliyatning bir turi sifatida tatqiq etilishi nazarda tutilsa, ijodiy munosabatda bo‟lish va ijtimoiylashuv kategoriyalarini izohlashda alohidalikka intilish o‟zini oqlamaydi.
Mahoratli o‟qituvchi bo‟lish uchun nafaqat o‟z kasbiga yoki faoliyat sohasiga qiziqish, kasb tanlash motivatsiyasi, balki ushbu faoliyat turi bilan shug‟ullanishga nisbatan layoqatning mavjud bo‟lishi ham talab etiladi.
Ayrim mualliflar, xususan, D.N.Arzikulov talabalarining kasbiy moslashtirish jarayonini tabaqalashtirilgan ta‟lim tizimining tarkibiy qismi sifatida e‟tirof etadi. Ushbu tadqiqotlarda kasbiy moslashtirishning zaruriy shart-sharoitlaridan biri sifatida tabaqalashtirilgan ta‟limning tuzilmasi va mazmunini tashkillashtirish muammolari, tabaqalashtirilgan ta‟limning kasbiy moslashtirish jarayoniga ta‟siri qarab chiqilgan.
Yuqoridagi fikr-mulohazalar tahlilidan shu holat ma‟lum bo‟ldiki, bir guruh pedagog olimlar shaxsning kasbiy moslashishi va pedagoklik kasbiga ijodiy munosabtda bo‟lish tushunchasini motivlar tizimi, ikkinchi guruh pedagog olimlar shaxsning tashqi olamga bo‟lgan ustuvor qarashlar hamda uchinchi guruh pedagog olimlar inson faoliyatini belgilab beruvchi xususiyatlar sifatida talqin qiladilar.
Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirigan holda, kasbiy moslashtirish va pedagoklik kasbiga ijodiy muosabtda bo‟lish – shaxs kamolotining muhim
jihatlaridan biri bo‟lib, shaxsning faqatgina mehnat va kasbiy faoliyatni tanlash bilan bog‟liq ehtiyoj va qiziqishlarini ifodalaydi (umumiy rivojlanish barcha ehtiyojlar majmuasini, uning borliqqa, atrofdagilarga, o‟ziga nisbatan munosabatlari tizimini ifoda etadi).
Bo‟lajak o‟qituvchilarga pedagoglik kasbiga ijodiy munosabatda bo‟lish va kasbiy moslashtirish – mehnat faoliyati yoki kasb sohasining aniq turini tanlash bilan bog‟liq, aniq va ongli ravishda qabul qilinadigan qarorning ifodalanishi bo‟lib, talabalar bilan amalga oshiriladigan maqsadga yo‟naltirilgan ishlar bilan bevosita bog‟liq bo‟ladi. Shunday qilib, pedagogklik kasbiga ijodiy munosabatda bo‟lish bo‟lajak mutaxassisda pedagogik faoliyatga bo‟lgan ehtiyojni rivojlantiruvchi, unga nisbatan mas‟uliyatli hamda ijodiy yondashuvni, ijtimoiy qadriyatlar motivatsiyasini tarbiyalovchi hamda shaxsga qaratilgan yo‟nalish kasb etuvchi jarayonlar alohida tarkibiy qismlarining o‟zaro integratsiyasi sifatida qarash mumkin.
.
Do'stlaringiz bilan baham: |