III BOB. PEDAGOGIK TAJRIBA-SINOV ISHLARINING TASHKIL ETILISHI VA NATIJALAR TAHLILI
3.1. Pedagogik tajriba-sinov ishlarining eksperimental metodikasi
Mustaqillik yillarida respublikada “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” tamoyiliga muvofiq amalga oshirilayotgan islohotlar natijasi har tomonlama rivojlangan, yuksak ma‟naviy-axloqiy sifatlarga ega, mustaqil hamda erkin fikrlovchi komil inson va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga etkazishdan iboratdir. Yurtboshimiz, I.A.Karimov ta‟biri bilan ifodlaganda, “Bugungi kunda faqat yuksak bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, intellektual rivojlangan va prfessional tayyorgarlikka ega bo‟lgan yoshlargina sifatli, jadal va innovatsion taraqqiyotning eng muxim sharti bo‟la olishi, aynan ular mamlakatning buyuk kelajagini ta‟minlashi mumkinligiga ishonchning xojati yo‟q, deb o‟ylayman!”. Shu sababli ayni vaqtda bo‟lajak o‟qituvchilarni sifat darajasini belgilab beruvchi kasbiy-malakaviy tayyorgarligiga alohida e‟tibor qaratilmoqda.
Tadqiqot ishiga oid mavjud o‟quv-metodik adabiyotlarni o‟rganish, tahlil qilish va muammoning amaldagi holatini baholash natijasida bo‟lajak o‟qituvchilarni pedagogik kasbga ijodiy munosabatni shakllantirishning zaruriy
pedagogik-psixologik shart-sharoitlar ta‟sirida umum ta‟limiy, umumkasbiy va maxsus fan asoslarini puxta egallashlari, yaratilgan pedagogik shart-sharoitlar ta‟sirida shakllanib borishi aniqlandi. Shuningdek, shaxsiy va kasbiy maqsadlar, pozitiv kasbiy motivatsiyani, ijtimoiy va kasbiy ma‟suliyat, amaliy faoliyatga psixologik tayyorgarlik, tashabbuskorlik, ijodkorlik, o‟z hatti-harakatlaridan qoniqish hissini shakllantirishga yo‟naltirilgan pedagogik faoliyat mazmuni talabalardagi kasbiy bilim, ko‟nikma va malakalarni rivojlantirish va faollashtirish, pedagoglik kasbiga ijodiy munosabatni shakllantirish jarayonida yetakchi omillardan biri sifatida namoyon bo‟lishi kuzatildi.
Nazariy va empirik tahlil natijasida chiqarilgan mazkur xulosalarga asoslanib, ishning pedagogik tajriba-sinov qismini loyihalashtirishda bo‟lajak o‟qituvchilarni pedagogik kasbga ijodiy munosabatni shakllantirish va bu jarayonga tizimli yondashish orqali talabalarning kasbiy bilim, ko‟nikma va malakasini shakllantirish masalasiga alohida e‟tibor qaratildi.
Ma‟lumki, pedagogik yo‟nalishda olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar o‟zining tashkiliy-metodik asoslariga tayanib, quyidagi bosqichlarda loyihalashtiriladi:
tadqiqot uchun tanlangan muammoning ijtimoiy-pedagogik, psixologik mohiyatini to‟g‟ri anglash va dolzarblik darajasini aniqlash, uning kontseptual va maqbul yechimini topish yo‟llari hamda vazifalarini oqilona belgilash maqsadida tashkil etiluvchi nazariy-prognostik tahlil;
mavjud manbalarga tayangan holda tanlangan muammoning ijobiy, yechimini samarali hal qilish maqsadida tadqiqotchi tomonidan ilgari suriladigan nazariy g‟oyalar, ilmiy faraz asosida maxsus metodikani shakllantirishga yo‟naltirilgan amaliy faoliyat;
shakllantirilgan maxsus metodikanining tadqiqot obyekti sifatida tanlangan ta‟lim muassasalarining o‟quv-tarbiya amaliyotiga tatbiq etilishi va uning samaradorlik darajasini belgilash bilan bog‟liq eksperimental bosqich.
Mazkur texnologik bosqichlarning o‟ziga xosligi va ularning pedagogik tajriba-sinov ishlarining muvaffaqiyatli tashkil etilishiga ta‟sirini o‟rganilib, tadqiqotning eksperimental bosqichi bilan bog‟liq faoliyatning maqsad va vazifalari quyidagicha belgilandi.
Tadqiqot maqsadi – bo'lajak o'qituvchilarni pedagogik kasbga ijodiy munosabatga tayyorlashning nazariy asoslarini va yaxlit tizimini ishlab chiqishdan iborat etib belgilandi.
Mazkur maqsadga erishish uchun:
OTMlaridagi o‟quv-tarbiya jarayonining o‟ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish;
bo‟lajak o‟qituvchilarni pedagogik kasbga ijodiy munosabatni shakllantirishga ta‟sir ko‟rsatuvchi obyektiv va subyektiv omillarni aniqlash;
bo‟lajak o‟qituvchilarni pedagogik kasbga ijodiy munosabatni shakillantirishning pedagogik shart-sharoitlarini belgilash;
tizimli yondashuv asosida pedagogik kasbga ijodiy faoliyat jarayonining modeli, texnologiyasini ishlab chiqish;
bo‟lajak o‟qituvchilarni pedagoglik kasbiga ijodiy munosabatni shakllantirishning darajasini aniqlovchi mezonlarni ishlab chiqish va tahlil etish.
Belgilangan vazifalarning amaldagi faoliyat talablari bilan qat‟iy bog‟liqligini ta‟minlash maqsadida tajriba-sinov ishlari quyidagi bosqichlarda loyihalashtirildi.
Tajriba-sinov ishlari jarayonida:
tadqiqot muammosiga ijtimoiy-pedagogik jahatdan yondashish;
bo‟lajak o‟qituvchilarni pedagogik kasbga ijodiy munosabatni shakllantirishda yosh-psixologik xususiyatlarini hisobga olish;
talabalarning pedagogik faoliyatga intilish motivatsiyasini kuchaytirish, o‟zlashtirilgan kasbiy bilimlarni takomillashtirish va rivojlantirish;
innovatsion o‟qitish texnologiyalaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e‟tibor berildi.
Ma‟lumki, pedagogik jarayonni o‟qituvchi va talabalarning o‟zaro hamkorlikdagi munosabatlari, birgalikdagi faoliyati sifatida tashkil etish, bunda asosiy e‟tiborni “Talabaning o‟qitish faoliyatidan talabaning faol o‟rganish faoliyatiga” qaratish bo‟lg‟usi mutaxassislarda pedagoglik kasbga ijodiy munosabatni shakllantirish jarayonidagi boshlang‟ich asos sanaladi. Shunga binoan, tajriba-sinov ishlari quyidagi yo‟nalishda amalga oshirildi:
Respondent talabalarda pedagogik kasbga ijodiy munosabatining mavjud holatini aniqlash.
Bo‟lajak o‟qituvchilarning pedagogik kasbga ijodiy munosabatda bo‟lishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash va amalga tatbiq etish.
Tajriba-sinov ishlari jarayonida metodika tarkibidagi bloklar talabalarning xususiy yo‟nalishdagi pedagoglik kasbiga ijodiy munosabatni shakllantirish darajasini aniqlashga yordam beruvchi alohida mezon sifatida qabul qilindi, ya‟ni:
Oliy ta‟lim muassasasidagi ta‟lim muhiti, shart-sharoitiga moslashish;
Kasbiy faoliyatga motivatsion yo‟nalganlik, pedagogik faoliyatga intilish darajasi;
Kasbiy kompetentsiyalarni o‟zlashtirishga bo‟lgan faollik;
Kasbiy o‟zini anglash, faoliyat talablariga moslashish va ijodiy munosabatni shakllantirish.
Mazkur mezonlarning amaldagi mavjud holati quyi, o‟rta va yuqori darajalar misolida baholandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |