O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim



Download 346,57 Kb.
bet11/26
Sana02.01.2022
Hajmi346,57 Kb.
#307087
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
Bog'liq
bolajak oqituvchilarni pedagogik kasbga ijodiy munosabatni tarbiyalash (1)

Respondent o‘qituvchilarning ta'lim jarayonidagi ijodiy yondoshuv mohiyatini

tushunib yetishlari


Pedagoglar toifasi

Pedagogik

faoliyatda ijodiy yondoshuvning mohiyati


Javoblar soni foiz hisobida

5 yilgacha



15

yilgacha


Mohir o„qituvchilar

Mutaxassisligi bo‟yicha metodik o„tkirlik fanni o„rgatish texnologiyasini

bilishi

38,0

43,0

48,0


Qo„yilgan maqsadni, oydinlashtirilgan maqsadni va natijaning moslik darajasini

to„g'ri belgilash


17,0

15,0

11,0


Pedagogik faoliyat va vaziyatlarni

chuqur tahlil qilish



15,0

20,0

9,0

Pedagogik-psixologik bilimlarni to„g'ri

qo„llash


24 ,0

10,0

7,0

Dars loyihasini tuza bilish (Texnalogik

xarita tuza olishi)



5,0

9,0

11,0

O„quvchilarni har qanday holatda ham tushunish va ularning qalbiga yo„l topa

bilish

1,0

3,0

14, 0

1.3.5 -jadvalga asos bo„lgan manbalar har bir guruh pedagoglari tomonidan pedagogik faoliyatga ijodiy yondoshuv asoslarini va mohiyatini tushunishlarini ochib beradi.

Yosh o„qituvchilar pedagogik faoliyatga ijodiy yondoshuvning o„ziga xos xususiyatlarini pedagogik faoliyat qay darajada metodik ta'minlanganligi, psixologik-pedagogik bilimlarning to„g'ri qo„llanishida deb biladilar.

Tajribali o„qituvchilar esa pedagogik faoliyatga ijodiy yondoshuvning ahamiyatini, metodik ta'minlanganlik bilan birga pedagogik holatlarni chuqur tahlil qilish orqali tushunib yetish mumkinligini ta'kidlaydilar.

Pedagogik faoliyatida ijodiy yondoshuv asosida ishlaydigan mohir o„qituvchilar uchun metodik ta'minlanganlik asosiy o„rinni egallaydi va
ta'lim texnologiyasini bilish, o„quvchilar bilan ma'naviy bog'lanish, ularning yuragiga yo„l topa bilish, ichki dunyosiga kira bilishning ahamiyati yuqori baholangan.

1.3.5-jadval tahlili shuni ko„rsatdiki, pedagogik faoliyatga ijodiy yondoshuv mahoratini turli toifa o„qituvchilari turlicha tushunadilar. Lekin ulardagi umumiy jihatlardan biri, metodik mahorat va bilimlarning chuqur o„zlashtirilganligining uyg'unlashganligidadir.

Demak, ularning kasbiy mahoratini rivojlantirish uchun to„plangan bilimlar manbalari ham bir-biridan farq qiladi.

Shundan keyin biz bo‟lajak o„qituvchilarning pedagogik faoliyatga ijodiy yondoshuv faolligi omillarini o„rganishga kirishdik.

Birinchi navbatda biz samarali pedagogik faoliyatning sabablarini aniqlashga harakat qildik. Biz aniqlashga muvaffaq bo„lgan ma'lumotlar 1.3.6-jadvalda berilgan.

1.3.6-jadval yakunidan o„qituvchilarning faoliyatidagi muvaffaqiyat sabablarini turlicha ko„rsatib o„tganliklarini ko„rish mumkin. Ular qanchalik pedagogik faoliyat omillariga taalluqli bo„lsa, shuncha moddiy, tabiiy, bo„sh vaqtning ko„pligi, hamkasblar, ota-onalar va o„quvchilar bilan munosabat kabilarga ham tegishli.

1.3.1-rasm O„qituvchilarning fikricha pedagogik faoliyatdagi muvaffaqiyat omillari.


Olingan ma'lumotlardan shuni tushunib olish mumkinki, bo‟lajak o„qituvchi o„zini tiklab olishi uchun ilg'or pedagogik texnologiyani bilishi, yuzaga kelgan muammolarni ijodiy yondoshuv asosida hal eta olishi, ota-onalarning yordamiga muhtoj bo„lish bilan birga, o„quv yurtida olgan bilimlariga murojaat qilishi, yangi axborot manbalarini izlab topishi lozim va h.k.

Tahlillardan shu narsa ma'lum bo„ldiki, o‟qituvchilar faoliyatidagi muvaffaqiyatlarni baholashda, o„qituvchilar malakalarining oshishi juda jiddiy o„zgarishlarga olib keladi. O„qituvchilar o„z javoblarida ta'lim jarayoniga ijodiy yondoshuv va darslarga chuqur tayyorgarlikdan o„tish orqali yangi ilmiy va amaliy axborotlar to„plashni birinchi o„ringa qo„yadilar.

Mohir o„qituvchilarda bir qadar boshqacha holat kuzatiladi. Ular muvaffaqiyatga olib keladigan sabablar deb: ilg'or pedagogik texnologiyani bilish, o„z ustida muntazam ishlash, pedagogik faoliyat jarayonida yuzaga kelgan muammolarga ijodiy munosabatda yondashish va tadqiqotchilik ishlarini hisoblaydilar.

Moddiy rag'batlantirishga yuqori darajada qiziqmaydilar va ularning bo„sh vaqti ham uncha ko„p emas. Bu tushunarli hol. Mohir o„qituvchi uchun pedagogik faoliyat hamma narsadan ustun turadi, uning hayot mazmunini tashkil kiladi. Shuning uchun u o„z sevgan kasbiga hech qanday rag'batlantirishni kutmasdan, bor kuch-g'ayratini, bo„sh vaqtini sarf qilishga tayyor. Shunga ko„ra ular birinchi navbatda pedagogik mahorat asoslaridan biri bo„lgan pedagogik texnologiyani bilishni asosiy o„ringa qo„yadilar. Bunga erishish uchun o„qituvchilardan muntazam o„z ustida ishlash talab qilinadi.

Umuman muayyan toifadagi o„qituvchilar pedagogik faoliyatlari shakllanishining o„ziga xos asoslari va yo„nalishlarini ko„rsatib berdi. Yosh o„qituvchilar mahoratining rivojlanishida boshqalar, hamkasblari va ota-onalar bilan aloqa, o„zining pedagogik-texnologik bilimlarini boyitish manba bo„lib xizmat qiladi. Tajribali o„qituvchilar mahoratining shakllanish omillari - bu, ular kelajakda aloqada bo„ladigan pedagogika fani yutuqlari doirasidagi kadrlarni qayta tayyorlashning tashkilotchilik shakllari bo„lib hisoblanadi. Mohir o„qituvchilar rivojlanishining asosiy manbasi zamirida o„z ustida ishlash va pedagogik texnologiyani chuqur egallashning yangi shakllarini izlash jarayoni yotadi.

Mohir o„qituvchilar pedagogik faoliyatini ijodiy yondoshuv asosida tashkil etishning o„ziga xos xususiyatlarini o„rganish esa quyidagi natijalarni berdi:


  1. tajribali o„qituvchilarning metodik mahoratini taqqoslash;

  2. pedagogik holatlarni zukkolik bilan tahlil qila olish;

  1. pedagogik texnologiyani qo„llashdagi o„ziga xoslik.

Shu nuqtai nazardan biz pedagogik faoliyatga ijodiy, texnologik yondoshuvning mohiyati, uning rivojlanish manbalari, sabablari, ijodiy yondoshuvga yordam beruvchi yoki to„sqinlik qiluvchi omillarini tushunib yetishdagi farqni aniqladik.

Tajribali o„qituvchilar bilan anchagina ish tajribasiga ega bo„lgan va bu borada yuqori ko„rsatkichlarga erishgan o„qituvchilarni taqqoslab ko„rish natijasida ular orasidagi farqni, ularning qaysilarida pedagogik mahorat yuqoriligini aniqlash orqali mohir o„qituvchi nomiga musharraf bo„lgan pedagoglar ishining o„ziga xos xususiyatlarini chuqur tahlil qilishga imkoniyat yaratildi va biz bo‟lajak o‟qituvchilarni pedagoglik kasbiga ijodiy munosabatni shakllantirishda mahoratli o‟qituvchilarning ijodiy faoliyatlaridagi yutuqlarini mutaxassislik fanlarida labaratoriya mashg‟ulotlarida,amaliy mashg‟ulotlarda,seminar mashg‟ulotlarida qo‟lladik.

Reja va dars o„tilishining tahlili, yangi materialning muammoliligi, o„quvchilarning ishga jalb qilinishi, pedagogik texnologiyadan mohirona foydalana olishi, uning qay darajada faolligi, yangi axborotni o„zlashtirib olinishi, olingan bilimlarni mustahkamlashning shakl va turlari, darsda texnik vositalarning qo„llanilishi va boshqa bir qancha holatlar, tajribali o„qituvchi va mohir o„qituvchi orasida deyarli farq yo„q ekanligini ko„rsatib berdi. Ularning har birida ham o„z fanini yuksak mahorat bilan egallaganliklari, metodik mahorati, ishining puxtaligi, chuqur mantiqiyligini ta'kidlab o„tish lozim. Taqqoslangan guruhlarning pedagogik vaziyatlarni qanday tahlil qila olish qobiliyatlari orasida bir qadar farq borligini aniqladik. Tajribali o„qituvchilar va mohir o„qituvchilar belgilangan bilimlarni teng o„zlashtira olishlarini ta'kidlab o„tish lozim.

Umuman olganda, kuzatishlarimiz natijasida tajribali o„qituvchilar va mohir o„qituvchilar faoliyatidagi asosiy farq ularning pedagogik vaziyatlarni yuqori darajada tahlil qilishlari va uni o„z faoliyatlari bilan taqqoslay bilishlari, o„z ishlarini tanqidiy baholay bilishlarida deb bildik.

Bunda ularning birida pedagogik tahlil yo„nalishlari turlicha bo„lsa, ikkinchilarida esa bir xilligi kuzatiladi.

Olingan natijalar o„qituvchining ta'lim jarayonini ijodiy yondoshuv asosida tashkil etishi ko„p jihatdan uning o„ziga bog'liqligi, bilimi, pedagogik

xususiyatlarini yaxshi bilishi va o„qituvchi shaxsining ta'limni ijtimoiy yondoshuv asosida tashkil etishga yo„naltirilganligiga taalluqli ekanligidan dalolat berib turibdi.

IBOB BO‟YICHA XULOSALAR



    1. Globallashuv jarayonlarining muhim xususiyatlaridan biri bu zamonaviy ta‟lim yo‟nalishlari asosida bo‟lajak o‟qituvchilarni pedagogik kasbga ijodiy faoliyat tizimi sifat darajasini oshirish va rivojlantirish bilan belgilanadi.

Bunda bo‟lajak o‟qituvchilarningpedagogik kasbga ijodiy munosabatini shakllantirish mazmunini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

    1. Oliy ta‟lim muassasalaridagi ta‟lim-tarbiya jarayonini ijtimoiy talablar, demokratik tamoyillar,shuningdek ishlab chiqarishning mutaxassis shaxsiga qo‟yayotgan malakaviy talablaridan kelib chiqib modernizatsiyalash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

    2. Bo‟lajak o‟qituvchilarni pedagogik kasbga ijodkorlikni shakllantirishda ularning shaxsiy yo‟nalganligi va kasbiy motivatsiyasi etakchi ijtimoiy- psixologik omillardan biri bo‟lib, mazkur jihatlar ta‟lim oluvchilarning tanlangan faoliyat sohasiga ijodiy munosabat jarayonini jadallashtiradi.

    3. Bo‟lajak o‟qituvchilarni pedagogik kasbga ijodiy munosabatni shakllantirishda kasbiy bilim, ko‟nikma, malakalar va zaruriy kasbiy sifatlarning qaror topishi asosida kechadi. Bu esa, o‟quv rejasidagi yuklamalar taqsimotida mutaxassilik fanlarining ulushini oshirish zaruratini asoslab beradi.

    4. Pedagogik amaliyot ishlarini tizimli yo‟lga qo‟yish va uning uslubiy ta‟minotini yaratish kasbiy moslashtirish jarayonidagi muhim tashkiliy-metodik shart-sharoitlardan biri bo‟lib hisoblanadi.

    5. Mavjud holatni o‟rganish va tahlil etish natijasida bo‟lajak o‟qituvchilarni pedagogik kasbga ijodiy faoliyatida innovatsion o‟qitish texnologiyalarining imkoniyatlaridan maqsadli foydalanishga amaliy yondashuvning zaruratianiqlandi.


  1. Download 346,57 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish