TASHKILOTNING MULKI VA MABLAG‘LARI.
Tashkilot o‘z a’zolarining mafaatlarini hisobga olgan holda mazkur nizomda
ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirish uchun binolar, inshootlar, turar-joy
maskanlariga, o‘quv-tarbiya va ish jarayonining samaradorligini keskin ko‘tarishga
hizmat etuvchi avto ulov jixoz va qurilmalarga pul mablag‘lari turli qimmatli
qog‘ozlarga va boshqa mulkka ega bo‘lishi mumkin. Korxonalar xo‘jalik
tashkilotlari nashriyot va bosmaxonalar o‘quv sport inshootlari “Vatanparvar”
saroylari loyiha-texnologik va boshqa tashkilotlar ham uning mulki bo‘lishi
mumkin.
Tashkilotning mulki yagona va bo‘linmasdir. Unga egalik qilish sotish va sotib
olish foydalanish va tasarruf etish tartibi Markaziy kengash tomonidan belgilanadi.
Tashkilot o‘zining markaziy kengashi timsolida amaldagi qonunlarga muvofiq
tashkilotning mablag‘lari barcha turdagi faoliyatlaridan olinadigan tushum davlat
va jamoat tashkilotlaridan shuningdek chet el sarmoyadorlaridan tushgan hamda
fuqarolar tomonidan ixtiyoriy ravishda hadya etilgan mablag‘lar hisobiga
yaratilgan mulkning tegishli qismiga egalik qilish foydalanish va tasarruf etish
huquqiga ega.
Tashkilot mablag‘lari kirish va a’zolik badallari mazkur Nizomni tegishli
bandlariga belgilangan hamda qonunlarda man etilmagan boshqa faoliyatlar va
shuningdek qimmatli qog‘ozlarni latareya va hayriya kansertlarini tashkil etish turli
xil boshqa tadbirlar evaziga tushgan mablag‘lar hisobiga shakllantiradi. Korxonalar
shu jumladan hissadorlik asosida tuzilgan korxonalar va tashkilotlarning ishlab
chiqarish–moliyaviy faoliyati natijasida olinadigan foyda tashkilot a’zolari
o‘rtasida taqsimlanishi mumkin emas. Foyda Nizomda ko‘zga tutilgan vazifalar
manfaati uchungina sarflanadi.
Tashkilot a’zolari quyidagi miqdorda a’zolik badallarini to‘laydilar:
-a’zo bo‘lib kirish badali-eng kam ish haqqining bir foizi va a’zolik
guvoxnomasining narxi miqdorida;
-yillik badal-eng kam ish haqqining bir foizi miqdorida
Boshlang‘ich tashkilotlar umumiy majlisning qarori bilan a’zolik badallari
miqdorini mustaqil ravishda belgilashlari mumkin.Lekin bu miqdor mazkur
Nizomda ko‘zda tutilganidan kam bo‘lmasligi kerak.
Jamoaviy a’zolik badali miqdorini va undan tuman kengashiga o‘tkaziladigan
qismini tegishli kengash bilan kelishilgan holda jamoaviy a’zolik boshlang‘ich
tashkiloti belgilaydi.
Badallar Nizomda belgilangan maqsad va vazifalarni bajarishga yo‘naltiriladi.
Tashkilot klublari a’zolarining kirish va a’zolik badallari miqdori klubning
umumiy majlisida hal qilinadi.
Tashkilot mablag‘lari belgilangan tartibda tasdiqlanadigan moliyaviy rejalar
(smetalar) asosida ommaviy-vatanparvarlik tadbirlariga binolar vam inshootlar
qurilishi ularni jixozlash zarur texnik buyumlarni sotib olish ulardan foydalanish
va tamirlash ishlariga kengashlar va tashkilotlar xodimlarini mehnat haqlari bilan
ta’minlashga shuningdek tashkilot xodimlarining ijtimoiy maishiy sharoitlarini
yaxshilash tashkilot faollari va vatanparvarlik tarbiyasiga ulkan hissa qo‘shgan
turli soxa ijodkorlarini mukofotlash hamda mazkur Nizom va amaldagi qonunlarda
ko‘zda tutilgan boshqa tadbirlarga sarflanadi.
Tashkilotning rivojlantirishning maqsadli dasturlarini mablag‘ bilan taminlash
imkoniyatlarini vujudga keltirish mazkur mablag‘larini oqilona sarflash maqsadida
tegishli kengashlarning qarorlari asosida maxsus markazlashtirilgan jamg‘armalar
va zaxiralar yaratilishi mumkin dasturlar harajatlari smetasini kengashlar
tasdiqlaydi.
Tashkilot turli davlat jamovt va nodavlat tashkilotlari tomonidan ajratilgan mulkga
ega bo‘lishi mumkin mazkur mulkdan foydalanish idora qilish va qaytarib olish
tartibi uning egalari bilan kelishilgan tartibda tuzilgan shartnomalarda belgilanadi.
Tashkilot Markazi kengashi mazkur mulkning tasarruf etish asrash va
aniq maqsadlar bo‘yicha istefoda etishni o‘z zimmasiga oladi hamda mulk egalari
oldida shartnoma asosida hisobot beriladi.
Tashkilot tarkibidan chiqish bo‘linish yohud tashkilotning o‘zini tarqatib yuborish
vaqtidagi mulki va moliyaviy muammolarni tartibga solish shartlari amaldagi
qonunchilik asosida Markaziy kengash tomonidan belgilanadi.
1-ilovaga qaraymiz
Do'stlaringiz bilan baham: |