II-BOB ASOSIY VOSITALAR KIRIMINING HISOBI
2.1 «O’ZBEKISTON MUDODAASIGA KUMAKLASHUVCHI
“VATANPARVAR”»TASHKILOTI FOALIYATINING UMUMIY
TAVSIFI
O‘zbekiston mudofasiga kumaklashuvchi “vatanparvar ” tashkiloti 1990-
yilning
18-mayda tashkil topgan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Vatanni himoya qilish haqidagi
g‘oyalarini targ‘ib qilishni “Vatanparvar” tashkiloti o‘zining asosiy burchi, deb
hisoblaydi.
O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti o‘z
faoliyatini quyidagi tamoyillar asosida tashkil etadi va amalga oshiradi:
a)barcha tashkilotlarning ishida jamoaviylik,qarorlar qabul qilishda ko‘pchilik
fikriga tayanish va topshirilgan ish uchun har bir a’zosining shaxsiy javobgarligi;
b)hamma rahbar bo‘g‘inlarning quyidan yuqorigacha saylanishi;
v)yuqori tashkilotlar qarorlarining,agar bu qarorlar ularning huquqlari doirasida
qabul qilingan bo‘lsa,quyi tashkilotlar uchun majburiyligi;
g)saylab qo‘yiladigan barcha bosqich boshqaruvlari ishida to‘la oshkoralik,o‘z
tashkilotlari oldida davriy ravishda hisobot berish va o‘z faoliyati haqida yuqori
tashkilotlarga axborot berish;
d)tashkilot har bir tashkilot a’zosining shaxsiy fikrini inobatga olish, uning qadr-
qimmati, shuningdek, ko‘pchilik va ozchilik huquqlarini hurmat qilish, zarurat
tug‘ilganda erkin munozaralar olib borish.
Tashkilot zimmasiga olgan asosiy vazifalarni bajarish uchun o‘z faoliyatini
quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiradi:
a) Teran milliy ma’naviyat hamda umuminsoniy qadriyatlar vositasida yoshlar
ongida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish, ularni har tomonlama
barkamol va vatanparvar inson sifatida tarbiyalash bo‘yicha keng ko‘lamli tadbirlar
majmuasini amalga oshiradi;
b)manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda keng xalq ommasi,
xususan yoshlarni vatanparvarlik va baynalmillalchilik,shuningdek, diniy
aqidaparastlikka,ekstremizmga va terorizmga qarshi kurash ruhida tarbiyalashda
ishtirok etadi;
v) Tashkilotning o‘quv muassasalarida Davlat buyurtmasi sifatida Qurolli Kuchlar
ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan miqdorda texnik mutaxasislar tayyorlashni yo‘lga
qo‘yadi;
g)favqulotda holatlar va harbiy harakatlar oqibatida jabr ko‘rganlarga yordam
berishda ishtirok etadi;
d)aholiga pulli yohud manfaatli xizmatlar ko‘rsatsatadi va harbiy-amaliy
ahamiyatga ega bo‘lgan ommaviy kasbdagi hodimlarni tayyorlashni tashkil etadi;
e)amaldagi qonunlarda ko‘zda tutilgan tartibda o‘quv,o‘quv-uslubiy, sport-texnik
hamda sport tashkilotlari (majmualar, markazlar, maktablar, klublar, xonalar,
kurslar) tuzadi; ishlab chiqarish, transport, qurilish-ta’mirlash korxonalari,
ma’naviyat maskanlari, nashriyot va bosmaxonalar, latareyalar,xayriya konsertlari
tashil etadi; ta’minot tashkilotlari, “Vatanparvar” saroylari, kommunal korxonalar,
mehmonxonalar,
yotoqxonalar,xo‘jalik
hisobidagi
muassasalar,
shuningdek,yoshlar
va
voyaga
yetmaganlarning
vatanparvarlik
klublari,
havaskorlik birlashmalari, aholining qiziquviga qarab klublar,sport inshootlari
(tirlar, otish joylari,minoralar,o‘yingohlar,suv havzalari, markazlar, majmualar,
omborxonalar,mashq
yo‘nalishlari,
avtodromlar,
motodromlar,kordodromlar,kartodromlar va xokazolar) barpo etadi (ochadi), qayta
tashkil etadi, lozim bo‘lganda belgilangan tartibda ularning faoliyatini to‘xtatadi.
Mazkur muassasalarning ish tartibi va o‘zaro bo‘ysunuvini belgilaydi.Yangi
ish joylarini barpo etish va nizomda tutilgan vazifalarni bajarish maqsadida
tashkilot qaramog‘ida kichik, qo‘shma korxonalar, hissadorlik jamiyatlari, firmalar
hamda boshqa korxonalar tuzish uchun imkoniyat yaratib beradi, respublika
qonunlariga zid bo‘lmagan faoliyat turlarini amalga oshiradi, olingan foydani
tashkilotning asosiy maqsadini bajarilishiga yo‘naltiradi, ularning amliy faoliyati
uchun zarur yordamni beradi;
j)tashkilot tuzilmasining xodimlar shtat jadvalidagi ish joylariga xodimlarni tanlab
oladi,o‘qitadi,malakasini oshiradi va tarbiyalaydi,lozim bo‘lgan taqdirda bu ishga
jamoatchilik faollarini ham jalb etadi.
Mehnatda o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni moddiy rag‘batlantiradi, Davlat
mukofotlari,faxriy unvonlar va yorliqlarga taqdim etadi;
z)sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirishni muvofiqlashtiradi, unga
rahbarlik qiladi, mazkur turlar bo‘yicha xalqaro musobaqalarda va Olimpiada
O‘yinlarida qatnashadi.O‘ziga bo‘ysungan sport federatsiyalari, sport klublari,
sho‘’balari, sportning mazkur turlari bo‘yicha jamoalar ishini tashkil etadi; sport
musobaqalari, ko‘rgazmalar, tanlovlar hamda boshqa ommaviy-vatanparvarlik
tadbirlarini o‘tkazadi, sportning shu turlari bo‘yicha o‘rnatilgan sport rekordlari
hamda yutuqlarini qayd etadi va tasdiqlaydi; jaxon rekordlarini qayd etilishi uchun
Jahon sport federatsiyalariga nomzodlar bo‘yicha tegishli ma’lumotlar va hujjatlar
taqdim etadi;
i)ommaviy-vatanparvarlik ishlarini yaxshilashga qaratilgan konstruktorlik,
ixtirochilik, takomillashtiruvchilik faoliyatini rivojlantiradi, uning a’zolari orasida
ilmiy-texnikaviy yaratuvchilik ishlarini rivojlanishiga yordam beradi;
k)tashkiliy va ommaviy-vatanparvarlik ishlarining saviyasini yuqori ko‘tarish
maqsadida hokimliklar,davlat idoralari hamda jamoat birlashmalari bilan aloqa
o‘rnatadi,hamkorlikni mustahkamlaydi;
l)tashlilotning sport sohasidagi yutuqlari va vatanparvarlik tarbiyasi borasidagi
faoliyati haqida joylardagi va respublika ommaviy axborot vositalari orqali
targ‘ibot ishlarini olib boradi;
m)kengashlar va boshlang‘ich tashkilotlar bo‘yicha aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish
maqsadida pasportlashtirish tizimini joriy etadi;
n)harbiy-vatanparvarlik, texnik mutaxasislar tayyorlash, sport va tadbirkorlik
ishlarini yanada yuqori saviyaga ko‘tarish, bu sohada jonbozlik ko‘rsatganlarini
rag‘batlantirish maqsadida, o‘zi hamda manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda
turli tanlovlar o‘tkazadi, mukofotlar va sovrinlar ta’sis etadi;homiylik va xayriya
yordamlari ko‘rsatadi;
o)o‘quv muassasalari, sport-texnika tashkilotlari, korxonalar, inshootlar va
muassasalarni qayd etadi, ularga faoliyatning u yoki bu turi bilan shug‘ullanish
huquqini beradi;
p)xodimlarning malakasini oshirish va o‘quv-uslubiy faoliyatini yo‘lga qo‘yadi,
tinglovchilarga malaka oshirganliklari haqida tegishli hujjatlar beradi;
r)faoliyat manfaatlari nuqtai nazaridan huquqiy va jismoniy shaxslar bilan mol
ayriboshlashi shlarini amalga oshiradi, qimmatli qog‘ozlar bozorini tashkil etishda,
ishlab chiqarish masalalari bo‘yicha hissadorlik jamiyatlari tuzadi yoki tuzishda
qatnashadi.
3.Tashkilot tarkibiga ommaviy-vatanparvarlik va sport-texnik maqsadlarga
ega bo‘lgan boshqa jamoat birlashmalari va tashkilotlari ixtiyoriy ravishda
kirishlari mumkin.Mazkur tuzilmalarning faoliyati shartnomalar asosida amalga
oshiriladi va u mavjud qonunchilikka hamda mazkur nizomga zid bo‘lmasligi
lozim.
Qo‘shilish tashkilotning nomini o‘zgarishiga olib kelsa, yohud uning maqsad
mazmuniga putur yetkazilsa, bunday birlashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
4.Tashkilotning asosini o‘quv, o‘quv-uslubiy, sport-texnik, sport, boshlang‘ich
va boshqa tashkilotlar tashkil etadi.Boshlang‘ich tashkilotlar a’zolarning ish joyi,
o‘qish yoki yashash joylari bo‘yicha tashkil etiladi va hudud bo‘yicha
kengashlarga birlashtiriladi.Mazkur hududdagi tashkilot a’zolarini birlashtiruvchi
kengash, uning tarkibiga kiruvchi barcha bo‘g‘inlarga nisbatan yuqori raxbar
tashkilot hisoblanadi.
Bir ma’muriy hududda tuzilgan kengashning boshqa bir hududdagi
tashkilotlar ustidan rahbarlik qilish yohud boshqa shakldagi tashqi raxbarlikka
yo‘l qo‘ymaydi.
O‘quv
muassasalari,
o‘quv-uslubiy,sport-texnika,sport
va
boshqa
tashkilotlarning ish tartibi Markaziy kengash tomonidan tasdiqlangan tegishli
me’yoriy
hujjatlar
(nizom,qo‘llanma,yo‘riqnoma,
tavsiyanoma,qoida
va
xokazo)billan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |