Debet 0890 «Boshqa kapital qo‘yilmalar»
Kredit 6990 «Boshqa majburiyatlar»
Debet 0111-0190 «Asosiy vositalar hisobi schetlari»
Kredit 0890 «Boshqa kapital qo‘yilmalar»
Asosiy vositalarni ta’sis badali sifatida kirim qilinishi schet-faktura va
qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjatlar
asosida qo‘yidagi buxgalteriya yozuvi qilinadi:
Debet 0111-0190 «Asosiy vositalar hisobi schetlari»
Kredit 4610 «Ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha ta’sischilarning qarzlari»
Asosiy vositalarga O'zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy
andozalarida kursatilgan talablarga tula javob beradigan mexnat vositalari kiradi.
O'zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi-ning milliy andozalarida kursatilgan
talablarga javob bermaydigan mexnat vositalari kam baxoli va tez eskiruvchi
buyumlar tarkibida hisobga olinadi.
Asosiy vositalar tarkibiga kiritiladigan mexnat vositalari keyinchalik oylik
minimum ish haqining uzgarishidan kat’iy nazar asosiy vositalar tarkibida hisobga
olinadi.
Bundan tashkari asosiy vositalar tarkibini aniklashda va ularni hisobga
olishda kuyidagilarni hisobga olish zarur:
- agar ilgari asosiy vositalar tarkibida hisobga olingan, ammo kiymati kayta
kurib chikilgandan sung kam baxoli va tez eskiruvchi buyumlar tarkibiga olib
borilishi lozim bulgan mexnat vositalari, texnik harakteri buyicha (Masalan:
traktorlar, stanoklar, telivizorlar va boshkalar) asosiy vositalar bulgan va xalk
xujaligi tarmoklaridagi yagona amortizsiya ajratmalari kurinishida amortizatsiya
hisoblash kuzda tutilgan bulsa bunday mexnat vositalari ham asosiy vositalar
tarkibida hisobga olinishi zarur.
- agar ilgari asosiy vositalar tarkibida hisobga olingan lekin ish haqining
uzgargandan sung kam baxoli va tez eskiruvchi buyumlar katorida hisobga olinishi
zarur bulsada ular asosiy vositalar tarkibida hisobga olinadi.
Kuyidagilar asosiy vositalar buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari
hisoblanadi:
- asosiy vositalarning kirimini, korxonadagi harakati va hisobdan uchirish,
uz vaktida tegishli hujjatlarga asosan rasmiylashtirish va hisob registrlarida aks
ettirish;
- asosiy vositalarning eskirishini to'g'ri hisoblash va buxgalteriya hisobi
registrlarida aks ettirish;
- asosiy vositalar junatilganda moliyaviy natijalar to'g'risida anik
ma’lumotlar olishni ta’minlash;
- solik tulovlarni hisoblash uchun zarur bulgan ma’lumotlarni anik hisoblash
imkonini ta’minlash;
- asosiy vositalarni ta’mirlash harajatlari va ularning samarali foydalanishni
nazorat kilish;
- asosiy vositalar nakdligi va ularning harakatini to'g'risidagi statistik va
buxgaleriya hisoblarida talab kilingan ma’lumotlarni berish imkoniyatini yaratish
va x.k.
Yuqoridagi buxgalteriya hisobining vazifalarini bajarish uchun asosiy
vositalarni ilmiy asoslangan turkumlash shuningdek buxgalteriya hisobida
baxolash uchun esa koidalar zarur.
Korxonalarning asosiy vositalari tarkibiga kura har xil bulib va ma’lum
belgilari asosida turkumlanadi. Korxonalarda asosiy vositalarning yagona
namunaviy turkumlash kullaniladi. Unga kura ular tarmok belgilariga,
tayinlanishiga, turlariga, kaysi soxaga tegishli ekanligi va foydalanishiga kura
turkumlanadi.
Asosiy vositalarni tarmoq belgilariga qarab guruhlash (sanoat, kurilish,
savdo, kishlok xujaligi va boshqalar) har bir tarmoqqa tegishli asosiy
vositalarlarning kiymati to'g'risida ma’lumot olish imkonini beradi.
Tayinlanishiga kura korxonalarning asosiy vositalari asosiy ishlab
chiqarishdagi asosiy vositalar, boshka tarmoklardagi asosiy ishlab chikarish
vositalar va noishlab chikarishdagi asosiy vositalar.
Korxonalarning asosiy vositalari turlari buyicha kuyidagicha guruxlanadi:
- inshootlar; -uzatuvchi moslamalar; -mashina va asbob uskunalar; -transport
vositalari; -asbob uskunalar; - ishlab chikarish inventarlari va buyumlar; -xujalik
inventarlari; -ish va mahsuldor xayvonlar; -kup yillik daraxtlar; -yerlarni
yaxshilashga sarflangan kapital sarflar va boshka asosiy vositalar. Shuningdek
ijaraga olingan asosiy vositalarga sarflangan kapital kuyilmalar ham asosiy
vositalar tarkibida hisobga olinadi.
Asosiy vositalarni turlari buyicha turkumlashdan kuzlangan asosiy maksad
ularning analitik hisobini tashkil qilishdir.
Kimga tegishliligiga qarab asosiy vositalar uziga tegishli va ijaraga olingan
asosiy vositalarga bulinadi. Foydalanish belgilariga qarab esa asosiy vositalar
ekspluatatsiyadagi, rekonstruksiyadagi va kayta kurollantirishdagi asosiy
vositalarga bulinadi.
Asosiy vositalarning daslabki kiymati xukumatning maxsus karori buyicha
kayta baxolanganda uzgarishi mumkin. Shuningdek ularni dastlab kiymati texnik
jixatdan rekonstruksiya kilish va kayta kurish okibatida foydalanish, xizmat
kursatish muddati uzaysa ob’ektlarning ishlab chikarish kuvvati oshsa, ishlab
chikarishgan mahsulotlarning soni kupaysa yoki ishlab chikarish tannarxi pasaysa
ularning dastlabki kiymati kupayishi mumkin.
Asosiy vositalarning qoldiq qiymati ularning dastlabki kiymatidan eskirish
kiymatini ayirish yuli bilan aniklanadi.
Vakt utishi natijasida asosiy vositalarning dastlabki kiymati xuddi shunga
uxshash zamonaviy asosiy vositalarning kiymatidan farq kila boshlaydi. Ushbu
farqni tugatish uchun asosiy vositalarni ma’lum davrlarda kayta baxolash amalga
oshiriladi va ularning tiklash kiymati aniklanadi.
Tiklash kiymati deb asosiy vositalarni xozirgi sharoitda amal kilayotgan
baxoni hisobga olish, zamonaviy texnika va texenologiya bilan kurish yoki ishlab
chikarish tushuniladi.
Respublikamizda asosiy vositalar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar
Maxkamasining maxsus qaroriga kura 1995 yil 1 yanvarga oxirgi marta kayta
baxolandi.
Ushbu karorga kura korxonalarning balansidagi imoratlar, inshootlar,
uzatuvchi moslamalar, asbob uskunalar, transport vositalari va boshqa asosiy
fondlarning texnik xolatidan qat’iy nazar qayta baxolandi.
Asosiy vositalarning qayta baxolash ularning balans kiymatlarini
belgilangan koeffitsentlarga kupaytirish buyicha indeksatsiya kilish orkali amalga
oshirildi.
Asosiy vositalarning hisob birligi bulib aloxida inventar ob’ektlari
hisoblanadi. Inventar ob’ektlari deganda bitta funksiyani bajarishga muljallangan,
tula kurib bulingan yoki ishlab chikarilgan aloxida predmet yoki predmetlar
kompleksi tushiniladi.
Har bir inventar ob’ektiga aloxida inventar nomerlari belgilanadi va
foydalanish jarayonida, tugatish va kayta ta’mirlash jarayonida inventar nomerlari
saklanadi. Inventar nomerlari hisobga olinadigan predmetga biriktirib kuyiladi
vategishli hujjatlarda aks ettiriladi.
Murakkab inventar ob’ektlari u yoki bu inshootlar, aloxida elementlari
birligida bitta inventar ob’ektni tashkil kiluvchi har biriga ushbu inventar
ob’ektning nomeri yozib kuyiladi.
Tashkilotdan chikib ketayotgan asosiy vositalarning inventar nomerlari
yangi kelib tushgan asosiy vositalarga berilishi mumkin.
Ijaraga olingan asosiy vositalar ijaraga beruvchi inventar nomerlar buyicha
hisobga olinadi.
Asosiy vositalarning harakati ulaning kelib tushishi, chikib ketishi va
korxona ichidagi harakati bilan boglik bulgan xujalik jarayonlari ta’siri ostida sodir
bo‘ladi. Ushbu xujalik jarayonlari tegishli hisob hujjatlariga asosan
rasmiylashtiriladi.
Korxonaga kelib tushgan asosiy vositani korxona raxbari tomonidan
tayinlangan komissiya kabul kiladi. Komissiya kabul kilgan har bir ob’ekt uchun
aloxida bir nusxada asosiy vositalarni kabul kilish-topshirish dalolatnomasi (OS-1
shakl) tuziladi va uni korxona raxbari tasdiklaydi. Bir nechta ob’ekt uchun umumiy
dalolatnoma fakat ushbu ob’ektlarning hammasi yagona tipda bulsa va ularning
kiymati bir xil bulsa, shuningdek bir kunda bitta javobgar shaxs tomonidan kabul
kilinganda tuzish mumkin. Dalolatnomalarda ob’ektlarning nomi, kuril-gan yoki
zavoddan chikarilgan vakti, dastlabki kiymati, berilgan inventar nomeri,
foydalanish joyi va boshka zarur ma’lumotlar kursatiladi. Kabul kilingan ob’ektni
tavsiflovchi texnik hujjatlar dalolatnomaga ilova kilinadi. Asosiy vositalarning
kabul qilish-topshirish dalolatnomasi rasmiylashtirilgandan sung korxona
buxgalteriyasiga topshiriladi va ularga asosan buxgalteriyada asosiy vositalarning
inventar kartochkalarida tegishli yozuvlar amalga oshiriladi. Undan sung texnik
hujjatlar doimiy saklash uchun tegishli bulimlarga beriladi.
Asosiy vositalarning korxona ichidagi harakati yuk xatiga asosan (OS-2
shakl) rasmiylashtiriladi. Unda topshiruvchi va kabul kiluvchinig nasabi, ismi,
sharifi, lavozimi, asosiy vositalarning birinchisi ikkinchisiga berish sabablari va
asosi, ob’ektning kiskacha tavsifi, texnik xolati kursatiladi. Yuk xati ikki nusxada
tuziladi va topshiruvchi hamda qabul kiluvchi imzo chekadi. Yuk xatining bir
nusxasi korxona buxgalteriyasiga topshiriladi, ikkinchi nusxasi topshiruvchida
qoladi va u asosiy vositalarning inventar ruyxatidan chikishi to'g'risida belgini
quyish uchun asos bo‘ladi.
Kapital kuyilmalar hisobidan kurib bitkaziladigan ob’ektlarni kurish va
asbob uskunalar bilan jixozlash bilan boglik bulgan tugallangan ishlarni kabul
kilish, ta’mirlangan, rekonstruksiyalangan va kayta modernizatsiyalangan ob’ektni
kabul kilish topshirish dalolatnomasiga asosan (OS-3 shakli) rasmiylashtiriladi.
Dalolatnomada ob’ektning dastlabki kiymati va sodir bulgan texnik uzgarishlardan
sungi kiymati va boshka zarur texnik kursatkichlar aks ettiriladi. Ushbu ishlarni
korxonaning uzi amalga oshirsa akt bir nusxada agar boshka tashkilot amalga
oshirsa ikki nusxada tuziladi va dalolatnomani ob’ektni kabul kiluvchi va
topshiruvchilar uz imzolari bilan tasdiklaydi.
Asosiy vositalarlarning soni unchalik kup bulmagan korxonalarda ob’ektlar
buyicha hisob asosiy vositalarning inventar daftarida (№OS-11 shakl) yuritilishi
mumkin.
Daftarga
asosiy
vositalar
ularning
turkumlari
buyicha
va
foydalanilayotgan joylari buyicha yoziladi.
Buxgalteriyada ijaraga olingan asosiy vositalar buyicha inventar
kartochkalari ochilmaydi.Analitik hisobni tashkil kilish uchun esa ijaraga beruvchi
tamonidan berilgan asosiy vositalarning inventar kartochkasining kuchirmasidan
foydalaniladi.
Inventar kartochkalar tulgazilgandan sung maxsus ruyxatda kayd etiladi.
Kartochkalar ruyxatda turkumdagi guruxlari buyicha joylashtiriladi.
Inventar kartochkalardan tashkari asosiy vositalarning harakatini hisobga
olish kartochkasi ham yuritiladi. Unda korxona va uning bulimlari buyicha asosiy
vositalarning harakati mikdori va kiymati buyicha aks ettiriladi.
Asosiy vositalarning sintetik hisobi buxgalteriya hisobi schyotlar rejasidagi
kuyidagi schetlarda hisobga olinadi:
01 asosiy vositalar (aktiv schyot )
02 asosiy vositalarning eskirishi (passiv schyot )
Barcha turdagi asosiy vositalarning korxonadan chikib ketishi asosiy
vositalarning tugatilishi to'g'risidagi dalalotnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Fakatgina bundan yuk va yengil avtomobillar istesno. Ular avtotransport
vositalarini tugatish haqidagi dalolatnomaga binoan hisobdan chikariladi.
(№ OS-4a).
Asosiy
vositalarni
tugatilishi
to'g'risidagi
dalolatnomalarda
ularni
tugatishdan olingan materiallar ehtiyot kismlar va boshkalar, shuningdek tugatish
uchun kilingan harajatlar, boshlankgishlab chikarish kiymati, eskirish kiymati va
tugatish natijasi kursatiladi.
Shuni aytib o‘tish joizki, 5-sonli BHMSning 53 moddasiga binoan asosy
vositalar ob’ektlarining chiqib ketishidan ko‘rilgan moliyaviy natijani (foyda yoki
zararni) aniqlashda ilgari qayta baholangan asosiy vositalar ob’ektlarini
qo‘shimcha baholash summasi, mazkur asosiy vositalar ob’ektini ilgarigi
qo‘shimcha baholashlar summasining ilgarigi arzonlashtirishlar summasidan oshib
ketishi «Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» hisobvarag‘i bo‘yicha
zahira sar-moyasini bir yo‘la kamaytirish bilan asosiy vositalarning chiqib
ketishidan olingan daromad tarkibiga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |