O`zboshimchalik qilmang!
Radikulit kasalligining kechishi turlicha bo`ladi. Ayrim hollarda u uch-to`rt kun ichida o`z-o`zidan o`tib ketadi. Bu o`tkir holat deyilib, keyinchalik qayta qo`zg’ashi ham mumkin. Ko`p hollarda esa radikulit uzoqroq davom etadi. Bu vaqtda e`tiborsizlik qilinsa, oyoq falajlanadi, bora-bora kishi nogiron bo`lib qolishi mumkin. Umuman, radikulit bilan og’rigan bemorni nevropatolog shifokor davolaydi, avvalo, kasallikni keltirib chiqargan sabablarni aniqlash lozim. SHundan so`ng og’riqni kamaytiruvchi dorilar beriladi, shuning barobarida fizioterapevtik muolajalar, davo gimnastikasi, umurtqa oralig’ini kengaytirish (umurtqalararo disk faoliyatini tiklash), sanatoriylarda davolanish tavsiya etiladi.
O`zbilarmonlik bilan belga issiq qilish, og’riq qoldiruvchi dorilar ichish fa- qat vaqtincha naf berishi mumkin. Agar bemor qunt bilan davolansa, butunlay tuzalib ketadi. Surunkali radikulit va uning vaqti-vaqti bilan zo`rayishining oldini olishda davo gimnastikasi, fizkul’tura va egiluvchanlik mashqlari bilan shug’ullanish muhim ahamiyatga ega.
SPORT – SKOLIOZ DAVOSI
Mutaxassislarning ta`kidlashicha, bolalar o`rtasida uchrab turadigan shunday xastaliklar borki, ularni davolash uchun faqat sport bilan shug’ullanish tavsiya etiladi. Skolioz – ana shunday xastaliklardan biri.
Skolioz odamning umurtqa pog’onasi faoliyati va rivojlanishi bilan bog’liq. Insonning umurtqa pog’onasi gavdaning muvozanatini ushlab turuvchi muhim ustundir. Skolioz xastaligi tufayli esa umurtqa pog’onasi mo`rtlashib, qiyshaya boshlaydi. SHu bois umurtqa pog’onasi ayni rivojlanish pallasida bo`lgan bolalarni ushbu kasallikdan asrash, profilaktika qilish, o`z vaqtida davolash muxim axamiyatga ega.
Umurtqa pog’onasining qiyshayishi oqibatida yurak, o`pka kabi ichki a`zolar faoliyatiga jiddiy tahdid tug’iladi. Bunday kasallikka chalingan bola o`sib- rivojlanishdan ortda qoladi. Agar kasallikning birinchi bosqichlaridayoqsuzish, turli jismoniy mashqlar, badantarbiya mashg’ulotlariga jalb etilsa, ularning kun tartibi ortopedik rejimga va sog’lom turmush tarzi talablariga mos tashkil etilsa, bolaning mushak va pay tizimi yaxshi rivojlanadi. Bunday mashg’ulotlar bajarilayotgan paytda umurtqa kuch-quvvat oladi. Bu bemorni sog’lomlashtirish va nogironlikning oldini olishda muhim omil bo`ladi.
Taxta to`shakka muhtoj dard
Mening farzandimga skolioz deb tashhis qo`yishdi. eshitishimcha, bu kasallikni davolash juda qiyin ekan. Farzandimning gavdasi bir umrga qiyshayib qolmaydimi? Bu kasallikni qanday davolash mumkin?
Skolioz – umurtqa pog’onasining yon tomonlarga qiyshayishi bilan kechuvchi kasallik bo`lib, odatda tug’ma yoxud hayot jarayonida orttiriladi. Hayotda orttirilgan skolioz bolalikdagi raxit, bel mushaklari paralichi va turli shikastlar natijasi o`laroq yuzaga keladi. Bu dard bir yoshdan o`n olti yoshgacha bo`lgan bolalar orasida ko`proq uchrashi kuzatiladi.
Kasallikning uch bosqichi tafovut qilinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |