Bo`yin radikuliti ko`pincha umurtqaning bo`yin sohasi umurtqalararo disk churrasi asorati hisoblanadi. Kasallikning sababi orqa miya nerv ildizlarining qisilishi bilan bog’liq. Masalan, umurtqa tanalarining yoshga oid o`zgarishlari tufayli ular orasidagi masofa qisqaradi. YOki kasallik nerv yaqinida joylashgan mushaklarning yallig’lanishi tufayli rivojlanadi.
O`tkir bel-dumg’aza radikuliti (lyumbago, bel sanchig’i) faqat keksalarda uchramaydi. Bel sohasida to`satdan paydo bo`lgan kuchli og’riq odatda yon tomonga aylanish bilan bir vaqtda oldinga egilganda sodir bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |