Bel nega og’riydi?
Belingiz og’riyapti, orqangiz tortilib qolganday, umurtqangiz sanchib qoldi… Bunday noxush hisni qay birimiz boshimizdan kechirmaganmiz?! Boz ustiga, ular ayni noqulay damda paydo bo`ladi. Sabablari juda ko`p, lekin ko`pincha beldagi og’riq umurtqa ishidagi navbatdagi buzilishlar bilan bog’liq bo`ladi.
Umurtqalaro disk churrasi beldagi azobli og’riqqa sabab bo`lishi mumkin. Kasallik umurtqalararo diskning tolasimon halqasi yorilishi natijasida paydo bo`ladi. Bunda hosil bo`lgan churra orqaga va yonga do`ppayib chiqib, orqa miya kanalidan chiquvchi nerv ildizlarini ezib qo`yadi. YAllig’lanish boshlangandan so`ng shish hosil bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |