O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim


Umurtqa pog’onasidagi muammolar



Download 1,7 Mb.
bet130/261
Sana06.09.2021
Hajmi1,7 Mb.
#166904
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   261
Bog'liq
jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari

Umurtqa pog’onasidagi muammolar...


Qaddi qomatning o`zgarishi va umurtqa pog’onasi kasalliklari – umurtqaning siljishi, disk protruziyasi, umurtqalararo churra – etarlicha ko`p uchraydigan, lekin davolasa bo`ladigan xastaliklardir. Bu maqolada umurtqa kasalliklari, ularning sababi va simptomlari haqida qisqacha ma`lumot beramiz.Umurtqa – inson tanasini ushlab turadigan asosdir. Ammo u xuddi prujinadek juda harakatchan, bu esa bizga faol harakatlanish, tana vaziyatini o`zgartirish kabi imkoniyatlarni beradi. Umurtqa pog’onasi faoliyatining buzilishi (masalan, qad-qomatning o`zgarishi, umurtqalarning siljishi) disk protruziyasi, umurtqalararo churra, ostexonroz, radikulit kabi jiddiy kasalliklarga sabab bo`lishi mumkin.

Umurtqa pog’onasi turli xil yo`nalishlarda harakatlanishi mumkin. SHu harakatlanish buzilishi qiyinlashsa, umurtqaning turli xil kasalliklari kelib chiqadi. Bularni oldini olish mumkin. Qadd-qomatingizdagi o`zgarishlarga yo`l qo`ymay, vaqtida umurtqadagi og’riqqa e`tiborliroq bo`lib, jismoniy faol va sog’lom hayot tarzi kechirishga odatlaning.

Sog’lom umurtqa 4 egrilikka ega, ular lordozlar (oldinga egilish) va kifozlar (orkaga egilish) deb nomlanadi. Umurtqaning bunday xususiyatlari bizga vertikal vaziyatda bo`lishimizni, ko`krak qafasining oldinga chiqib turishi va oyoqlarni esa to`g’ri hamda mustahkam turishiga imkoniyat yaratadi. Kifoz va lordozlar tufayli organizm juda katta zo`riqishlarga bardosh bera oladi.

Umurtqa pog’onasida asosiy funktsiyani umurtqalar bajaradi, odatda ular 32 tadan 34 tagacha bo`ladi. Ulardan 7 tasi bo`yin, 12 tasi ko`krak, 5 ta bel, 5 ta dumgaza va 3-5 dum umurtqalaridir. Ular turli xil shakl va o`lchamga ega, ammo hammasida tanacha, yoy, bo`g’im, ko`ndalang, o`qli o`simtalalari va umurtqa teshigi bor. Umurtqalar o`zaro tog’ay va boylamlar birikkan. Hamma umurtqalar birikib orqa miya kanalini hosil qiladi. Unda bosh miyaga asab oxirlari orqali informatsiyani o`tkazib beradigan orqa miya joylashgan. Bo`yin umurtqalarining ko`ndalang o`simtalari teshikchalaridan umurtqa arteriyasi o`tadi, o`qli o`simtalar orasida esa mushak va boylamlar joylashgan.

Bundan tashqari umurtqaning normal faoliyatida tog’ay va umurtqaaro disklarining ahamiyati katta. Ularning faoliyatining buzilishi umurtqalararo churra kasalligi hisobiga kelib chiqadi. Umurtqaaro tog’aylar o`zak va o`zakni o`rab turuvchi tolali xalqadan (fibroz xalqa) iborat. Disk o`rtasida jelesimon moddadan iborat va ikki tomoni qavariq shaklli pul’poz o`zak mavjud. Katta yoshdagi odamlarda umurtqaaro disklarda qon tomir bo`lmaydi va moda almashinuvi diffuziya orqali kechadi. elastik o`zak amortizatsiya vazifasini bajaradi. Organizmning qarishi natijasida umurtqaaro disklar o`z xususiyatini yo`qotadi va modda almashinuvi qiyinlashadi.

Umurtqaaro diskdagi fibroz xalqa umurtqalarning bir biriga zich joylashishini va ularning harakatlanishini ta`minlaydi. Bundan tashqari ular katta zo`riqishni ko`taradi: ya`ni 30 kg (tik turganda) dan 66 kg (qo`llar oldinga uzatilganda) gacha.

Inson qo`llarini tushirib tik turgan holatida pastki bel diskiga 30 kg li zo`riqish to`g’ri keladi. Agar qo`llarini oldinga uzatsa zo`riqish ham ko`payadi.

Tasavvur qiling, odam biror yuk ko`tarsa diskqa bo`lgan bosim bir necha marta oshadi. Ammo sog’lom umurtqa pog’onasi bularning hammasiga bardosh bera oladi. Umurtqa mushak va boylamlari tanani vertikal holatda ushlab turadi.

Umurtqaning normal faoliyati mushak va boylamlarning chidamligiga va quvvatiga bog’lik. Bu mushaklar va boylamlar naqadar kuchli va chidamli bo`lsa, shunchalik umurtqa pog’onasi kasalliklari kam uchraydi. SHu sababli bu kasalliklarni oldini olish uchun umurtqa mushaklari va boylamlarini jismoniy mashqlar bilan quvvatlantirish lozim.

Hozirgi kunda samarali va xavfsiz og’riq qoldiruvchi vositalar sifatida nosteroid yallig’lanishga qarshi dori vositalari shifokorlar amaliyotida etakchi o`rin egallab, bu dorilar yallig’lanishga qarshi va ayni paytda og’riq qoldiruvchi ta`sirga egadirlar.Og’riq ayniqsa kuchli bo`lganda, shifokor vazifasi tez va samarali ta`sir etuvchi dori buyurishdir. Mana shu nuqtai nazardan qaralganda etodolak saqlovchi dori vositalari ayni muddaodir. U tabletka shaklida ishlab chiqarilib, bu bemorlarga xohlagan vaqtda xohlagan joyda qo`llash imkoniyatini beradi. Uning og’riq qoldiruvchi ta`siri bor yo`g’i 30 daqiqadan so`ng yuzaga keladi. Surunkali og’riqlarga chalingan bemorlarda xavfsiz, nojo`ya ta`sirlardan holi og’riqni bartaraf etuvchi dori vositasi tanlanishi muhimdir, chunki mazkur bemorlar uzoq vaqt davomida bunday dorilarni qabul qilishiga to`g’ri keladi. Bunday dori vositalari bu tarafdan ham shifokorlarga qo`l kelib, oshqozon, buyrak va boshqa a`zolarga nojo`ya ta`sirlar kursatmaydi. Asosiysi, harakatlanishdan qo`rqmang! Umurtqa pog’onasi harakatlanish uchun yaratilgan!

TANAMIZNING USTUNI UMURTQA POG’ONASI

Umurtqa pog’onasi bir-birining ustida joylashgan 33-34 ta umurtqalar yig’indisidan tashkil topgan bo`lib, u o`tirishimizga, turli tomonga egilishimizga hamda boshimizni aylantirishga imkon beradi.

Umurtqa pog’onalari o`rtasida egiluvchan tog’aylar – umurtqalararo disk joylashgan bo`lib, ular tizza, son va boshqa bo`g’imlardan kelayotgan zarbani yumshatadi. Bu o`ziga xos «xavfsizlik yostiqchalari» bo`lib, zarba vaqtida shikastlanishdan asraydi.

Qorin va ko`krak sohasidagi deyarli barcha mushaklar umurtqa bilan tutashgan. Makonda harakatlanishga hamda og’irlikni ko`tarishga yordam beradigan ustki mushaklardan tashqari ichki mushaklar ham mavjud bo`lib, u ichki a`zolarimizni ushlab turadi, og’irlik kuchiga qarshilik ko`rsatishga va vertikal holatda turishga yordam beradi.

Mazkur tizimlarning hammasi boshqalardan farqli o`laroq chidamli va juda katta yukni ko`tarishga qodir. Mana, masalan, bel sohasidagi umurtqalararo disk



420 kg yukni ko`tarishga qodir! Boshqacha aytganda, sog’lom odam engil avtomobilni ko`tarib, boshqa joyga o`tkazib qo`yishi mumkin. Lekin shulardan bittasi safdan chiqsa bormi, tamom, muammo boshlandi deyavering.

Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish