Sport tibbiyotining rivojlanishida Ibn Sinoni tutgan o`rni.
Sport tibbiyotini rivojlanish davrlari.
Sport tibbiyotining predmeti va vazifalari
Sport tibbiyoti tibbiyot fanining bir tarmog’i bo`lib, o`ziga xos metodlari, vazifalari va xususiyatlariga ega. Sport tibbiyotining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchi kishilar sog’ligi ustida muntazam tibbiy nazoratni o`rnatish va olib borish; Trenerovkani tuzishda sportchilarning shaxsiy xususiyatlariga qarab trenerlarga ko`maklashish.
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchilarning salomatligini. funktsional holatini va shu bilan birga jismoniy mashg’ulotlar noto`g’ri uyushtirishi oqibatida salomatligida yuz beradigan xar xil noxush o`zgarishlarni erta aniqlashda qo`llanadigan meditsina tekshirish metodlarini takomillashtirish. yangi mukammal usullarni ishlab chiqish va sport tibbiyoti amaliyotiga joriy etish;
Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari bilan shug’ullanuvchilarning kasallanish va shikastlanishining sabablarini o`rganish ularni davolash va oldini olish (profilaktika) chora tadbirlari olib borish.
Bu vazifalar O`zbyokiston jismoniy tarbiya xarakatining sog’lomlashtirish qoidalariga va Vatanimiz tibbiyotining profilaktika yo`nalishiga to`la ravishda mos bo`lgan sport tibbiyotining mazmunini belgilab beradi.
Sport tibbiyotining asosiy ish turlari quyidagilardir;
jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchi kishilarni tibbiy ko`rikdan o`tkazish;
etakchi sportchilarni dispanser kuzatuviga olish (dispanserizatsiya qilish);
vrach-pedagog nazoratini olib borish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish jarayonida sportchilarning salomatligini mustaxkamlashda sog’lomlashtirish. davolash va profilaktika chora tadbirlarini tashqil qilish;
jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari uchun ajratilgan joylar, shuningdek, musobaqalar o`tkaziladigan joylar sharoiti ustidan shu jumladan sport inshootlari ustidan sanitariya gigiena jixatidan nazorat qilish;
sport musobaqalarini o`tkazishda tibbiy xizmat ko`rsatish;
jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish ishlarining ommaviy turlarini o`tkazishda tibbiy xizmat ko`rsatish;
sport jarohatini oldini olish;
ilmiy-tekshirish va metodik ishlarni olib borish;
tibbiyot va sportga oid masalalar bo`yicha konsultatsiyalar berish;
sportchilar o`rtasida sanitariya-okartuv ishlarini olib borish va keng omma orasida jismoniy tarbiyaning umumiy g’oyalarini targ’ibot qilishga doir tashviqot ishlarini amalga oshirish.