O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim



Download 1,7 Mb.
bet5/261
Sana06.09.2021
Hajmi1,7 Mb.
#166904
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   261
Bog'liq
jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari

Kirish


O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish ishining hayotiy zarurati va dolzarbligi haqida gapirar ekanlar, «Inson shaxsini, uning yuksak ma`naviy fazilatlarini kamol toptirish, milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish, yosh avlodni boy madaniy merosimiz hamda tarixiy qadriyatlarimizga hurmat-e`tibor, mustaqil Vatanimizga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash talablari oldimizga muhim vazifalarni qo`ymoqda» deb alohida ta`kidlaydilar. Bu vazifalar, birinchi navbatda kelajakning bunyodkorlari bo`lmish yosh avlodning bilim olish, yuqori malakali kadrlar bo`lib o`z yurti va halqiga sitqidildan mehnat qilish, ozod yurt ravnaqi va baxt-saodati uchun halol mehnat qilishga o`rgatishni nazarda tutadi. Zero, mustaqillik aynan fidoiy, o`z Vatani manfaatlariga g’oyat sadoqatli, yuqori malakali kadrlarning jamiyatni boshqarishini taqozo etadi.

Shuni e`tirof etish zarurki, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan xalq xo`jaligining barcha sohalarida ko`zga tashlanadigan ishlar qilinmoqda, ya`ni hamma sohada islohot. Shuningdek, 2019 yil 19 mart kuni o’tkazilgan vidioselektor yig’ilishida Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan 5 ta muhim tashabbusi yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sht vaqtilarini mazmunli tashkil etishda dasturi-amal bo’lganlini etirof etgan holda, axoli salomatligini yaxshilash, mustahkamlash, insonning hayotdagi faol umrini uzaytirish, kasalliklarni kamaytirishga hamda kasalliklar kelib chiqishining oldini olishga, sog’lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan qator istiqbolli chora va tadbirlar belgilandi, ular bosqichma-bosqich amalga oshirilmokda.

Istiqlol tufayli Respublikamizda sog’liqni saqlashni isloh qilishga qaratilgan kator qonunlar, qarorlar va farmoyishlar qabul qilindi. Jumladan, 1993 yil mart oyida qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan «Sog’lom avlod uchun» xalqaro jamg’armasining tashkil etilishi hamda bu sohadagi tashabbuskorlikni rag’batlantirish maqsadida «Sog’lom avlod uchun» ordenining ta`sis etilishi, 1992 yil dekabr’ oyida chiqqan O`zbekiston Respublikasining

«Tabiatni muhofaza qilish to`g’risida»gi qonun, 1995 yil 29 avgustda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining «Fuqarolar sog’lig’ini saqlash to`g’risida»gi qonun, 1998 yil noyabr’ oyida qabul qilingan «Respublikada sog’liqni saqlash tizimini isloh qilishning Davlat dasturi to`grisida»gi prezident farmonini ko’satib o’tish mumkin.

Yuqoridagi prezident farmonlari va davlat hujjatlari fuqarolarda sog’lom turmush tarzini shakllantirish hamda davlat idoralari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalarning, fuqarolarning sog’lig’ini saqlash borasidagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish ko`zda tutilgan.

Ta`kidlab o`tilganidek, islohotlardan ko`zda tutilgan maqsadlar orasida eng muhimi birlamchi profilaktika chora-tadbirlarini kuchaytirish, aholi o`rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirishdan iborat.

Davlatimiz tomonidan aholini sog’lomlashtirish borasidagi qonuniy hujjatlarni amalga oshirish hammamizning vazifamiz. Sabab: jismoniy mustahkam, ruhan tetik, ma`naviy sog’lom xalqni sindirib bo`lmaydi. Bunday

sifatlarga esa sog’lom turmush tarzida yashagan va uning talablariga e`tiqod qilgan kishilargina qodir bo`ladilar.

Lekin davlat tomonidan sog’lom turmush tarzi masalalariga qanchalik katta e`tibor berilmasin, agarda biz o`z salomatligimizga nisbatan bo`lgan dunyoqarashimizni o`zgartirmas ekanmiz, salomatlik masalasida hech qachon o`z maqsadimizga erisha olmaymiz. Sog’liqni saqlash maqsadida hamma davlat idoralari, jamiyatimizdagi har bir fuqaro o`z intilishlarini birlashtirib, mavjud imkoniyatlarini ishga solib, faol harakat qilmas ekan, millatimiz salomatligini mustahkamlash va uning uzoq umr ko`rish davomiyligini oshirish qiyin bo`ladi.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillaridanoq yurtboshimiz tashabbusi bilan tanlangan oliyjanob maqsad-“Sog’lom zurriyod – sog’lom farzand

– sog’lom avlod” kontseptsiyasi sog’lom turmush tarzini shakllantirish uchun dasturli amal hisoblanadi. Aholi salomatligini muhofaza qilish, sog’lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy sog’lom va ma`naviy barkamol yosh avlodni tarbiyalash davlatimiz rahbari va hukumatimizning diqqat e`tiborida bo`lib kelmoqda. Dunyo olimlarining ko`p yillik ilmiy tadqiqotlari, tajribasiga asoslangan “Sog’lom turmush tarzi” dasturidagi qoida va talabidan bittasi quyidagidir: harakatlanish faolligiga amal qilish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishdir.

Jismoniy faollik sog’lom turmush tarzining ikkinchi tub tarkibiy qismidir. Inson doimo kuch, epchillik, tezlik, chidamlilik kabi jismoniy fazilatlarni rivojlantirishga intilishi lozim. Har birimizda jismoniy kuch berish, ishonchli chiniqishni talab etuvchi ko`plab ishlarimiz bo`ladi. Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanish jarayonida nafaqat salomatlik mustahkamlanadi, balki o`zini yaxshi sezish hamda kayfiyat yaxshilanib, tetiklik, quvnoqlik tuyg’usi paydo bo`ladi. Zamonaviy ishlab chiqarish va hayot sharoitlari ancha darajada insonning harakatlanish faolligini kamaytirgan. Akademik A.I. Bergning ma`lumotlariga qaraganda (2000 yil) o`tgan asrda mushak energiyasining ishlab chiqarishda sarflanishi 94 % ni, hozirgi paytda esa faqat 1 % ni tashkil etadi. Harakatlarnig kamligi insonning salomatligiga salbiy ta`sir etadi. Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanish, ertalabki badantarbiya, jismoniy mashqlar tanaffuslari, sayrlar, sayyohlik gipodinamiyaning harakatga ochlik o`rnini to`ldirishga qaratilgan.

Jismoniy mashg’ulotlar jarayonida mushak-bo`g’im apparati muvaffaqiyatli mustahkamlanishi, tana vaznining kamayishi, yog’lar almashinuvi yaxshilanishi, qon zardobida xolesterin kamayishi, arterial qon bosimining darajasi me`yorga tushishi, markaziy asab tizimining yaxshilanishi, kuchli chiniqish ta`siri yuzaga kelishi, organizmning turli ekstremal ta`sirlarga chidamliligi mustahkamlanishi isbotlangan, ya`ni jismoniy mashqlarning ta`siri organizmning amalda barcha a`zolari va tizimlarining ishida namoyon bo`ladi, lekin ularning yurak-qon tomir tizimiga bo`lgan ta`siri eng muhimdir.

Buyuk alloma bobokalonimiz Abu Ali Ibn Sino (980-1037) “Tib qonunlari” asarida hazirgi zamon sport tibbiyotiga taalluqli ko`pgina fikrlarni, ya`ni kishilar sog’lig’ini mustahkamlashda va xar xil kasalliklarni oldini olishda jismoniy mashqlarning ahamiyatini bayon etgan. Bundan ming yil muqaddam jismoniy

mashg’ulotlarni shug’ullanuvchilarning shaxsiy xususiyatlariga qarab tuzish haqidagi olimning yuritgan fikrlari zamonaviy sport tibbiyotida jismoniy mashg’ulotlarning mos kelish kelmasligini aniqlashda qo`llanilmoqda. Ayniqsa “haddan tashqari” va “shiddatli harakatlar” bajarishda charchashning kelib chiqishi, uni oldini olish va davolash tadbirlari ustida allomaning yuritgan fikrlari diqqatga sazovardir.

Charchash holatining oldini olishda massajning ahamiyati haqida Ibn Sino shunday degan: “badantarbiya oldidan qilinadigan tayyorlovchi uqalash ham bor. Bu uqalash mayinlik bilan boshlanib, badantarbiya vaqti yaqinlashgach uni kuchaytiriladi. Badantarbiyadan keyin qilinadigan o`z asliga qaytarqvchi uqalash ham bordir. Uni tiklantiruvchi uqalash deb ham ataladi. Buning maqsadi- chiqarilmay qolib, mushaklarda to`plangan chiqindilarni tarqatish va yo`qotish, toki, ular charchash alomatlarini tug’dirmasin”. Bu fikrlar jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchilar uchun massajning ahamiyati juda muhim ekanligidan dalolat beradi.

Bugungi hayotimizning qo`shimcha muammolaridan yana biri, nosog’lom turmush tarzining juda tez fursatlar bilan rivojlanishi, zararli odatlarni tobora aholi o`rtasida tarqalayotganidir. XX asrning oxirlarida Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining dalillarida keltirilishicha, kishilar sog’ligining 50—52 foizi turmush tarziga, 20 foizi irsiy omillarga va 19—20 foizi atrof-muhitga bog’liq bo`lib, atiga 8—10 foizi tibbiy xizmatning darajasiga bog’liq ekani haqida gap boradi. Ilmiy xulosalardan ma`lum bo`ldiki, keyingi vaqtlarda sog’liqni saqlashni, davolovchi tabobatdan ko`ra, ko`proq kasalliklarning oldini oluvchi tabobatga yo`naltirishga qadam qo`yish lozimligini e`tirof etdi.

Zamonaviy kadrlar oldiga qo`yilayotgan eng muhim vazifalardan biri - malakali mutaxassislar sifatida o`zligini, o`z qobiliyatlari, individualligi, shaxsiy fazilat hamda xislatlarini bilgan tarzda, sog’lom turmush tarzida hayot kechirish va ijtimoiy foydali mehnatning barcha sohalarida iqtidorli kasb sohibi sifatida faoliyat ko`rsatishdir. Bu o`rinda inson organizmining salomatlik qonuniyatlarini o`rganuvchi “Jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari” fanining o`rni va roli benihoya kattadir. Yosh avlodni yangicha ta`lim standartlari asosida, jahon talablariga javob beruvchi mutaxassislar qilib tarbiyalash ishi oliy o`quv yurtlarida tahsil olayotgan yoshlar uchun yangi darsliklar, o`quv qo`llanmalari, risolalar tayyorlashning ham yangicha uslublarini talab etmoqda. Ushbu o`quv qo`llanma yoshlarga aynan “Jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari”dan bilimlar bersada, umid qilamizki, ularni o`z atrofida ro`y berayotgan islohotlarga holis baho berish, o`zi va o`zgalar sog’ligining sir- asrorlariga befarq bo`lmaslik, o`z layoqatlarini o`stirishning elementar vositalaridan bohabar bo`lishga yordam beradi. Chunki xar bir shaxsgina o`z qobiliyati, iqtidori, layoqati va shu bilan bir vaqtda o`z sog’ligining siru asrorlarini bilib, uni to`g’ri yo`naltira olsa, bu nafaqat shaxsning o`ziga, balki jamiyat uchun ham katta naf keltiradi. Shunday ekan, hozirgi kunda “Jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari” fanining sir-asrorlarini har bir o`quvchi uchun zarur bo`lgan jihatlarini, chunonchi: “Jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari”ning boshqa fanlar bilan integratsiyalashuvi,

hamkorligi, bog’liqligini; “Jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari”ning zamonaviy yo`nalishlari va tarmoqlarini; organizmning me`yori, amaliy sog’lom va oralik holatlarini aniqlash usullarini; atrof muhitning inson organizmga ta`sirini; zararli odatlarning inson organizmiga ta`sirlarini; shaxsning turli yosh davrlarga bog’liq xususiyatlarini; shaxsning muloqot jarayonidagi shakl, tur, vositalarini; shaxsning guruhga va o`z navbatida guruhning shaxsga ta`sirini; o`quv va tarbiya jarayonida qo`llash mumkin bo`lgan samarali usullarni bilish, o`rganish muhimdir.

Mazkur o`quv qo`llanmada ham kamchiliklar bo`lishi mumkin. Ushbu kamchiliklarga barham berish niyatlari bilan bildirilgan fikr va mulohazalar mamnuniyat va minnatdorchilik bilan qabul qilinadi.




Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish