6.1 Hisobot jadvali
Havoning hajmiy sarfi, V, m3/s
|
Havoning fiktiv tezligi w0 , m/s
|
Qatlamning gidravlik qarshiligi , P, Pas
|
Qatlamning balandligi H, m.
|
|
|
|
|
Tekshirish uchun savollar
1.Mavhum qaynash qatlami. Uning afzalliklari va kamchiliklari.
2.Qatlamning gidravlik qarshiligi.
3.Mavhum qaynash turlari.
4.Mavhum qaynashning kritik tezliklari.
LABORATORIYA ISHI №6
ZARRACHALARNING UCHIB CHIQISH TEZLIGINI ANIQLASH
Ishning nazariy asoslari
Mavhum qaynash holati «qattiq jism- gaz» yoki «qattiq jism- suyuqlik» sistemalarida kuzatiladi. Ushbu jarayon paytida gaz yoki suyuqlik oqimidagi zarrachalar muallaq holatda bo`lib, bir-biriga nisbatan betartib ravishda erkin harakat qiladi. SHuning uchun ushbu holat adabiyotlarda mavhum qaynash qatlami, donador qatlamni qaynashi yoki muallaq qatlam holati deb yuritiladi.
Mavhum qaynash qatlami donador material qatlamidan yuqoriga yo`nalgan gaz (yoki suyuqlik) oqimini o`tkazish yo`li bilan hosil qilinadi. Bu paytda oqim tezligi zarrachalarni muallaq holatda tutib turishi lozim.
Absorbtsiya, quritish, issiqlik almashinish, ekstraktsiyalash, sochiluvchan materiallarni aralashtirish va uzatish kabi jarayonlarni amalga oshirishda mavhum qaynash qatlamini qo`llash istiqbolli usul hisoblanadi.
Mavhum qaynash jarayonida qattiq zarrachalar va gaz (suyuqlik) fazalari o`rtasidagi uzluksiz kontakt yuzasi katta bo`ladi. Bu paytda barcha zarrachalarning kontakt yuzalari muhit oqimi bilan yuvilib turishi sababli jarayon harorati va kontsentratsiyasi tez rostlanadi. Natijada amalga oshiriladigan jarayon tezlashib, jihozning ish unumdorligi keskin ortadi. Mavhum qaynash qatlamining gidravlik qarshiligi nisbatan kichik bo`lganligi uchun teHnologik jarayonga sarflanadigan energiya miqdori kam bo`ladi.
Donador mahsulot qatlamini tavsiflash uchun zarrachalarni o`lchami, solishtirma yuzasi, ular oralig`idagi bo`shliq hajm ulushi va material qatlamining gidravlik qarshiligi kabi kattaliklardan foydalaniladi.
Donador material zarrachalari orasidagi bo`shliq hajm ulushi quyidagicha aniqlanadi
= (V-Vz)/V = Vb/V, (1)
bu erda V- mahsulot qatlamining umumiy hajmi; Vz- qatlamdagi donador zarrachalar egallagan hajm; Vb- qatlamdagi zarrachalar oralig`idagi bo`shliq (erkin) hajm.
Agar mahsulot zichligini z va uning erkin to`kilgan holatdagi zichligini t deb belgilasak, u holda
= 1- z/t . (2)
Diametri d bo`lgan zarrachaning solishtirma yuzasi
fc = 6(1-)/d . (3)
Mahsulot zarrachalari orasida hosil bo`ladigan kanallarning ekvivalent diametri de qo`yidagicha ifodalanadi
de = (2/3) d /(1-) . (4)
Ushbu kanallar uzunligini (L) qatlam balandligi () orqali ifodalash mumkin
L = *N ,
bu erda - tajribaviy koeffitsient, 1.
Donador material qatlamidagi oqimning haqiqiy tezligi
= o/ .
, de va L kattaliklar ifodalarini hisobga olgan holda, donador material qatlamining gidravlik qarshiligi ΔP tenglamasi quyidagicha yoziladi
ΔP = 3H(1-)2o Ksh/(4d 3) , (5)
bu erda - qatlamning qarshilik koeffitsienti; Ksh- zarrachalar uchun shakl koeffitsienti.
Ushbu (7. 5) tenglamadan oqimning turli rejimlari uchun empirik hisoblash tenglamalari ishlab chiqiladi.
Suyuqlik va gazlar harakatini donador qatlamdagi laminar rejimi uchun
ΔP = 72(1-)2 oH/(3 d2) . (6)
Agar qatlamdagi oqim rejimi turbulent bo`lsa, u holda qatlamning gidravlik qarshiligi
ΔP = [150(1-)2o/(3d2) = 1.75(1-)2o/(d)]HKsh . (7)
Do'stlaringiz bilan baham: |