O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta


Mavhum qaynash qatlamining gidrodinamikasi



Download 2,02 Mb.
bet12/18
Sana16.03.2022
Hajmi2,02 Mb.
#499318
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
ATJ tuk

Mavhum qaynash qatlamining gidrodinamikasi
Mavhum qaynash qatlami quyidagicha hosil qilinadi. IHtiyoriy shakldagi vertikal idish (masalan, tsilindr) tubiga sim to`r o`rnatilib, uning yuzasiga muayyan qalinlikda sochiluvchan donador qattiq material zarrachalari to`kiladi. SHundan so`ng apparat tubidan yuqoriga, to`r orqali havo (yoki suyuqlik) oqimi yuboriladi.
Dastlab, havo oqimini tezligi (sarfi) kichik bo`lganda, to`r ustidagi material qatlami qo`zg`almas bo`ladi. Havoning tezligi ma`lum bir qiymatlarga ega bo`lganda qatlamdagi materialning og`irligi gaz oqimining gidrodinamik bosimiga teng bo`lib qoladi. Gaz tezligi yanada oshirilsa, zarrachalar harakati tezlashadi, qatlam kengayadi va u Huddi qaynayotgandek bo`lib ko`rinadi, qatlamni bunday holati mavhum qaynash holati deyiladi.
Material qatlamini o`zgarmas holatdan mavhum qaynash holatiga o`tish jarayoniga to`g`ri keluvchi havoning (suyuqlikning) tezligi mavhum qaynashning boshlanish tezligi yoki birinchi kritik tezlikkr1 deb yuritiladi.
Bu paytda material donalari havo oqimi bilan apparatdan uchib chiqib ketishi mumkin. Ushbu holatga mos keluvchi oqim tezligi materialning uchib chiqib ketish tezligi yoki ikkinchi kritik tezlikkr2 deb yuritiladi.
Gaz (suyuqlik) oqimining tezligiga ko`ra donador material qatlamining asosiy holatlarini tahlil qilamiz.
1. Oqim tezligi okr1 bo`lganda donador material qatlami qo`zg`almas holatda bo`ladi (1-rasm, a- sxema). Bu paytda qatlamning gidravlik qarshiligi ortib boradi (2-rasm, a-sxemadagi AV chiziq), uning bo`shliq hajmi va balandligi deyarli o`zgarmaydi (1-rasm, b-sxemadagi AV chiziq).

Bu paytda mavhum qaynash qatlamining gidravlik qarshiligi


∆P = G/F ,
bu erda G- qatlamdagi zarrachalarning og`irligi; F- qurilmaning ko`ndalang kesim yuzasi.
Donador qatlamdagi zarrachalarning og`irligini quyidagicha ifodalanadi:
G = FH(1-)(Z-)g ,
bu erda N- zarrachalar qatlamining balandligi; 3 va - qattiq zarrachalar va ishchi muhitning zichliklari; g- erkin tushish tezlanishi. U Holda, mavhum qaynash qatlamining gidravlik qarshiligi: ∆P = N(1-)(Z-)g
Mavhum qaynash holatida mahsulot qatlamidagi zarrachalar turli yo`nalishlar bo`ylab siljib, intensiv aralasha boshlaydi (1- rasm, b-sxema). qatlamning erkin yuzasida to`lqinlanish va chayqalishlar kuzatiladi. Bu paytdagi qatlam holatining manzarasi Huddi qaynayotgandek ko`rinadi.
Mavhm qaynash holatida zarrachalar qatlamining balandligi o`sadi va undagi bo`shliq hajm ulushi ortadi (1-rasm, a-sxemadagi VS chiziq). Ushbu tasvirdagi VS chiziq qattiq zarrachalar o`rtasidagi tortishish kuchlarining ta`sirini ifodalaydi.
3. kr1okr2 chegaralarda oqim tezligini ortishi tufayli zarrachalar yanada intensivroq aralashadi, qatlam balandligi (1-rasm, b- sxemadagi VS chiziq) va undagi bo`shliq hajm ulushi ham ortib boradi. Bu paytda qatlamning gidravlik qarshiligi deyarli o`zgarmaydi (1-rasm, a-sxemadagi SD chiziq).
4. Oqim tezligi okr2 bo`lganda mavhum qaynash qatlami buziladi, qatlamdagi zarrachalarni oqim bilan birga qurilmadan uchib chiqib ketish holatlari kuzatiladi. Zarrachalarning massaviy ravishda qurilmadan uchib chiqib ketish holati pnevmotransport (gidrotransport) jarayonlariga monand bo`ladi. Ushbu uslubdan teHnikada sochiluvchan materiallarni quvurlar bo`ylab uzatishda foydalaniladi. Don mahsulotlari korHonalarida unni qopsiz tashish va siloslarga yuklash kabi jarayonlar bunga misol bo`la oladi.
Qattiq zarrachalarni qurilmadan chiqib ketish tezligi kr2 erkin shopirilish sh tezligi deb ham yuritiladi. o=sh bo`lgan holatda qattiq zarrachalar qatlamining bo`shliq hajmi juda katta bo`ladi ( 1). Bu paytda zarrachalarning og`irligi oqimning ko`tarish kuchi bilan muvozanatda bo`lishi sababli ular bir-biridan bog`liq bo`lmagan holatda harakatlanib, erkin uchib yuradi, cho`kmaydi va oqim bilan qurilmadan chiqib ham ketmaydi (1-rasm, a- va b- sxemalardagi D nuqta). SHuning uchun zarrachalarni ushbu holatdagi tezligini cho`kish jarayoni uchun tavsiya etilgan.
Ar = (3/4)Re2 va Re = Ar/(18+0.61Ar1/2)
tenglamalar yordamida aniqlash mumkin.
SHunday qilib, ishchi muhit tezligiga ko`ra mavhum qaynash qatlamining uch Hil rejimlari mavjud:
- filtrlash rejimi okr1;
- mavhum qaynash qatlami okr1;
- pnevmotransport rejimi okr2 .
5. Mavhum qaynash jarayonidan so`ng, oqim tezligining susayishi paytida, qatlamning gidravlik qarshiligi VA chiziq bo`yicha emas, aksincha SE chizig`i bilan (1-rasm, a-sxema) tavsiflanadi. Ushbu gisterezis quyidagicha tushuntiriladi: mavhum qaynash qatlamida bo`lgan zarrachalar qatlamining erkin bo`shliq hajmi jarayondan avvalgi holatga nisbatan katta bo`ladi. SHu sababdan, jarayon so`ngida hosil bo`lgan qatlamning gidravlik qarshiligi ham kichik bo`ladi. Mavhum qaynash qatlami ikkinchi bor takrorlansa, ushbu gisterezis holati qayta kuzatilmaydi.
SHunday qilib, mavhum qaynash qatlamidagi oqimning ishchi tezligi kr1okr2 chegaralarda bo`lishi kerak.
Mavhum qaynash jarayoni qatlamdagi zarrachalarning aralashish intensivligini ko`rsatuvchi mavhum qaynash soni K
K = o/kr1 ,
bu erda o- oqimni qurilmaning ko`ndalang kesim yuzasiga nisbatan olingan ishchi tezligi.
Tajribalar o`tkazish yo`li bilan har bir jarayon turi uchun K qiymatlarining optimal chegaralari aniqlanadi. Odatda, K=2 bo`lgan hollarda zarrachalarning intensiv aralashuviga erishish mumkinligi aniqlangan.
Mavhum qaynash qatlamining strukturasi ishchi muhit turidan (gaz yoki suyuqlik) bog`liq bo`ladi. TeHnikada mavhum qaynash qatlami asosan gaz oqimida tashkil etiladi.
kr1 - kr2 tezliklar oralig`ida donador materiallarning mavhum qaynash holati bir jinsli yoki turli jinsli bo`lishi mumkin.
Sanoat qurilmalarida turli jinsli qatlam holatlarini hosil bo`lishi qurilma va zarrachalarning shakli, o`lchami va yuzasiga, zarrachalar va oqim zichliklarining nisbatiga, oqim tezligi va gaz tarqatuvchi to`rning turiga bog`liq bo`ladi.
K soni qiymatini ortishi bilan qatlamning turli jinslilik darajasi ortadi. Bu paytda qatlamdagi gaz oqimi nafaqat uzluksiz oqim, balki pufakcha shaklida ham harakatlanishi mumkin (1-rasm, v-sxema). Harakatdagi gaz pufakchalari qatlamdagi zarrachalarning aralashuvini tezlashtiradi. Kelgusida, gaz sarfining ortishi bilan pufakchalar o`lchami qurilma diametrigacha kattalashuvi mumkin. Bu paytda gaz pufakchasi ustidagi zarrachalar qatlamining porshenli harakati kuzatiladi (1-rasm, g-sxema). Bu pufakchalar qatlamdan chiqish paytida yorilib, qatlam balandligini to`lqinlanishiga va undagi ma`lum bir qism zarrachalarning yuqoriga itqitilishiga sabab bo`ladi. SHu tariqa zarrachalarning gaz oqimi bilan qurilmadan chiqib ketish ehtimoli ortadi.
Porshenli qaynash rejimida gaz oqimi va material zarrachalari o`rtasidagi kontakt yuzaning bir Hilligi buzilib, qattiq fazani vertikal yo`nalishda aralashuvi yomonlashadi, gaz oqimi va zarrachalar o`rtasidagi kontakt yuza qisqaradi. Porshenli rejim qurilma diametri kichik, zarrachalar o`lchamlari katta va gaz oqimi tez bo`lgan hollarda kuzatilishi mumkin.
O`ta kichik o`lchamli (masalan, kukunsimon), namligi yuqori va zichlashuvchanlik Hususiyatiga ega bo`lgan material zarrachalariga mavhum qaynash qatlamida ishlov berish jarayonida kanalli qatlam holati (1-rasm, d-sxema) kuzatilishi mumkin. Bu paytda gaz oqimining asosiy qismi hosil bo`lgan kanallar orqali, qatlamdagi mahsulot zarrachalari bilan o`zaro kontaktga kirishmasdan, erkin o`tib ketadi. Gaz oqimi tezligining ortishi bilan bu kanallar to`la yo`qolishi yoki gaz tarqatuvchi to`r ustidagi qatlamdagina qisman saqlanib qolishi mumkin.
Konussimon tubli qurilmalarda kanalli mavhum qaynash qatlami favvorali qatlamga aylanadi (1-rasm, e-sxema). Bunday rejimda qurilmaning o`qi bo`ylab harakatlanayotgan gaz oqimi qattiq material zarrachalarini favvora shaklida yuqoriga otadi.
SHarsimon va unga yaqin bo`lgan shakllardagi zarrachalar qatlamini mavhum qaynash holatiga keltiruvchi oqimning birinchi kritik tezligi analitik uslubda, Re kriteriysining kritik qiymati bo`yicha, aniqlanishi mumkin
Rekr = Ar/(1400 + 5.22Ar1/2),
bu erda Rekr1=kr1d3/; Ar=(d32g/2)(3-m); d- zarrachalarni o`rtacha diametri; - ishchi muhitning dinamik qovushqoqligi.
Rekr kriteriysining son qiymati bo`yicha kr1 aniqlanadi. K qiymatlari uchun oqimning ishchi tezligi o hisoblanadi va qurilmaning diametri aniqlanadi:
D = [4Q/(o)]1/2 .
Mahsulot zarrachalarining qatlamda bo`lish vaqti
o`rt = m/G ,
bu erda m- qatlamdagi qattiq materialning massasi, kg; G- material sarfi, kg/sek.
Mayda donador materialning mavhum qaynash qatlamini gidravlik qarshiligi quyidagi tenglama asosida aniqlanadi
ΔP = 150(1-)2Ho(Ksh3d2).
Mavhum qaynash qatlamidan mahsulot zarrachalarining uchib chiqish tezligi kr2 Rekr ifodasidagi kr1 o`rniga kr2 qo`yish asosida aniqlanadi.

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish