O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta ‘lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti


Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasida davr va shaxs masalasi



Download 203,5 Kb.
bet10/10
Sana21.06.2022
Hajmi203,5 Kb.
#686777
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta ‘lim vazirligi

2.4 Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasida davr va shaxs masalasi.

“Ufq” trilogiyasi (1964-1974) adib ijodida alohida oʻrin tutadi. “Ufq” romani XX asr millat hayotining oʻn yillik davri – Ikkinchi jahon urushi, urush va urushdan keyingi yillar voqealarini oʻz ichiga oladi. Trilogiyada oʻsha yillari xalq boshiga tushgan musibatlar, odamlar koʻksidagi armonlar, shu musibatlarni yengishga qodir mislsiz matonat va shijoatlar yozuvchi isteʼdodiga xos ehtiros, zoʻr ilhom bilan aks ettirilgan.


Asarda Ikromjon, Jannat xola, Azizxon, Dildor, Asrora kabi teran, xalqchil, yorqin milliy obrazlar yaratilgan.
“Ufq” trilogiyasida axloqiylikning o‘rni nihoyatda beqiyosdir. Shuning uchun bu asar xalqimiz hayotida katta ahamiyatga egadir. Quyidagi kategoriyalar misolida buni ko‘ramiz:
Burch – muhim mezoniy tushuncha. Burch, mohiyatan, jamiyat, davlat va shaxslarga nisbatan muayyan individdagi munosabat, ular oldidagi majburiyat. U, yuqorida aytganimizdek, vijdon, e’tiqod, mas’uliyat kabi tushunchalar bilan mustahkam bog‘liq. Umuman, hayotda insonning har bir xatti-harakati zamirida burch tushunchasi - burchga sadoqat yoki xiyonat yotadi.
Burchga xiyonat masalasida biz asar bosh qahramonlaridan biri Ikromjonni olishimiz mumkin. Asarda burchni vatan oldidagi burchga bog‘lab tasvirlaymiz, Ikromjon dastlab, kanal qazilishiga va jahon urushida ishtiroki tufayli o‘z burchini bajaradi. Ikromjon urushdan bir oyog‘idan ayrilib qaytadi shunday bo‘lishiga qaramay u vatan oldidagi burchini unutmaydi.
Asarda burchga xiyonat o‘rnida Tursunboyni olishimiz mumkin u urushdan qochib vatan oldidagi xizmatdan bosh tortadi va shunchalik manqurtga aylanib qoladiki, hattoki onasining dafn marosimiga ham kelmaydi va ota-ona oldidagi burchini ham bajarmaydi.
Adolat. Axloqshunoslikning yana bir asosiy tushunchasi – adolat. Uning ezgulik va yovuzlik hamda yaxshilik va yomonlikdan asosiy farqi shundaki, adolatning o‘zi biror-bir qadriyatni anglatmaydi, lekin qadriyatlar orasidagi nisbatni belgilaydi, ularni baholash maqomiga ega. Shu bois unda jamiyatni tartibga soluvchilik xususiyati bor; unda ham axloqiy, ham huquqiy talablar mujassamlashgan. Biz “Ufq” romanida adolatni qay yo‘sinda ko‘rishimiz mumkin? Bunda adolat bormi o‘zi? Albatta bu o‘rinda muallif asarda judayam yaxshi bir masalaga adolatli javob beradi: bu masala o‘zbek xalqiga xos kechirimlilik edi. Asarda Ikromjon urush tufayli yigitlik vazifasini bajara olmagan o‘g‘li Tursunboyni odamlarning gap-so‘zlariga e’tabor qaratmay kechiradi va o‘z otalik vazifasidan kelib chiqib adolatli qaror qabul qiladi.
Muhabbat. Muhabbatning obyekti – doimo go‘zallik, manfaatsiz go‘zallik.
U – Allohmi, Vatanmi, yormi – muhabbat egasiga undan-da go‘zalroq narsa yo‘q. Ayni paytda bir narsani sevgan kishi boshqa narsalarni ham sevishi tabiiy.
Asarning “Qirq besh kun” bo‘limida bosh qahramonlar sifatida keltirib o‘tilgan Azizxon va Lutfinisa o‘rtasidagi muhabbatni keltirib o‘tishimiz mumkin. Azizxon tabiatan juda ham erka, mushtumzo‘r bo‘lishiga qaramasdan Lutfinisani juda ham kuchli sevadi. Azizxon Lutfinisa uchun kurashib hattoki o‘zgarishga qaror qiladi va kanal qazilishiga ko‘ngilli bo‘lib ishga kiradi. Lekin bu sevgiga qarshi Lutfinisaning akasi edi, u qattiq qarshilik ko‘rsatib Lutfinisani o‘ldirib qo‘yadi. Shundan so‘ng Azizxon urushga ketadi va u yerdan qahramon sifatida qaytib keladi, ammo Azizxon bir umr yolg‘iz o‘tadi chunki u o‘z sevgisiga juda sadoqatli edi. Azizxon shu muhabbat tufayli o‘zini yangidan kashf etadi.
Mehnatsevarlik. Inson barcha mavjudotlar ichida xatti-harakatlarining, faoliyatlarining ko‘pligi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Mehnat ana shu xatti-harakatlarning aniq maqsadga yo‘naltirilgan qismidir. Axloqiy kategoriyalar orasida mehnatsevarlik o‘ziga xos o‘ringa egadir. Bu asarning o‘zi ikkinchi jahon urushi davridagi o‘zbek xalqining qahramonona mehnatsevarlik davri tasvirlangan.
Asardan mehnatsevarlikga doir shaxs sifatida Nizomjonni olishimiz mumkin. Uning bir qo‘li nogironligi sababli urushga olishmaydi, shuning uchun u yangi cho‘l qurulishiga ketadi. U yerda u Ikromjonni ko‘radi shunda Ikromjon Nizomjonga sen yengilroq ishlarni qil deganida u men urushga bormadim do‘stlarim esa hozir urushda menga eng qiyin ishlarni bering men ularga munosib bo‘lay deydi va shu orqali o‘z mehnatsevarligi ko‘rsatadi.
Nomussizlik. Asosiy tushunchalardan yana biri – nomussizlik. Nomussizlikning vujudga kelishi bir tomondan burch bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi jihatdan qadr-qimmat tushunchasiga aloqador. Zero, nomus mohiyatan shaxsning o‘z qadr-qimmatini anglab yetishi, shu qadr-qimmatning jamiyat tomonidan tan olinishi yoki olinmasligiga nisbatan bo‘ladigan munosabati bilan belgilanadi. Nomussizlik esa buning aksidir. Asarda bunga misollar juda ko‘plab uchraydi.
Xususan, asarda salbiy obraz sifatida tasvirlangan A’zamjon o‘z ukasi bo‘lgan Nizomjonning yaxshi ko‘rgan qizi Dildorni nomusiga tegadi va unga uylanadi. Keyin cho‘lga ishlashga ketishganida A’zamjon yana boshqa ayolni yoqtirib Dildorni tashlab ketadi va nomussiz yigitni ishini qiladi.
Vijdon. Axloqshunoslikning boshqa ba’zi asosiy tushunchalari kabi baholash xususiyatiga egadir. Lekin bu baholash hech qachon obyektga qaratilmaydi, u subyektning xatti-harakatlarini baholaydi, ya’ni unda subyekt o‘zi uchun ichki obyekt vazifasini o‘taydi. Asarda fronga oziq-ovqat yuborish maqsadida Nizomjon yer olib ishlaydi va vijdonli odam sifatida gavdalanadi uning otasi esa Inoyat oqsaqol juda ham vijdonsiz tasvirlangan u odamlarga oziq-ovatni juda ham qimmatga sotib pul to‘playdi. Inoyat oqsoqol vafot etgandan keyin Nizomjonga juda ham kata pul qoladi va u pullarni kolxoz qurulishiga topshirib odamlarga yordam beradi. Nizomjon vijdonli shaxs sifatida ko‘plab odamlarga yordam beradi.
Qadr-qimmat. Inson uchun dunyodagi eng oliy qadriyat hisoblanadi. Asarda qadr-qimmat o‘rnida urushga ketgan o‘zbek yigitlarining o‘z oilalari tomonidan qanchalik yaxshi ko‘rib e’zozlashida ko‘rishimiz mumkin.
Xulosa o‘rnida shuni aytib o‘tish lozimki, o‘zbek xalqining boshidan ne- ne kunlar o‘tmadi. Mana ota- bobolarimiz orzu qilgan, tinchlik, mustaqillik, erkinlik davrlariga yetib keldik. Bizning shuncha zulm va sitamlarimizdan so‘ng ham o‘zligimizni saqlab qolishimz tahsinga sazovordir.
Said Ahmadning “Ufq” asari menda juda ham katta taasurot qoldirdi. Chunki undagi o‘zbek xalqining mehnatsevarligi, xalqpavarligi va qahramonliklari juda ham chiroyli tasvirlangan. Asarda ifodalangan davr ham Chor Rossiyasining eng chirkin va axloqsiz davri, marifatsizlik va huquqsiz xalqqa ega bo‘lgan davrini yoritib berishga bag‘ishlan gan. Asarni o‘qib quyidagi umumiy xulosalar berishni ma’qul topdim:
Asar tariximizni qora chiziqlar orqali ko‘rsatib bergan. Sovet davri yurtimizning haqiqiy ahvoli, ajdodlarimizning yashash tarzi aks etgan. Asarda to‘g‘rilik, ro‘stgo‘ylik, kamtarlik, burch, adolat ulug‘lanadi. Davrga xos qiyinchiliklar, mashaqqatlar og‘ushida urush va mehnat frontiga safarbar qilingan yoshlar qalbi jo‘shqinlik va muhabbatga juda ham boyligini bilib oldim.
“Otamdan qolgan dalalar” – ramziy roman. Unda muallif butun umr dalada ketmon chopib, serquyosh yurtida yelkasi oftob ko‘rmagan, qut-barokot yurtida kosasi oqarmagan munis o‘zbek xalqi siymosini Dehqonqul obrazi timsolida badiiy talqin etadi.
“Otamdan qolgan dalalar” romani 1994- yilda Sharq nishriyot-matbaa konsernining bosh taxririyati tomonidan 75000 nusxada chop etilgan. Romanda qayd qilinishicha muallif uni 1986-1991- yillar oralig‘ida yozib tugallagan. Kitobning ilk sahifasidagi bag‘ishlovda muallif tilidan qayd qilingan tubandagi yozuvni o‘qiymiz: “Birlashgan Millatlar Tashkiloti a’zosi – Ozod O‘zbekiston uchun bitdim”. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi o‘zining xohish irodasi va taklifiga ko‘ra 1992- yil 2- martda jahondagi eng nufuzli xalqaro tashkilot bo‘lgan BMTga qabul qilingan. Shunga ko‘ra, aytish mumkinki, 1991- yil roman qo‘lyozmasining yozib tugallangan sanasini anglatadi. Romanning umumiy hajmi 263 sahifadan iborat. U o‘nta bob va 273 ta turli hajmdagi fasllardan tarkib topgan. Shuningdek, asarga “Men” sarlavhasi ostida muallifning hayot va ijod yo‘li haqidagi o‘ziga xos ma’lumotnomasi ham ilova qilingan.
“Otamdan qolgan dalalar” romani uchun Tog‘ay Murod O‘zbekiston Respublikasi Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofotini olishga musharraf bo‘ldi. Iste’dodli romannavis Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani ijtimoiy hayotdagi qarama-qarshiliklarni Dehqonqul obrazi orqali haqqoniy ko‘rsatib bergan. Mustamlaka davrida o‘zbek xalqining qiyinchiliklarga, hatto ustma-ust fojialarga duchor qilingani ham moddiy va ma’naviy jihatdan ezilganligini ko‘rsatish “Otamdan qolgan dalalar” romanining asosiy g‘oyaviy mazmunini tashkil etadi. Asarda xalqimizning 130 yillik tarixi mustamlakachilik siyosati ayovsiz fosh etilgan va keskin qoralangan.
Demak, bu roman mustaqillik sharofati tufayli yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy roman. Asarda hayot haqiqati haqqoniy yoritib berilgan.
Asarning bosh qahramoni Dehqonqul o‘zbek xalqining timsoli sifatida tasvirlangan. Asarda uch avlod vakillari Jaloliddin Ketmon, uning o‘g‘li Aqrab va uning farzandi Dehqonqul obrazi orqali hayotimizning fojiali qirralarini mahorat bilan yoritib bergan. Bolalikdan qullik, zulmga ko‘nikkan, hayotni faqat mehnatdan iborat deb bilgan Dehqonqul uchun dalalari va paxtasi muhim. Uning uchun dalalarining yaxshi saqlanishi, mo‘l hosil berishigina saodat. Dehqonqul shu tashvishlar bilan band bo‘lib oilasiga, farzandlariga ham e’tibor bermaydi. Markazdan keluvchi mehmonlarga atab bozor qiladi, biroq bolalariga kelganda kambag‘alligiga ko‘nadi. Siyosatdan yiroq bo‘lgan bo‘lsa-da, asar yakunida “Paxta ishi” sababli qamaladi. Shuncha yil qul bo‘lib yashagan Dehqonqulning ko‘zi shunda ochiladi. Hayotidagi barcha fojialarni ana o‘shanda anglaydi. Dehqonqul obrazi orqali Sovet dehqoni qiyofasi tasvirlangan.

XULOSA
Biz yuqoridagi gapni ko‘p marotaba eshitganmiz, lekin hozir birgina jumla “rost” jumlasiga e’tibor qiling. O‘sha davrlarda yashagan yozuvchi tomonidan shunday deyilgan ekan demak bu asar yaratilishida asarning ichiga yo’lg’onlar qo’shilmagan.


Yana “Said Ahmad Oybekning psixologik tasvir mahoratini, G‘afur G‘ulomning yumorini, Abdulla Qahhorning teran va ixcham fikrlash san’atini o‘zida mujassam etgan adib” degan ta’rifning berilishi ham bejiz emas.
Asar yaratilish jarayonida shunday voqea ham yuz beradi: “Ufq”ning qoralamasini yozib tugatgan Said Ahmad asarni Abdulla Qahhorning yoniga olib boradi. Asar bilan tanishgan Abdulla Qahhor Said Ahmadga asarning bir joyini to‘g‘irlashni aytadi. Bu Ikromjon Tursunboyga o‘q uzgan joy edi(Said Ahmad ham dastlab Ikromjonni o‘z farzandi qotili sifatida tasvirlagan edi). Abdulla Qahhor otas farzandini o‘ldira olmasligi haqida Said Ahmadga tanbeh bergach, adib mana shu tasvirni o‘zgartiradi va mahoratli yozuvchiga bu o‘zgartirilish uchun bor-yo‘g‘i bitta gap yetarli bo‘lgan. U :“Xayriyat, o‘q tegmabdi” , degan gap edi.
“Ufq” trilogiyasining birinchi kitobi “Qirq besh kun” deb nomlanadi. Ikkinchi qism “Hijron kunlarida” deb nomlanib, bu romanda o‘zbek xalqining urush ortidagi zahmatlari, fidoyi mehnatlari tasvirlangan. “Ufq bo‘sag‘asida” nomli kitobning uchinchi qismida urushdan keyingi hayot, urush tugashi bilanoq, hayot o‘z iziga tushib ketmagani aks etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Rasulov A. Badiiylik – bezavol yangilik. – T.: - Sharq, 2007.


2. Mirzayev S. XX asr o‘zbek adabiyoti. – T.: - Yangi asr avlodi. 2005.
3. Alimbekov A. Yulduzning besh qirrasi. – T.: Muharrir. 2012.
4. A’zam E. Shovqin. – T.: O‘zbekiston. 2011.
5. Jo‘raqulov U. Hududsiz jilva. – T.: Fan. 2006.
6. Yo‘ldoshev Q. Yoniq so‘z. – T.: Yangi asr avlodi. 2007.
7. Karimov B. Qodiriy sog‘inchi. – T.: Fan. 2004.
8. Normatov U. Ijodkorning dahlsiz dunyosi. – T.: 2009.
9. Sharafiddinov O. Ijodni anglash baxti. – T.: Sharq. 2004.
Download 203,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish