O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta ‘lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti


II BOB Maqsud Shayxzodaning “Jaloliddin Manguberdi” tragediyasida vatanparvarlik va milliylik motivlari



Download 203,5 Kb.
bet4/10
Sana21.06.2022
Hajmi203,5 Kb.
#686777
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta ‘lim vazirligi

II BOB Maqsud Shayxzodaning “Jaloliddin Manguberdi” tragediyasida vatanparvarlik va milliylik motivlari.
Jaloliddin Manguberdi shaxsi, uning taqdiri hozirgi kungacha kishilarni hayratga solib kelyapti. Jaloliddin otasining harbiy yurishlarida qatnashadi va o‘zining jasur jangchi, iste’dodli sarkardalik qobiliyatini namoyish etadi. Mo‘g‘ul istilochilarining haybatidan cho‘chigan otasi Muhammadshoh dushmanga qarshi kurashish o‘rniga, go‘yo mamlakat xalqi hayotini saqlab qolish bahonasida Samarqandni tashlab orqaga chekinadi. Kaspiy dengizi bo‘yidagi Obeskun shahriga yo‘l oladi, u yerdan panoh topadi. O‘g‘li Jaloliddinning da’vat-u undovlari ham foyda bermaydi. Yosh sarkarda kuchli mo‘g‘ul qo‘shiniga qarshi bir o‘zi kurashga otlanadi. O‘ziga yaqin xon-u beklar va lashkarboshilarning boshini qovushtirib jangga kiradi. Jaloliddin o‘z qo‘shini bilan eng kuchli mo‘g‘ul lashkar-larini yengib, dushmanga qiron keltiradi, umrining oxirigacha Vatanimiz hududini
yovdan tozalashga harakat qiladi. Sohir sarkarda, haqiqatgo‘y, vatanparvar Jaloliddin o‘z davrida, keyingi davrlarda tarixchi olimlar, shoir va adiblar tomonidan sharaflandi.
Taniqli yozuvchi Maqsud Shayxzoda “Jaloliddin Manguberdi” tragediyasini 1944- yilda, ikkinchi jahon urushining qizg‘in bir davrida yaratdi. Asar o‘tmishda chet el bosqinchilariga qarshi xalqimiz olib borgan mardonavor kurashning yorqin sahifalarini sahna asari shaklida yoritish va uni xalqimizning fashizm bilan olib borgan kurashi o‘rtasidagi mushtaraklikni ko‘rsatish borasida muhim targ‘ibiy-tarbiyaviy ahamiyat kasb etdi.
Tragediya mazmuni bilan tanishar ekanmiz, unda M.Shayxzodaning shoirlik, zukko olimlik mahorati to‘liq namoyon bo‘lganini ko‘ramiz. Asar she’riy shaklda
yozilgan. Bu usul esa spektakldagi voqealarni aniq-oydin, personajlar xarakterini ta’sirchan, jozibador tasvirlash imkonini bergan. Tragediya matni bir nafasda o‘qiladi va u kishiga chuqur ta’sir qiladi, epizodlar va eng murakkab sahnalar ham o‘quvchi ongiga borib yetadi. Asarning bosh qahramoni Jaloliddin Manguberdi obrazi, uning insoniy qiyofasi – halol-pokligi, dushmanga shafqatsizligi, mardona
xarakteri o‘quvchida ham, tomoshabinda ham zo‘r taassurot qoldiradi.
Asar o‘zining falsafiy ruhi va badiiy tasvirdagi til jozibadorligi bilan kishi e’tiborini tortadi. Tragediyada asar qahramoni tarixiy haqiqat va badiiy to‘qimaning o‘zaro munosabati haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, muallifning tarixiy
shaxs va uning badiiy obrazi tasviri hayotiy ko‘rinish olgan. Jaloliddin Manguberdi xatti-harakati, uning gap-so‘zlari, muomala tarzi tarixiy muhit bilan uyg‘un ravishda namoyon bo‘ladi. Jaloliddinning otasi Muhammadshoh, amir Badriddin, Yaroqbek kabi Vatanga xiyonat yo‘liga o ‘tgan kimsalarga nafratli murojaati, onasi va singlisi Sultonbegimlarga nisbatan mehribonona muomalasi aks etgan sahna epizodlari nihoyatda ta’sirchan, hayotiy chiqqan.
Tragediyada Jaloliddin Manguberdi qiyofasi ko‘proq asardagi boshqa obrazlar orqali ochilgan. Jumladan, zolim Chingizxon, o‘z yurtiga xiyonatkor Shoh Muhammad, olchoq amir Badriddin bilan bo‘lgan muloqotda uning mard, yurtiga vafodor, bosqinchi va xiyonatkor kishilarga nafrati haddan ziyoda inson sifatida namoyon bo‘ladi, ayni paytda Temur Malik, Muhammad Nasaviy, Elbors cho‘ponlar bilan so‘zlashlari xalqparvar, elga g‘amxo‘r yurt rahbari, volidasi va singlisi Sultonbegim bilan qilgan muloqotida mehribon farzand va tug‘ishgan inisi uchun qayg‘uradigan kishi qiyofasida ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi.
Vatanimizning ming yillik tarixi el-yurtimizni bosqinchi, yovuz kuchlardan himoya qilish, millatimizning ozodligi va or-nomusini asrash yo‘lidagi buyuk voqealarni, buyuk shaxslarning jasorati va marligini asrlar davomida o‘z yorqin xotirasida saqlab kelmoqda. Jalolidin Manguberdi – ona Vatan himoyachisi, jasur sarkarda va davlat arbobidir. U o‘zidan o‘chmas iz qodirgan xalqimizning milliy qahramonidir. Jaloliddin Manguberdining xalqimiz oldida qilgan mardonovor jasorati barchamiz uchun sharaf va g‘urur bag‘ishlaydi. Bu buyuk siymo hayoti haqida juda ko‘plab asarlar yozilgan. Shunday asarlardan biri Maqsud Shayxzodaning “Jaloliddin Manguberdi” dramasi hisoblanadi. Mazkur asar II jahon urushi davrida yozilgan. Manbalarda ko‘rsatilishicha, Manguberdining kishida hayajonli faxr tuyg‘usini junbushga keltira oladigan qahramonliklari aks etgan mazkur drama urushga ketayotgan askarlarga maxsus namoyish etilib, frontga jo‘natilgan ekan. Bu esa askarlarda jangovar ruh va shijoat uyg‘otib, dushmanga nafratni kuchaytirgan.
Ana shunday vatanparvarlik tuyg‘usining kuchayuviga sabab bo‘lgan buyuk ajdodlarimiz, xususan, Jaloliddin Manguberdining jasoratlari asrlar o‘tsa hamki, o‘z qadr-qimmatini va ahamiyatini yo‘qotmaydi. Maqsud Shayxzoda qalamiga mansub dramada ham Sulton Jaloliddinning vatan uchun qilgan xizmatlari aks etgan. Dramada vatanparvarlikka, millatparvarlikka chorlovchi motivlari juda ko‘p. Asarda Jaloladdin quyidagicha ta’riflanadi. Jaloliddin zamonadagi voqealarni chuqur o‘ylovchi siyosiy va harbiy arbob sifatida fikr yuritadi. U otasining uni valiahdlikdan mahrum etish haqidagi qaroridan zarracha afsuslanmaydi:
Kishi tug‘ilmaydi boshda toj bilan,
Tug‘ilar erklikka ehtiyoj bilan…
El-o‘lka sog‘ bo‘lsin, toj kelib-ketar…
Odamlar o‘ylarki bo‘lmasa tojim,
Qalandar bo‘lurman, qolmas ilojim. Jaloliddin taxtga egalik qilish uchun emas, balki, saltanat butunligi, el osoyishtaligi uchun kurashadi. Jaloliddin va uning safdoshlari yovni yanchishga, vatan tuprog‘ini xalos etishga jahd-u jadal qiladilar, janglarda ko‘p fidokorlik ko‘rsatadilar.
G‘urbatlarga yo‘l olmoq ulug‘ musibat
G‘urbatda ham armondir: Vatanga xizmat!
Bir bo‘lsaydi saltanat, el-urug‘lar bir,
Dahshat sochib bo‘lardik jangda olamgir.
Mangulikdan joy olgan – yashar abadiy,
Men-ku mangu berdiman,olam biladi.
Ko‘klardanmi, suvdanmi, yo yer tagidan,
Balki sahro bag‘ridan, tog‘ etagidan.
Bir kun paydo bo‘laman shu yurt, shu yerda,
Yurt shaydosi ko‘milmas g‘urbatda, go‘rda.
Ulug‘vor niyatlarga kor qilmas ajal
Kim yurtdan yovni quvsa- mendurman o‘shal!
Bu so‘zlarda Jaloliddin xarakteriga xos bo‘lgan mardlik va el-yurtga sadoqat ro‘yirost bo‘rtib turibdi. Jaloliddin obrazini mardlik va sadoqat timsoli sifatida tasavvur etgan Maqsud Shayxzoda, el-yurt daxlsizligi uchun kurashgan, o‘z jasorati bilan o‘zgalarni kurashga ilhomlantirgan odam xalq xotirasida mangu yashaydi, degan g‘oyani ilgari suradi. Jaloliddin obrazini ulug‘vorlik va chin insoniylik xislatlarini kitobxon tasavvurida yaqqol jonlantiradi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak asar so‘ngida sulton Jaloliddin yurtni g‘animlarda qutqara olmasa ham, yuksak vatanparvarlik ko‘rsatib barchaga o‘rnak bo‘la olgan. Umuman olganda dramada Jaloliddin tomondan aytilgan har bir so‘z o‘zida vatanparvarlik va millatsevarlikni aks ettiradi.
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov adabiyotga o‘z tengdosh zamondoshlari kuychisi sifatida kirib keldi. Asarlarida birinchi galda o‘z davrining o‘tkir, ijtimoiy –ma’naviy masalalarini ko‘tardi. Odil Yoqubovning birinchi yirik asari 1951- yilda e’lon qilingan “Tengdoshlar” qissasidir. Shundan keyin adibning “Billur qandillar”, “Qanot juft bo‘ladi”, “Bir felyeton qissasi”, “Matluba”, “Muqaddas” kabi qissalari chop etildi. Odil Yoqubovni yozuvchi sifatida elga tanitgan asar 1961- yili e’lon qilingan “Muqaddas” qissasi bo‘ldi.
“Muqaddas” qissasi oltmishinchi yillar yoshlarining sevimli asarlaridan biri bo‘lgan. Qissa – muhabbat haqida, to‘g‘rirog‘i fojiaviy sevgi haqida. Qissa qahramoni Sharifjon sevgilisi Muqaddasga erishish orzusida xudbinlikka yo‘l qo‘yadi va undan ayriladi. Chunki xudbinlik hukm surgan joyda muhabbat so‘nadi hatto o‘ladi.
Muallif “Muqaddas” qissasida hayotning o‘zidan olgan zavqini, o‘z yurak dardini, hayojonlarini izhor etdi, o‘zi qalamga olgan hayotiy hodisalarni, ziddiyatlarni chinakam nafosat bilan kitobxonga yetkaza oldi. Qissada ikki yoshning hayotdagi ilk mustaqil qadamlari, quvonch va tashvishlari nihoyatda samimiy hikoya qilingan, eng muhimi yozuvchi aytmoqchi bo‘lgan gap kitobxon ko'nglini hayajonga solarli darajada go‘zal bir poetik shaklni topa olgan. Qissa qahramoni Sharifjon muayyan bir vaziyatda o‘z irodasiga, e’tiqodiga xilof xudbinlik ko‘chasiga kiradi, o‘zgalar manfaatiga zid bu – xatti-harakat, avvalo, qahramonning o‘zi uchun noxushlik olib keladi, eng aziz narsasi – sevgisidan, sevgilisidan judo bo‘ladi. Sharifjonning qing‘ir yo‘llar bilan sevgilisi Muqaddas o‘rniga o‘qishga kirib qolishi bir tasodif, ammo shu tasodif zamirida yozuvchi hayotning muayyan haqiqati, ziddiyati, falsafasini ko‘radi, ya’ni hayotda ko‘pchilik manfaatiga zid har bir xatti-harakat avvalo o‘sha odamning shaxsiy manfaatiga ham zid tushishini juda nozik va ta’sirchan ifoda etadi. “Muqaddas” yozuvchining bosh estetik, axloqiy prinsiplarini shakllantiruvchi asar sifatida ham qimmatli. “Muqaddas” so‘zi faqat qissa qahramoni nomi bilan bog‘liq emas, yozuvchi asarda zo‘r ehtirom bilan ilgari surgan insondagi eng aziz, muqaddas tuyg‘ular – vijdon, burch diyonat, imon, e’tiqod adolat g‘oyasini ham o‘zida ifoda etadi. Qisqasi, diyonat, imon-e’tiqod, ijtimoiy adolat – yozuvchi ijodining bosh ma’naviy muammosi, uning asosiy estetik prinsipi esa haqiqatni aytish, hayotni murakkabligi bilan ko‘rsatishdir.
Odil Yoqubov “Muqaddas”dan boshlab deyarli barcha har bir asarida biror muhim masalani ko‘tarish bilan barobar, qalamga olingan mojarolarning hayotiy ildizini, sabablarini ochishga intiladi. Boshqacha aytganda yozuvchi yetuk realizmga xos analitik tasvir yo‘lidan boradi . Garchi zaifroq bo‘lsa-da, “Muqaddas”da Sharifjonni qing‘ir yo‘lga boshlagan omillar – oilaviy muhit ta’siri ta’kidlab o‘tilgan. “Bir felyeton qissasi”da bu xususiyat xiyla chuqurlashadi. “Qanot juft bo‘ladi” qissasida esa yuqori bosqichga ko‘tariladi.
Adib asarlari hayotiyligi davrning o‘tkir ijtimoiy, ma’naviy, axloqiy masalalarini dadil o‘rtaga qo‘yganligi, inson va uning qalbi haqidagi haqiqatni yangi tomonlardan ochishga qaratilganligi, inson hayoti ma’nosi xususidagi ehtirosli baxs-munozaralar bilan ajralib turadi.

Download 203,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish