O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta ′ lim vazirligi



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/173
Sana16.03.2022
Hajmi3,72 Mb.
#494449
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   173
Bog'liq
ovqat hazm qilish va ovqatlanish fiziologiyasi

D vitamini (kalsiferol) 
 
Bu vitamin tanada ma'danli moddalardan kalsiy, fosfor 
almashinuvida ishtirok etib, uning yetarli bo‘lishi iste'mol taomlari 
tarkibidagi aynan shu unsurlarning ingichka ichak orqali qonga 
so‘rilishini yaxshilaydi va buyraklarda birlamchi siydikdan fosforning 


223 
qayta qonga o‘tishini rag‘batlantiradi. Shu bois 40 – 50 yoshlardan 
keyin kalsiferolning taqchilligi skelet suyaklari mustahkamligini 
kamaytiradi, ular g‘ovak bo‘lib, suyaklarda og‘riq paydo bo‘ladi. 
Bu xastalik odatda quyosh nuridan kam bahramand bo‘ladiganlarda 
teztez uchraydi. Bunday paytlarda tez – tez quyoshda toblanish va 
kalsiferol preparatidan qabul qilish yaxshi naf beradi. Lekin uni 
me'yoridan oshiq qabul qilish bilan tanani zaharlab qo‘yish ham 
mumkin. Shuning uchun D vitaminini qabul qilishda albatta vrach bilan 
maslahatlashish kerak. 
Gap shundaki, suyak to‘qimalari ham tanadagi boshqa 
to‘qimalar kabi yangilanib turadi. D vitamini yetishmasligidan qonda 
kalsiy miqdorining kamayishi yangi suyak hujayralari shakllanishida 
kalsiy ulushini kamaytiradi va g‘ovak bo‘lib qoladi.
Yosh bolalarda D vitamininig yetishmasligi ular suyagining 
bo‘shashib ketishiga – raxit kasalligiga olib keladi. Ushbu holat bola 
oyoq suyaklarining tana og‘irligiga bardosh bera olmasdan qiyshayib 
qolishi bilan harakterlanadi. Suyaklarning bo‘shashidan ko‘krak 
qafasi, uning shakli tovuq ko‘krak qafasiga o‘xshash bo‘lib qoladi. 
Bunday bolalar yuqumli kasalliklarga chidamsiz, lanj bo‘lib, ularda 
mushaklar tonusi ancha pasayadi. D vitamini yetishmasligining o‘z 
vaqtida oldi olinmasa, ulg‘aygan sari ushbu holat bola asab tizimi 
takomillashib borishiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi va parishonxotirlik 
yuzaga keladi. Bola yomon uxlaydi, injiqlashib, ko‘p terlaydi, 
qo‘zg‘aluvchanligi oshadi. 
Kalsiferol haroratga chidamli bo‘lib, oziqovqatlarni pishirishda 
parchalanib ketmaydi. 
Bu vitaminning qolganlaridan farqi shundaki, 
u boshqa vitaminlar ko‘p bo‘ladigan o‘simlik mahsulotlari, 


224 
sabzavotlar va mevalarda juda kam uchraydi. Asosiy manbai baliq 
yog‘i, o‘simlik moylari, sariyog‘, tuxum sarig‘i hamda dengizdan 
olinadigan ozuqa mahsulotlari hisoblanadi. Lekin ushbu mahsulotlar 
bilan bu vitaminni salomatlik uchun yetarli darajada qabul qilish qiyin. 
Eng yaxshisi, ta'kidlaganimizdek quyosh nuridan foydalanib vujudda 
uning tegishli miqdorda sintezlanishiga erishish kerak. Shuni ham esdan 
chiqarmaslik kerakki, quyoshda uzoq muddatli badanni qoraytirish 
kalsiferol hosil bo‘lishini kamaytirib yuboradi va tanada unga nisbatan 
taqchillik paydo bo‘ladi. Badanni uqalash kalsiferol hosil bo‘lishini 
yengillashtiradi. D vitamini teri ajralmasi tarkibida bo‘lganligi uchun 
tanani me'yoridan ortiq darajada sovunlab yuvish uni kamaytirib 
yuboradi. Albatta bu o‘rinda teri gigienasi shartlarini buzmaslik kerak. 
D vitamini nuqtai nazaridan quyosh nuriga “to‘ymaslik” havosi 
tutun va chang bilan ifloslangan katta shaharlarda ayniqsa ko‘p 
uchraydi. Lekin bolalarning, ba'zan katta yoshdagi kishilarning ham 
quyoshga toblanishi lozim bo‘lib qolsa, ushbu muolajani ertalab soat 
10
00
gacha va kunning ikkinchi yarmida 17
00
dan keyin o‘tkazishni 
esdan chiqarmaslik kerak. Chunki soat 10
00 
dan 17
00 
gacha bo‘lgan 
vaqt ichida quyoshda qorayish zararli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Yosh bolalarda taqchillik bo‘lmaslik uchun ularda qishda maxsus 
ultrabinafsha nurli vannalar, kerak bo‘lganda baliq yog‘i tavsiya 
qilinadi. 

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish