O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta ′ lim vazirligi


Qishloq mehnatkashlarining oqilona ovqatlanishi



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/173
Sana16.03.2022
Hajmi3,72 Mb.
#494449
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   173
Bog'liq
ovqat hazm qilish va ovqatlanish fiziologiyasi

Qishloq mehnatkashlarining oqilona ovqatlanishi 
Respublikamiz aholisining ko‘pchiligi qishloq joylarida yashab, 
asosan qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanadi. 
Ularning mehnati serunum, o‘zlari sihat-salomat bo‘lishlari hamda 


356 
uzoq umr ko‘rishlarida ovqatlanish omili muhim ahamiyat kasb etadi. 
Qishloq xo‘jaligi sohasida ishlaydiganlar aholining boshqa 
guruhlaridan bajaradigan mehnatining quvvat nuqtai nazaridan xilma-
xilligi hamda bevosita mehnat qilish jarayonida vujudga turli-tuman 
noqulay tashqi muhit omillari (issiq, sovuq harorat, chang, zaharli 
moddalar, kuchli vibratsiya va boshqalar) ta‘sir etishi bilan ajralib 
turadi. Yana shu narsa ma‘lumki, ularning ishlashi va dam olishini aniq 
bir vaqt bilan belgilab qo‘yish qiyin, kimlardir kunduzgi, boshqalar esa 
kechki soatlarda faoliyat ko‘rsatishadi. Mana shu holatlar qishloq 
xo‘jaligining turli sohalarida mehnat qiladiganlar orasida oqilona 
ovqatlanishni tashkil qilishi bo‘yicha umumiy tavsiyalar berishni ancha 
qiiinlashtiradi. Shuning uchun bu toifadagi aholining maqsadga 
muvofiq ovqatlanishi haqida gapirilganda avvalo ularning qanday 
mehnat bilan shug‘ullanishlarini, qaysi soatlarda, qancha davomlilikda 
hamda qanaqa texnika vositalaridan foydalanilgan holda ishlashlarini 
aniq bilish kerak. 
Qishloq xo‘jalik mehnatkashlarining oziq moddalariga bo‘lgan 
talabini aniqlashda ularning bevosita quvvat sarflash bo‘yicha qaysi 
guruhlarga mansubligini aniqlab olish lozim. Masalan, agronomlar va 
brigadirlar bu borada III guruhga mansub bo‘lsa, shirkat va jamoa 
xo‘jaliklarida bevosita jismoniy ish qiladiganlar hamda mexanizatorlar 
IV guruhga kiradi. 
Hisob-kitoblardan ma‘lum bo‘lishicha, qishloq xodimlarining 
kunlik quvvat sarfi o‘rtacha 3600 - 4000 kkalni tashkil qilar ekan. Ekish 
va hosilni o‘rib-yig‘ib olish paytlari esa bu ko‘rsatkich 4560 kkal va 
undan ham yuqori bo‘lishi mumkin. B.O.Do‘stjonov o‘z 
tadqiqotlarida O‘zbekistonda paxtakor ayollarning bir kunda o‘rtacha 


357 
3350 kkal, g‘allachilik bilan shug‘ullanuvchi dehqonlarning 3965,4 
kkal energiya sarflashini aniqlagan. 
Respublikamizda fermer xo‘jaliklar vujudga kelishi bilan dala 
mehnatkashlarining to‘g‘ri ovqatlanishini tashkil kilish va amalga 
oshirish bo‘yicha ayrim muammolar ham paydo bo‘ldi. Bunday 
xo‘jaliklarda transport, mexanizatsiya, texnika ta‘minoti turlicha 
bo‘lib, ishni qachon va qanday tashkil qilish bevosita fermer rahbar 
xodimlari ixtiyorida. Eng muhimi, mehnatkash xalqning ko‘pchiligi 
oqilona ovqatlanish nima ekanligi haqida nihoyatda kam tushunchaga 
ega. Bu holat kelajaqda ular sog‘lig‘ini saqlash va serunum mehnat 
qilishini ta‘minlash borasida katta salbiy omil bo‘lib hisoblanadi. 
Shuning uchun tegishli mutaxassislarning tibbiyot xodimlari bilan 
birgalikda qishloq mexnatkashlarining oqilona ovqatlanishini batafsil 
o‘rganib chiqishi va ular orasida to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha keng 
ko‘lamda tushuntirish ishlarini olib borishi shu kunning dolzarb 
vazifasi hisoblanadi. 
O‘zbekiston sharoitida qayd qilingan aholi guruhlari orasida aniq 
ovqatlanish holatiga tegishli bo‘lgan tadqiqot ishlari kam olib borilgan, 
borlari ham sobiq ittifoq davridagi kolxoz va sovxozlar sharoitida 
o‘tkazilgan, shu bois bu sohada ilmiy izlanishlarni davom ettirish 
dolzarb masaladir. 
Qishloq xo‘jalik mexnatkashlarining ovqatlanishi borasidagi 
kuzatuvlar Rossiya va Ukraina mamlakatlarida birmuncha batafsilroq 
olib borilgan, masalan, V. I. Smolyarning ta‘kidlashicha, Ukrainada turli 
xil qishloq xo‘jaligi ishlari bilan shug‘ullanuvchi mehnatkashlarning 
iste‘mol qiladigan taomlaridagi umumiy quvvat miqdori o‘rtacha 
sarflanadiganiga qaraganda 8 - 16% ko‘p bo‘lib, bunday ovqatlanish 


358 
bu toifadagi odamlar orasida tana vaznining me‘yor darajasidan 
yuqori bo‘lishiga moyillikni oshirib yubormoqda. Ularning 50% 
oshiqcha tana vazniga (me‘yorga nisbatan 15-29% ko‘p) ega ekanligi 
ko‘rsatilgan. Mehnatkashlarning kunlik ovqatida hayvon yog‘lari va 
uglevodlarning me‘yoridan ko‘pligi, oqsillar, poliz mahsulotlari, 
ko‘katlarning esa ancha kamligi aniqlangan. 
Qishloq xo‘jalik mehnatkashlari ovqatlanishining o‘ziga xos 
tomonidan biri shuki, ular ovqati ko‘pincha bir xil bo‘ladi (har xil oziq 
moddalardan foydalanib, turli taomlar tayyorlashning imkoniyati kam 
bo‘lganida ham kishilar qanday ovqatga o‘rganishgan bo‘lsa qayta-
qayta shu taomlarni tayyorlashadi). Ularning tarkibida, ayniqsa, qish va 
erta bahor paytlari vitaminlar juda kamayadi. Ushbu fasllarda oziq-ovqat 
mahsulotlari tarkibida vitaminlar keskin kamayib ketadi, lekin bizning 
sharoitda har qanday faslda ham sabzi, karam, sholg‘om kabi sabzavot 
va ko‘katlar yetarli bo‘lib, ular uzoq muddat saqlansa-da, tarkibidagi 
vitaminlar u qadar kamaymaydi. Faqat ularni davomli qaynatish yoki 
qovurish vitaminlarning ancha qismini (uchdan bir qismidan 
yarmigacha) yo‘qolishiga olib keladi. Shuning uchun aytilgan 
mahsulotlarni pishirmasdan yoki kamroq qaynatib, iloji boricha «tirik» 
holda iste‘mol qilishning foydaliligini tushuntirish va unga har bir kishi 
to‘liq amal qilishi kerak. 
Vitaminli mahsulotlar bilan qishloq aholisini uzluksiz ta‘minlab 
turish imkoniyatlari bor, chunki har xil ko‘katlarni qish faslida ekib hosil 
olish va ulardan keng ko‘lamda foydalanish respublikamiz sharoitida 
mumkin. Buning uchun alohida issikxonalar qurish shart emas, ozgina 
yerni polietilen plyonka bilan yopib, ko‘katlar urug‘i sepib qo‘yilsa 
bas. Mana shunday sharoitda yerqalampir (xren) yaxshi o‘sadi, uning 


359 
ildizi tarkibida esa askorbin kislotasi (S vitamini) limon va apelsinga 
nisbatan ancha ko‘p. Shuning uchun bozordan qimmat narxda sitrus 
mevalarini sotib olmasdan ham vujudning ko‘pgina vitaminlarga 
ehtiyojini to‘liq va osongina qondirish mumkin. Buning uchun bir oz 
e‘tibor va ovqatlanish madaniyati haqida tegishli tushunchaga ega 
bo‘lish talab qilinadi, xolos. 
Yozning issiq kunlarida tushlik ovqat yog‘li, sergo‘sht 
bo‘lmagani ma‘qul, chunki bunday paytlarda, bir tomondan, 
havoning yuqori harorati, ikkinchi tomondan, ovqatning spetsifik-
dinamik ta‘siri mehnat unumdorligining pasayib ketishiga hamda 
kishini ancha bezovtalanishiga olib kelishi mumkin. Oldin ko‘kat, 
pomidor va bodringlardan tayyorlangan salat iste‘mol qilib, keyin bir 
oz issiq ovqat tanovul qilish kerak. Yaxshisi, toza va sovuq suvda ayron 
tayyorlab, uning ichiga pishgan no‘xat, loviya, kartoshka, bodring, 
pomidor va ko‘katlar solib non bilan iste‘mol qilish maqsadga 
muvofiq.

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish