Chala dominantlik. G. Mendel tomonidan o'tkazilgan bu tajribada bir belgi ikkinchi belgi ustidan to'liq dominantlik qiladi. Ammo organizm belgilarining irsiylanishida to'liqsiz dominantlik hodisasi ham uchraydi.
Ingliz olimi U. Betson o'z tajribalaridan birida qora(AA) va oq(aa) patlarga ega tovuq zotlarini o'zaro chatishtirdi. Olingan Fx avlod (Aa)ning hammasi havorangli patga ega bo'lgan. F2da esa duragaylar 3 xil fenotipik sinfga ajralish beradi, ya'ni J/4 qismi qora, 2/4 qismi havorang, V4 qismi oq bo'ldi.Genotipik va fenotipik ajralish nisbati 1:2:1 bo'ldi.
G'o'zada tolaning rangi (qo'ng'ir - AA, novvotrang - Aa, oq - aa), na- mozshomgulda gultojibarglarning rangi (qizil - AA, pushti - Aa, oq - aa), odamlarda soch tolasining (jingalak - AA, taram-taram - Aa, silliq - aa) irsiylanishi oraliq xarakterga ega (45-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |