Tahliliy chatishtirish. Dominant belgiga ega organizmlar fenotip jihatdan o'xshash bo'lsa-da, genotip jihatdan farq qiladi. Ularning genotipini aniqlash uchun tahliliy (bekkross) chatishtirish o'tkaziladi.
Fj avlodda retsessiv belgilarning namoyon bo'lmasligini, F2 da esa dominant belgili organizmlar bilan bir qatorda retsessiv belgili organizmlar hosil bo'lishini tahlil qilib, G. Mendel gametalar sofligi farazini ilgari surdi. Organizmlarda irsiy omillar juft holda bo'ladi. Ular irsiy omillarning birini otadan, ikkinchisini onadan oladi. Duragaylarda ota-onaning irsiy omillari aralashmaydi. U bu hodisani F2 avlodda retsessiv belgili organizmlarning paydo bo'lishi bilan tushuntirdi. Demak, avloddan avlodga o'tganda irsiy omil o'zgarmaydi. Jinsiy hujayra irsiy omillardan faqat bittasiga ega bo'ladi, ya'ni ular «sof» holda bo'ladi. G. Mendelning gametalar sofligi gipotezasi sitologik jarayonlarga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |