O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta masus ta’lim vazirligi



Download 3,97 Mb.
bet159/214
Sana25.06.2021
Hajmi3,97 Mb.
#101523
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   214
Bog'liq
Biologiya fanidan o'qitish materiallari to'plami(1)

Bevosita rivojlanish. Har qanday rivojlanish organizmning sifat o'zgarish- larini o'z ichiga oladigan murakkab fiziologik jarayondir. Bevosita rivojlanishda tuxumdan chiqadigan yoki tug'iladigan individ voyaga yetgan individga o'xshash bo'ladi. Lekin voyaga yetgan individga nisbatan nerv sistemasi faoliyati birmuncha sodda, jismonan ancha zaif hamda ba'zi organlari (jinsiy organlar) yetilmagan bo'ladi. Rivojlanishning bu turi sudralib yuruvchilarda, qushlarda, sutemizuvchilarda kuzatiladi.

Bilvosita rivojlanish. Rivojlanishning bu turi ham xuddi bevosita rivojlanish kabi o'sish bilan davom etib boradi. Voyaga yetgan davrda o'troq yashovchi bulutlar, aktiniyalar, korall poliplari, ko'p tukli halqali chuvalchanglarning lichinkalari harakatchan bo'lib, tarqalishni ta'minlaydi. Hasharotlarda to'liq va chala metamorfoz farqlanadi. Qattiqqanotlilar (qo'ng'izlar), pardaqanotlilar, tangachaqanotlilar, ikkiqanotlilar, burgalar turkumlari vakillari uchun to'liq metamorfoz, suvarak, qandalalar, tog'riqanotlilar, beshiktebratar, bit, termitlar kabi turkumlarning vakillari uchun chala metamorfoz xos. To'liq metamorfozda tuxumdan - lichinka, undan g'umbak, g'umbakdan - voyaga yetgan hasharot rivojlanadi. Chala metamorfoz tuxum, lichinka, yetuk hasharot bosqichlaridan iborat.

Xordalilar tipi lichinkaxordalilar kenja tipi vakili - assidiyada metamorfoz jarayoni yashash tarzining o'zgarishi bilan bog'liq. Assidiya lichinkasida xordali hayvonlarga xos nerv sistemasi, xorda, ko'z rivojlangan bo'ladi. Keyinchalik lichinka o'troq hayot kechirishga o'tib, voyaga yetish jarayonida organizmda regressiv metamorfoz ro'y beradi. Xorda, nerv sistemasining asosiy qismi yo'qolib, qolgani tugunchaga aylanadi. Assidiya metamorfozidan farq qilib, suvda hamda quruqlikda yashovchilar metamorfozida a'zolar sistemasining murakkablashuvi kuzatiladi. Suvda ham quruqda yashovchilar sinfi vakili baqada metamorfoz yashash muhitining o'zgarishi bilan bog'liq.

O'simliklarning ontogenezi o'ziga xos tarzda kechadi. Gulli o'simliklarda ontogenez quyidagi davrlardan iborat: Embrional davr zigotadan boshlanib, urug' hosil bo'lishi va uning pishib yetilishi bilan yakunlanadi. Yoshlik davri urug'ning unib chiqishi, vegetativ organlarning shakllanishi kuzatilib, generativ organ - gul kurtaklarining paydo bo'lishi bilan tugaydi. Ko'payish davrida gul, meva, urug'ning hosil bo'lishi kuzatiladi. Qarilik davrida ontogenez yakunlanadi, o'simlik quriydi.

Bir yillik o'simliklarda ontogenez bir yil davom etsa, ko'p yillik o'simliklarda embrional, yuvenil (yoshlik) davrlari bir marta sodir bo'ladi. Uchinchi davr esa ko'p marta takrorlanadi.



Organizm individual rivojlanishiga tashqi muhit omillarining ta'siri katta. Tashqi muhit omillarining ta'siri embrional davrda ham, postembrional davrda ham kuzatiladi. Organizmlarning rivojlanishiga abiotik omillar: harorat, yorug'lik, namlik, kislorod, har xil kimyoviy birikmalar katta ta'sir ko'rsatadi.


Download 3,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish