Postembrional rivojlanish davri. Tug'ilish yoki tuxumdan chiqishdan keyin ontogenezning postembrional davri boshlanadi.
Postembrional rivojlanish quyidagi davrlarni o'z ichiga oladi. Yuvenil davr - voyaga yetgungacha bo'lgan davr, pubertat davr - voyaga yetgan, yetuklik davri, keksaygan davr.
Yuvenil davr tug'ilishdan boshlanib jinsiy balog'atga yetguncha davom etadi. Bu davr bir-biridan farqlanadigan ikki xil yo'l bilan amalga oshishi mumkin. Rivojlanishning bu yo'llari bevosita (to'g'ri, metamorfozsiz) va bilvosita (noto'g'ri, metamorfozli) rivojlanish deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |