Ammofosfat - Qoratog‘ fosforitini undan olinadigan ortiqcha mikdordagi ekstraksion fosfor kislota bilan parchalash, xosil kilingan kislotali fosfat suspenziyasini ammoniylash, uni bug‘latish, donadorlash va qo‘ritish natijasida ishlab chiqariladigan o‘g‘itdir. Bunda Qoratog‘ fosforitini parchalash uchun qo‘shaloq superfosfatda beriladigan me’yordagi ekstraksion fosfor kislota berilsa, fosforitning parchalanish darajasi unchalik katta bo‘lmaydi. Ammo 150-200% ortikcha olingan kislotada fosforitning karbonatli qismi to‘la, fosfatli qismi esa qisman parchalanadi va fosfat donachalarining asosiy massasi ochiladi, parchalanmagan qismining strukturasi o‘zgaradi va parchalanish jarayonida, ammoniylashtirilgan suspenziyani bug‘latishda, donadorlashda va quritishda o‘simliklarga o‘zlashadigan shaklga o‘tadi.
Belgilangan texnik shartlarga muvofiq, maxsulot tarkibida: 38-39%
P2O5 uiz 20-21% P2O5 ser , 4-5% N va 2% dan kam suv bo‘ladi. 1 t P2O5, hisobida ammofosfat ishlab chiqarishdagi fosfor kislota sarfi ammofosdagiga qaraganda kam bo‘ladi, chunki ammofosfatdagi bir qism P2O5 to‘g‘ridan-to‘g‘ri fosforit unidan o‘tadi.
Nazorat savollari:
1. Makroo‘g‘itlar deb nimaga aytiladi?
2. Mikroo‘g‘itlar tarkibidagi asosiy mikro elenmentlarni ayting?
3. Borli o‘g‘itlar bir gektar erga kancha solinadi?
4. Mikroelemenlarni ishlab chikarishdan maksad nima?
5. Borli o‘g‘itlar kanday erlarga solinadi?
6. Misli o‘g‘itlar kanday erlarga solinadi?
7. Misli o‘g‘itlar xisobida nima ishlatiladi?
8. Marganetsli o‘g‘itlarni tarkibini ayting?
9. Marganetsli o‘g‘itlar kanday erlarga solinadi?
10. Molibdenli o‘g‘itlar kaerlarda ishlatiladi?
11.Ammofos tarkibida qanday ozuqa moddalari mavjud.
12. Ammofos olish reaksiyalarini yozing.
13.Tezkor ammonizator bug‘latgichda boradigan jarayonni tushuntiring.
14. Barabanli donadorlash qo‘ritgichda boradigan jarayonni tushuntiring.
Adabiyotlar
Mirzakulov X. Ch., Shamsiddinov I.T., To’raev Z. Murakkab o’g’itlar ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik hisoblar. Oquv qo’llanma. Toshkent. “Tafakkur Bostoni”. 2013. 216 b.
Ибрагимов Г. И. Эркаев А.У. Якубов Р. Я. Туробжонов С. М. Калий хлорид технологияси. Ўқув қўлланма. Тошкент. 2010. 210 б.
Gafurov Q., Shamsiddinov I.T. Mineral o’g’itlar ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik hisoblar. Darslik. Toshkent. “Fan vatexnologiya”. 2010. 360 b.
Raymond Chang, Jonn W.Thoman, JR, Physical Chemistry for the chemical sciences, 2014, Universiry Science Books.
Do'stlaringiz bilan baham: |