O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus



Download 2,59 Mb.
bet75/170
Sana19.02.2022
Hajmi2,59 Mb.
#458775
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   170
Bog'liq
min o\'git maj lot 19-20 й

14.2. Borli o‘g‘itlar.
Borli o‘g‘itlar eng keng tarqalgan mikroo‘g‘it hisoblanadi. Borat kislotasi H3BO3 va uning tuzlari borli konsentrlangan o‘g‘it hisoblanib, uning tarkibida 99,6-97% H3BO3 bo‘ladi.
Urug‘larga purkashda uni texnik talk bilan aralashtirilib, tarkibidagi H3BO3 14-16% gacha etkaziladi. Ko‘p xollarda esa uni oddiy va qo‘shalok superfosfatlar xamda nitroammofoskalarga qo‘shib ishlatiladi. Bu maksadlarda asosan bura Na2B4O7*10H2O dan foydalaniladi. Maxsulot sifatida ishlatiladigan buraning yuqori navida 99,5% va 1-navila esa 94% asosiy modda bo‘ladi. Bundan tashqari 1- va 2-navdagi kalsiy borat (45±0,75% CaO va 40% dan kam bo‘lmagan B2O3) xam borli o‘g‘it sifatida ishlatiladi. Mustakil ravishdagi mikroo‘g‘it sifatida esa sanoat chiqindilari va tabiiy boratlar ishlatiladi.
Borli o‘g‘itlar olishda ayrim tuzli ko‘llarning suvlari, neft qazishdagi oqavalar, rudalarni boyitishdagi borli chiqindilar va boshqalar ishlatiladi. Kul, torf va gung tarkibida xam ma’lum mikdordagi bor birikmalari bo‘ladi. Kaliyning mineral tuzlari tarkibida esa 4-8 mg/kg atrofida bor bo‘ladi.
Borat kislotasini ishlab chiqarishda tabiiy boratlarga sulfat kislotali ishlov beriladi. Bunda chiqindi sifatida 21-23% MgSO4 va 1,8-2,5% H3BO3 bo‘lgan eritma xosil bo‘ladi. Uni sochma quritgichda bug‘latish orqali quritiladi. Natijada maxsulot tarkibida 13% H3BO3 va 13% MgO bo‘lgan bormagniyli o‘g‘it olinadi. SHunday usul bilan bu eritmaga borat kislotasi qo‘shib kuritish orqali borli konsentrat (H3BO3 20% dan kam emas) olinadi. Bu o‘g‘itlar tarkibidagi magniy xam o‘simliklar tomonidan yaxshi o‘zlashtirila oladigan xolatda bo‘ladi. SHuning uchun bunday o‘g‘itlardan nafaqat borli o‘g‘it sifatida, balki magniyli o‘g‘it sifatida xam foydalaniladi.
14.3. Misli, ruxli, marganetsli, molibdenli va kobaltli o‘g‘itlar.
Misli o‘g‘itlar faqatgina xosildorlikni oshirish uchungina emas, balki o‘simlik va tirik organizmlarni kasalliklardan saklash uchun xam xizmat kiladi (inson organizmida misga bo‘lgan talab sutkasiga 2 mg ni tashkil etadi).
Ko‘pincha misli o‘g‘it sifatida mis metali ishlab chiqaruvchi korxonalarning kolchedan kuyundisi ishlatiladi. Uning tarkibida 0,3-0,6% Cu, shuningdek Zn, Co va Mo mikroelementlari xam bo‘ladi. Bundan tashqari misli o‘g‘it sifatida misli shlaklar va maydalangan mis rudalari xam ishlatiladi.
Konsentrlangan misli o‘g‘it sifatida mis kuporosi CuSO4*5H2O dan (23,4-24% Cu tutgan) foydalaniladi. Uni asosiy o‘g‘it bilan birgalikda, urug‘larga ekishdan oldingi ishlov berishda va unda fungitsidlik xossasi bo‘lganligi uchun uning eritmasini o‘simliklarga sepishda kullaniladi. Urug‘larga changlatish (sepish) uchun uni talk bilan (5,6-6,4% Si hisobida) aralashtiriladi.
SHuningdek, sanoat chiqindilaridan foydalanilgan xolda mis kaliyli (90±1% KC1, 1±0,2% Cu), misli ammofos (0,3-0,5% Si) lar xam ishlab chiqariladi.
Ruxli o‘g‘itlar sifatida ko‘pincha rux sulfat ZnS04*7H2O ishlatiladi. qishloq xujaligida 21,8-22,5% Zn tutgan, talk bilan aralashtirilganda esa 8,1-9,9% Zn tutgan, shuningdek ruxli polimer o‘g‘itlar PMU-7 (2n 25% dan kam emas) va ruxli belila bo‘yog‘i ishlab chiqarish korxonasining chiqindisi ishlatiladi. Bunday chiqindilarda Cu, Mi va boshqa mikroelementlar xam bo‘ladi. Rux tuzlarini ammofosga (~1,4% Zn) va karbamidga (1,5-1,7% Zn) xam qo‘shish yo‘li bilan o‘g‘itlar ishlab chiqariladi.
Marganetsli o‘g‘itlar sifatida marganets rudalarini boyitishdagi quyqumlar ishlatiladi. Bu kuykumlar quritilgach, uning tarkibidagi MnO mikdori 14% o gacha etadi. Suvda eruvchi o‘g‘it sifatida karbonatli marganets rudasini yoki MnO ni sulfat kislotali ishlashdan xosil bo‘ladigan MnSO4*5H2O xam ishlatiladi. Uni oddiy superfosfatga xam (1,5±0,5% Mn) qo‘shiladi.
Molibdenli o‘g‘itlar sifatida asosan suvda eruvchan ammoniy paramolibdat 3(NH4)2O*7MoO3*4H2O yoki ammoniy molibdat 5(NH4)2O*12MoO3*7H2O xamda ammoniy-natriy molibdat ishlatiladi. Ularni ferrokotishmadan elektrolampochka va boshqa korxonalar chiqindilaridan olinadi. Nitrofoskaga (0,2±0,05% Mo), qo‘shaloq superfosfatga (0,2±0,02% Mo) va oddiy superfosfatga xam (0,13±0,03% Mo) qo‘shiladi. Kobaltli o‘g‘itlar sulfatli va xloridli xolida ishlatiladi. U qo‘shaloq superfosfat, nitrofoska va ammofosga (-0,1% So hisobida) qo‘shiladi. Fosforit unida xam 0,001-0,02% atrofida kobalt bo‘ladi. Uning asosiy qismi o‘g‘it tarkibiga o‘tadi.
Kompleks mikroo‘g‘itlar sifatida borat kislotasi, mis, rux, kobalt va marganets sulfatlari, ammoniy molibdat va kaliy yodid aralashmalari ishlatiladi. Kompleks mikroo‘g‘itlar tarkibida 5,5% V, 2,8% Si, 5,5% Zn, 1±0,1% Mo va So, 11% Mn bo‘ladi. Ular 0,18 g va 0,36 g li tabletkalar xolida ishlab chiqariladi. Borat kislotasi, mis, rux va marganets sulfatlari, molibden (III)-oksid va talkni maydalab aralashtirish natijasida mikroelementli kukun xosil kilinadi. Bunday kukunning tarkibida 2,4-2,8% B, 5-6% Cu, 8-10% Zn, 9,5-11% Mo, 6,5-8,0% Mn bo‘ladi. Un xildan ortiq turdagi bunday mikroo‘g‘itlar ishlab chiqariladi.
O‘simliklardagi xloroza kasalligiga qarshi (temir etishmasligidan shu kasallik kelib chiqadi) antixlorozin — Fe-DTPA dan foydalaniladi. Uni temir kompleksonati (temir dietilentriaminopentaatsetat) deb xam ataladi. Rux, mis, marganets va boshqa metallarning kompleksonatlari xam mikroo‘g‘itlar sifatida ishlatilishi mumkin. Ular suvda yaxshi eriydi, tuproqdagi mikroorganizmlar ta’sirida parchalanib ketmaydi xamda tuproq tarkibidagi o‘simlikka o‘zlashmayotgan mikro- va makroelement birikmalarini o‘zlashadigan xolatga keltiradi. Bunday kompleksonatlarni makroo‘g‘itlar ishlab chiqarish jarayonida o‘g‘it tarkibiga xam kiritilishi mumkin.
Tablitsa 13.2.
Mikroelementlarning makroelementlarga qo‘shish dozasi



Mikroelement

Qo‘shish dozasi, mass, %

Belgisi

1.

Kobalt

0,1

So

2.

Molibden

0,2

Mo

3.

Margenets

1,5

Vn

4.

Rux

1,4-1,7

Zn

5.

Mis

0,3-0,5

Cu

14.4. Ammofos ishlab chiqarishning texnologik sxemalari
O‘g‘it sifatida ishlatiladigan ammofos ishlab chiqarishda kuyidagi turli ko‘rinishdagi texnologik sxemalar kullaniladi:
1. Bug‘latilmagan (20-30% P2O5) ekstraksion fosfor kislotani neytrallash va (changlatgichli, barabanli yoki kaynovchi qatlamli) ko‘ritgichda suvsizlantirishga asoslangan sxemalar;
2. Bug‘latilmagan (20-30% P2O5) fosfor kislotani neytrallash, so‘ngra ammofos suspenziyasini bug‘latish xamda donadorlash va ko‘ritishni barabanli donadorlash ko‘ritgichlari (BDK) da amalga oshirishga asoslangan sxemalar;
Birinchi EFK xolda ammiak bilan (pH=5) neytrallanadi. Bunda xarakatchan suspenziya hosil bo‘ladi. 100-105°C xaroratli bu suspenziyani bir qismi (70-80% miqdori) oxirgi reaktordan changlatgichli ko‘ritgich 5 ga tushadi, u erga shuningdek gazsimon yoki suyuq yoqilg‘ini yondirilishidan olingan o‘txona gazlari beriladi. Qo‘ritgichdan chiquvchi mo‘rili gaz xarorati 100-115°C bo‘ladi va changdan tozalanishi uchun siklon 6 dan o‘tadi.
Qo‘ritilgan (1% namlikkacha) kukunsimon ammofos uzluksiz ravishda ikki valli shnekli aralashtirgich 13 ga kelib tushadi, u erga shu bilan bir vaqtda tayyor maxsulotning mayda fraksiyasi va suspenziyaning qolgan (20-30%) qismi beriladi. Nam (10-12% H2O) ammofos donachalari aralashtirgichdan donachalarni dumaloklovchi baraban 14 ga va so‘ngra ko‘ritish barabani 15 ga yuboriladi. Ko‘ritilish mo‘rili gazlar bilan (350° C da) amalga oshiriladi.
Ko‘ritilgan donachalar ajratiladi. 3,2 mm dan yirik donachalar fraksiyasi maydalanadi va yana ajratishga beriladi yoki fosfor kislotada eritiladi va jarayonga (ammoniylashtirishga) qaytariladi. 1 mm dan mayda fraksiyalar donadorlashga yuboriladi; 1-3,2 mm li donachali fraksiya esa tayyor mahsulot sifatida chiqariladi. Apatit va Qoratog‘ fosforiti asosidagi mahsulot tarkibida, muvofiq ravishda: 52 va 47% P2O5umum, 51 va 46% P2O5uzl, 50 va 41% P2O5suv.e, 12 va 11% N, 1% H2O, 0 va 4% MgO, 3,5 va 3% F bo‘ladi.
14.1-rasm. CHanglatgichli qo‘ritgichli ammofos ishlab chiqarish sxemasi.


1 — reaktor saturator; 2 — suspenziyani yig‘gich: 3 — markazdan qochma nasos; 4 —suspenziyani me’yorlashtirgich; 5 — changlatgichli qo‘ritgich; 6 — siklon, 7 — ventilyator; 8 — absorberlar; 9 — shnek; 10 — maydalagich; 11 — elevator; 12 — bunker; 13- ikki valli aralashtirgich; 14 — dumalanuvchi baraban; 15 — barabanli qo‘g‘itgich; 16 — ikki xil teshikli elak; 17 — qo‘ritgich; 18 — transporter.

Ammofos suspenziyasini quritishning ancha takomillashgan usuli — uni qo‘ritishni BDK yoki BDKS — barabanli donadorlash qo‘ritgichli sovutgich jixozlarida amalga oshirish hisoblanadi. Ammofos suspenziyasini oraliq bug‘latish sxemasi keng tarqalgandir (7— rasm). Boshlang‘ich fosfor kislotani oldindan natriy yoki kaliy sulfat, yoki soda bilan qayta ishlash undan anchagina mikdordagi ftorning ftorsilikatlar tarzida yo‘qotilishi ta’minlaydi va shu bilan bir vaqtda undagi kalsiydan tozalanadi va boshqa qo‘shimchalar (G‘e, A1) mikdori kamaytiriladi. Bu ammofosdagi o‘zlashuvchan va suvda eruvchan P2O5 ning konsentratsiyasini oshiradi, chiqindi gazlaridan ftorning ajratib olinishini osonlashtiradi, buning uchun ftorsizlangan fosfor kislota ishlatilishi mumkin.


Fosfor kislota (22-29% P2O5) gaz xolatdagi ammiak bilan pH = 5-5,5 gacha TAB tezkor ammoniylashtiruvchi bug‘latgich jixozida neytrallanadi (8 — raem). Bu vertikal reaksiya kuvuri F= 0,6 m, 6 m ostidagi Venturi soplosi (ichida gaz yoki suyuqlik tezligi oshadigan o‘zgaruvchan kesimli kanal yoki qisqa quvur) dan ammiak va kislota kiritiladi. Reaksiya issiqligi hisobiga massa qaynaydi va yuqoriga xarakatlanadi, 1-2 minut ichida separatorga etib boradi, suspenziya u erdan aylantiruvchi kuvur orqali reaksion quvurga qaytariladi. Uning bir qismi separatordan konsentrlashga yuboriladi. Separatordan chiqadigan bo‘g‘ issiqlik almashtirgichda boshlangich kislotani isitish orqali kondensatlanadi. Ammofos suspenziyasi (NH3:H3PO4 =1,1) ko‘p qobiqli bug‘latish qurilmasida konsentrlanadi, u erda undagi suv miqdori 55-56% dan 18-25% gacha kamaytiriladi; 1-qobiq vakuum ostida, 2-qobiq - atmosfera bosimida, 3-qobiq - yuqori bosimda ishlaydi; yangi xosil kilingan bug‘ (0,3 mPa) 3- va 4-qobiqqa beriladi, 1- va 2-kobiklarda esa jarayonda xosil bo‘ladigan bug‘ ishlatiladi. So‘ngra 112-115°C xaroratli suspenziya BDK jixozida ko‘ritiladi va shu bilan bir vaqtda donadorlanadi. Sovutilgan va elakda ajratilgan maxsulotning zarracha o‘lchami 1 mm dan kichiq bo‘lgan fraksiyasi BDK jixoziga tashqi retur sifatida qaytariladi. Yirik fraksiya maydalashga yuboriladi, maxsulot fraksiyasi esa 45°C gacha (konteynerlarga yuklashda yoki qog‘oz qoplarga joylashtirishda) yoki 55°S gacha (polietilen qoplariga joylashtirishda) sovutiladi.

14.2 — rasm. Ammofos suspenziyasini bug‘latish va BDK jixozida donadorlashtiruvchi ammofos ishlab chiqarish sxemasi.
1— TAB jixozi; 2 — bug‘latuvchi jixozlar; 3 — aylantiruvchi nasoslar; 4 — bug‘latilgan suspenziya yig‘ivchi; 5 — BDK jixozi; 6 — elevator; 7 — elak; 8 — valkali maydalagich; 9- sovutgich; 10 — suruvchi nasadkali absorber; 11 — yuvish minorasi; 12 — suyuq ammiakni bug‘latgich; 13 — oraliq bak; 14 — issiqlik almashtirgich.

CHiqindi gazlari



14.3 – Tezkor ammonizator bug‘latgich.
Apatitdan (51% P2O5, 12% N) va Qoratog‘ fosforitidan (47% P2O5, 11% N) 1t ammofos maxsuloti ishlab chiqarish uchun sarf koeffitsientlari muvofiq ravishda, taxminan quyidagicha bo‘ladi: ekstraksion fosfat kislota (100% P2O5) — 0,54 va 0,5 t; NH3 — 0,15 va 0,14 t; tabiiy gaz (34,8 Mj/m3) — 28 m3; elektroenergiya 111 kVt*s; suv — 22 m3; qisilgan xavo - 60 m3. P2O5 dan foydalanish darajasi 96% ni, NN3 dan esa — 97% ni tashkil etadi.
Ammoniylashtiruvchi donadorlagich (AD) ishlatilgan xoldagi sxema bo‘yicha ammofos olishda (12.9 — rasm) 50-54% P2O5 gacha bug‘latilgan ekstraksion fosfor kislotaga chiqindi gazlarini absorbsiyalashdan olinadigan oqavalar qo‘shilib undagi P2O5 mikdori 47-48% gacha kamaytiriladi, aralashtirgichli reaktorlarda ammiak gazi bilan NH3:H3PO4 = 0,6-0,7 molyar nisbatigacha neytrallanadi. 120-125°C xarorat va 17-18% namlikdagi (ammoniylashtirish issiqligi hisobiga reaktorlarda 20-25% bug‘langan) kislotali (rN 3) suspenziya AD jixoziga beriladi (12.10 — rasm). AD jixozida 85-95°C xaroratda massa NH3:H3PO4 = 1-1,05 molyar nisbatigacha qo‘shimcha neytrallanadi va maxsulot donadorlanadi; unda jarayonga berilgan 50% suv bug‘lanadi. AD jixozidan chiqadigan nam (2,5-3,5% H2O) donachalar to‘g‘ri oqimli barabanli qo‘ritgichda (250-350°C xaroratdagi) o‘txona gazlari bilan donachalar xarorati 75-90° C bo‘lgan xolda qo‘ritiladi. So‘ngra u elanadi va maxsulot fraksiyasi sovutgichda 75-90°S dan 45-55°C xaroratgacha sovutiladi.






Neytralizatsiya


N2O


Atmosfera Atmosfera


14.4 — rasm. AD jixozi bilan donadorlangan ammofos olish sxemasi:


1 — neytrallagich; 2 — ammoniylashtiruvchi; 3 - qo‘ritgich; 4 — siklonlar; 5 — elaklar; 6 — sovutgich; 7,8 — absorber.
Qo‘ritish barabanidan (105-1150C da) chiqadigan xamda neytrallagich va ammoniylashtiruvchi donadorlagichdan surib olinadigan gazlar chang, ammiak va ftordan tozalanadi; xosil bo‘ladigan oqavalar reaktor-neytrallagichlarga yuboriladi.
Mahsulot tarkibida ftor mikdorining kam (1% dan oshmasligi) keltirib utilgan jarayonning afzalliklaridan biri hisoblanadi; kuchsiz kislota ishlatilganda esa u 3,5-4% ni tashkil kiladi.

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish