O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus


Suyuq azotli o‘g‘itlarning fizik-kimyoviy xossalari



Download 2,59 Mb.
bet71/170
Sana19.02.2022
Hajmi2,59 Mb.
#458775
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   170
Bog'liq
min o\'git maj lot 19-20 й

16.2. Suyuq azotli o‘g‘itlarning fizik-kimyoviy xossalari.

Suyuq, ammiak tarkibida 52,3% N bo‘ladi va chet ellarda, ayniksa AQSH da keng qo‘llaniladigan eng konsentrlangan azotli o‘g‘it xisoblanadi. Atmosfera bosimida ammiak —33,3°S xaroratda qaynaydi va —77,7°S da muzlaydi. Suyuq ammiak ustidagi bug‘ bosimi:


Xarorat, "S -30 -10 0 10 20 30 1 40
Bosim, MPa 0,119 0,289 0,427 0,612 0,853 1,161 1,546
Suyuq, ammiak germetik rezervuarlarda bosim ostida yoki izotermik idishlarda saqlanadi va 2 MPa gacha bosimga bardoshli po‘lat sisternalarda tashiladi, shuningdek ammiak uzatish quvurlari orqali etkazib beriladi. Belgilangan Davlat standartlariga binoan, suyuq ammiak uch xil markada: A — ishlab chiqarish extiyoji uchun; A- eksport qilish uchun va ammiak quvurlari orqali etkazib berish uchun; B-o‘g‘itga qayta ishlash uchun va qishloq ho‘jaligida azotli o‘g‘it sifatida foydalanish uchun ishlab chiqariladi. Uning tarkibida markasiga muvofiq ravishda: 99,96, 99,6 va 99,6% dan kam bo‘lmagan NN3 0,04, 0,2-0,4 va 0,2-0,4% dan ko‘p bo‘lmagan suv (bug‘latilishidan keyingi qoldiq). 2,2 va 8 mg/l moy, 1,1 va 2 mg/l temir bo‘lishi kerak.
Ammiak suvda juda yaxshi eriydi: 0°C xarorat va NH3 ning parsial bosimi atmosfera bosimiga teng bo‘lganda 1 xajm suvda 1176 xajm (n.sh. da), 20°C da esa — 702 xajm ammiak eriydi. Atmosfera bosimida ammiakli suvdagi ammiakning miqdori O0C xaroratda 46,7% ga, 500C da esa 18,6% ga teng. Ammiakning suvda eruvchanligi, uning eritmasi ustidagi bosim va xarorat bilan bog‘liqligi 3 — rasmda tasvirlangan.



0,05 0,10 0,15 0,20 bosimi, MPa
16.1.— rasm. Ammiakning suvda eruvchanlik edotermalari.
Texnik ammiakli suv Davlat standarlariga muvofiq ikki xil markada: A — (oliy va birinchi nav) — ishlab chiqarish maqsadlari va erkin savdo uchun hamda B - qishloq xujaligi uchun ishlab chiqariladi. A marka uchun N1-13 ning eritmadagi ulushi (25% dan kam emas) va uchmaydigan qoldik miqdori (0,07 va 0,2% dan kun emas) me’yorlangandir; B markali mahsulot uchun — NN3 miqdori 25% dan kam emas (yozgi davrlarda — 22% dan kam emas), CO2 8 g/l dan ko‘p emas va mis 10 mg/l dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Ammiakli suv ustidagi bug‘ bosimi nisbatan kam (masalan, 25% NH) va 20°S dagi umumiy bosim -0,045 MPa bo‘lganligi tufayli uni yopiq po‘lat sisternalarda yoki 0,15-0,2 MPa bosimga mo‘ljallangan sisternalarda saqlanadi va tashiladi. 25% li ammiakli suvning 20°S xaroratdagi zichligi 907 kg/m ga tengdir. 25% li eritmaning muzlash xarorati —56°C ga, 22% li eritma uchun esa —33°S ga teng.
Ishchi xonalar xavosida ammiakning belgilangan me’yordan ortiqcha bo‘lishi yuqori nafas olish yo‘llari va kuzning shilliq pardalarini zararlaydi. Xidini sezish chegarasi 37 mg/m ga teng. Ishlab chiqarish xonalari atmosferasidagi yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan konsentratsiyasi — 20 mg/m ga teng. Tarkibida 15-28% (xajmiy) NH3 bo‘lgan ammiakning xavo bilan aralashmasi yong‘in uchun xavflidir. Suyuq ammiak teriga sachraganda kuydiradi va tuzalishi qiyin yara hosil qiladi.
Qattik amminlar (ammiakatlar) — ayrim qattiq tuzlarni (yoki ular suvli eritmalarini) suyuq yoki gaz xolatidagi ammiak bilan ta’sirlashishidan hosil bo‘ladigan kompleks kristall birikmalar ko‘rinishida bo‘ladi. Ulardagi azot uch atom vodorod bilan bog‘langandir (NH3). Bu birikmalar amminokomplekslar deyiladi, aminobirikmalar (amidlar) dan farqli ravishda, ulardagi azot aminogruppa NH2 tarzida bo‘ladi. Ammoniy nitrat asosida olingan ammiakatlar tarkibi
NH4NO3 ·nNH3·mH2O formulaga muvofiq keladi; kalsiy va ammoniy nitratlari asosidagi ammiakatlar Ca(NO3)2*xNH4NO3*nNH3*mH2O tarkibga egadir. Qattiq ammoniy nitrat —15 dan 25°S gacha xaroratda gaz xolatdagi ammiakni shiddatli biriktiradi va suyuq xolatga o‘tadi — Dayvers suyuqligi deb ataladigan suyuqlikni hosil qiladi. —10°C xaroratda uning tarkibi NH4NO3·2NH3 formulaga javob beradi. Xaroratning ko‘tarilishi bilan ammiakning ajralishi kuzatiladi va 28°C xaroratda qattiq tuz NH4NO3*NH3 hosil bo‘ladi, u osonlik bilan ammiakni yo‘qotadi. O‘g‘it sifatida ishlatiladigan suyuq ammiakatlar –NH4NO3,(NH2)2CO, Ca(NO3)2, (NH4)2CO3 ning ammiakli suvdagi eritmalari — ochiq rangli eritmalar ko‘rinishida bo‘lib, zichligi ular tarkibiga bog‘liq xolda 900-1250 kg/m chegarasida bo‘ladi. Ammiakatlar ustidagi bug‘ bosimi suyuq ammiakdagiga nisbatan anchagina past bo‘ladi. Nitratlardan tashqari ammoniy karbonatlari bo‘lgan eritmalar karboammiakatlar deyiladi. ammiakatlarning kristallanish xarorati — ular tarkibidagi ammiak miqdorining ortishi va suv miqdorining kamayishi bilan pasayadi.
Keyingi paytlarda karbamid va ammiakli selitraning suvli eritmalari (KAS eritmalari) hammasidan ham ko‘proq ishlatilmokda. Unga korroziya ingibitori sifatida hammasi bo‘lib 0,5% NH3 va 0,2% P2O5 ammoniy fosfatlari tarzida qo‘shiladi. Ular, tarkibida 28, 30, 32 va 34% umumiy azot tutgan mahsulot sifatida ishlab chiqariladi. Masalan, KAS-28 tarkibida 30,0% va 40,1% NH4NO2..( bo‘lib, 15,6°C dagi zichligi 1283 kg/m ga teng va —18°C xaroratda kristallanishi boshlanadi. KAS-32 tarkibida 36,4% (NH2)2CO va 43,3% NH4NO3 bo‘lib, uning zichligi 1327 kg/m3 ga va kristallanish xarorati —2°C ga tengdir. YOngin uchun xavfsiz bo‘lishi uchun KLS eritmalaridagi NH4NO3 miqdorini 45% dan oshirilmasligi kerak.
KAS eritmalarining amminlar eritmalari va suyuq, ammiakdan avfzalligi shundaki, ular tarkibida oz miqdordagi uchuvchan ammiak bo‘lganligi uchun azotning yo‘qotilishi kuzatilmaydi. SHu tufayli ularni yuqori bosimga mo‘ljallanmagan va arzon uglerodli po‘latlardan tayyorlangan po‘lat rezervuar va sisternalarda saqlash va tashish, ancha sodda usullarda tuproqka solish mumkin.
Nisbatan yuqori kristallanish xaroratiga ega bo‘lgan suyuq o‘g‘itlar mavsumiy xisoblanadi (ular 1 martdan 1 noyabrgacha ishlatiladi).

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish