Ish vaqtining qisqarishi va vazifadagi o‘rindoshlik. Ish vaqtining qisqartirilishi — kerakli miqdorda ish haqi to‘lanishining pasayib, ish haftasining kichrayishi, ya’ni ishdan bo‘shatish hollarini kamaytirish usullaridan biri.
Vazifa miqdorining bo‘linishi (o‘rindoshlik) — bir ish joyidagi
to‘liq ish vaqtining, qulaylik uchun, ikki xizmatchiga bo‘lib berilishi.
Ofis mebellarini ishlab chiqarish bilan hammaga mashhur bo‘lgan, eng yirik kompaniyalardan biri - "Stillcase" kompaniyasida, bunday usul 1982- yildan beri qo‘llanib kelinadi. Mazkur kompaniya xizmatchilari, o‘z vazifalarini o‘rindoshlik bilan bo‘lib ishlash huquqiga, bir yil davomida to‘liq ish kunida ishlab berganlaridan keyingina ega bo‘ladilar, bunda ularning vazifasi nazorat va moliyaviy mas’uliyatga bog‘liq bo‘lmasligi lozim. Bunday xodimlar, birgalikda haftasiga 40 soat ishlab berishlari kerak, bunda ularning har biri oylik ish haqining 50foiz ni oladi. Masalan, o‘rindoshlik vazifasidagi ikkita ayol, haftasiga ikki yarim kun ishlab, har chorshanba kuni tushlik vaqtida uchrashib, o‘z ma’lumotlari bilan o‘rtoqlashadilar.
Hozirgi kunda, vazifadagi o‘rindoshlik uslubi xususiy biznesdan ko‘ra, davlat muassasalari va oliy o‘quv yurtlarida keng tarqalgan. 1984- yilda, federal davlat xizmatchilarining nizomida ushbu "qurol"ga ilk bor alohida paragraf ajratilgan edi. Boshqa sohalarda bu usulning tarqalishi kuzatilmaydi.
Tashkillashtirishga yo‘naltirilgan usullar. Xizmat doirasini kengaytirish — ishchi-xodimlarga kompaniyaning kundalik ishlarida ishtirok etishlari uchun katta imkoniyatlarning berilishi.
Maqsadlarga erishishdagi ishtirok — komanda ishidagi muvaffaqiyatli natijalari evaziga muntazam ravishda pul mukofotlarining olinishi.
Tashkillashtirish ishlariga yo‘nalgan asoslantirish uslublarining ko‘pchiligi bir xil kategoriyaga to‘g‘ri keladi: ishchilarning xizmat doirasini kengaytirish, kompaniyaning kundalik ishlarida ishtirok etishlari uchun katta imkoniyatlar berish.
"Jamoa bo‘lib boshqarish" nomi ostida mashhur bo‘lgan ushbu uslublarni, ilk bor "Federal Express" kompaniyasi qo‘llagan. Bu kompaniya xodimlariga ishga qabul qilish va ish joyidan yuqori lavozimga ko‘tarishda qarorlar chiqarishda ishtirok etish, mahsulot sifatini nazorat qilish guruhlarida ishlash, kadrlar masalasida va tezkor qaror qabul qilish ishlarida rahbariyat bilan birgalikda ishlash uchun o‘z vakillarini tanlash, o‘zi xohlagan taftish bo‘limiga shikoyatlar qilish
huquqlari berilgan. Kompaniya ishlariga xodimlarni jalb etishning shu kabi uslublari, tashkilotda birdamlik muhitining qaror topishiga yordam beradi.
Ishchilarning xizmat doirasini kengaytirishning asosiy uslubi - o‘z- o‘zini boshqarishga asoslangan ishchi komandalarini shakllantirish. Bunday komandalar, o‘z vazifasini o‘zi belgilay oladigan, ularni hal etish yo‘lida yangi yechimlar topa oladigan, o‘z ishini o‘zi boshqara oladigan xizmatchilardan iborat guruhlardan tashkil topgan. Ana shu uslubdan foydalanadigan kompaniyalarda o‘tkazilgan so‘rovlar shuni tasdiqladiki, bunday komandalar turli yo‘llar bilan tashkil etilib, ulardagi xizmatchilar soni 6 tadan 32 gacha bo‘ladi. Mazkur komandalarning muvaffaqiyatli ishi tufayli ishchi kuchiga ketadigan xarajatlar miqdori kamayib, mehnat unumdorligi oshgan, mahsulot sifati va ishchilarning ma’naviy ruhi ko‘tarilgan. Bu uslubni qo‘llashdagi asosiy qiyinchiliklar mazkur tizimdan foydalana bilmaslik, ishchilarning rahbariyatga ishonchsizligi va menejerlarning qarshiligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Albatta, agar ishchi komandalarining g‘oyalari maxsus haq to‘lash dasturlari bilan qo‘llab-quvvatlanmasa, ular chiqarayotgan mahsulot unumdorligining pasayishi muqarrar. Ana shunday dasturlardan biriga misol sifatida maqsadlarga erishishdagi ishtirokni keltirish mumkin. Uning mohiyati shundaki, pul mukofoti komanda ishining natijalariga bog‘liqdir. Bunday mukofotlar, odatda, oyda bir marta beriladi.
Moliyaviy rag‘batlantirishning yana bir ko‘rinishi — kompaniya aksiyalaridan bir qismini berish. Bu dasturlarning maqsadi — odamlarga, ularning mehnat faoliyati va pul mukofotlari orasidagi bog‘liqlikni namoyish etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |