6.1.2-rasm. Yuqori samaradorli komandalarning xususiyatlari42
Komanda soni uch bilan o‘n ikki kishi orasida bo‘lishi mumkin. Komanda soni uchtadan kam bo‘la olmaydi. Chunki ikki kishi orasidagi har qanday faoliyat birinchi navbatda o‘zaro shaxsiy munosabatlar tariqasida qabul qilinadi. Shuning uchun har qanday munosabatlarga komanda me’yorlari va qadriyatlari xos bo‘lishi uchun, kamida yana bir a’zo (uchunchi a’zo) mavjud bo‘lishi zarur. Komanda sonining yuqori chegarasi 12 kishidan osha olmaydi. Chunki oddiy odamning sensorlik imkoniyatlari bir vaqt ichida o‘ntagacha boshqa odamlar bilan bo‘lgan aloqalarni nazorat ostida ushlashga qodir. Shunga qaramay komanda soni me’yoridan oshiq bo‘lsa, quyidagi oqibatlar kelib chiqishi mumkin:
Komanda tarkibi o‘zgaruvchan bo‘lib qoladi (doim kimdir komandadan
chiqib, kimdir kiraveradi);
Katta komanda ichida bir yoki ikki guruh paydo bo‘ladi;
Komandaning butuniyligi yo‘qoladi. Atrof-muhit bilan komandaning
tashqi munosabatlarida birlik bo‘lmaydi.
Komandani lider boshqaradi. Lider liberal uslubida boshqaradi. Liderning strategik, ayniqsa, mushqul va mas’uliyatli vazifalari - bu komanda mafkurasini ishlab chiqish, strategik maqsadlarni kashf etish, komandaga yuqori malakali mutaxassislarni tanlab taklif etish va komanda faoliyatida korporativ ruhini rasm qilish. Liderning operativ vazifalari quyidagilardir:
Komandada a’zolarning o‘zaro shaxsiy munosabatlarini kuzatib borish, yaxshilash va quvvatlash;
Komandaning qoidalariga, me’yorlariga va qadriyatlariga mutaxassislarning rioya qilishini ta’minlash;
Komandaning manfaatlarini har yerda himoya qilish. Muvaffaqiyatli lider uchun eng muhimi: oydin maqsadlar o‘rnatish, aldamchi umidlarni tug‘dirmaslik, har bir faoliyatni kichikdan boshlash. Va’da berish barchasidan oson. Bajarilmagan va’dalar lider obro‘sini tushiradi. Lider doim ishchisi erishgan yutuqlarni tan oladi va maqtovga loyiqlarni rag‘batlantiradi. Komandada sog‘lom ruhiy "iqlim"
yaratish uchun va komanda a’zolari o‘z kuchiga ishonishlari uchun lider har qanday imkoniyatdan foydalanadi. Lider barcha mutaxassislar bilan birgalikda ishlaydi. Kuchli lider ish jarayonida hech qachon bir chetda turmaydi.
Komanda yaratish mushkuldir. Asl komanda a’zolarining asosiy xususiyatlari quyidagi talablarga javob berishi lozim: o‘z kuchiga tayanish, mustaqillikga intilish, muvaffaqiyatga chanqoqlik va hisobli tavakkallikga moyillik. Manfaatlari va havaslari umumiy bo‘lganligi uchun, fe’llari va odatlari bir-biriga to‘g‘ri kelganligi uchun yuqori malakali mutaxassislar komandada birlashadilar. Ular komanda bilan ixtiyoriy birlashish orqali, o‘zlarining ham ayrim aniq shaxsiy ehtiyojlarini qondirishga intiladilar.
Sog‘lom ruhiy «iqlim»ga ega bo‘lgan ahil komandani qurish usullari kichik mehnat guruhlarining yaratilishga asoslangan. Ushbu usullar komanda xodimlarning yoshi, jinsi, mutaxassisligi va temperamentidek alomatlar
mutaxassislar orasida bir-biriga nisbatan oqilona miqdorda bo‘lishi lozim. Mutaxassislar orasida ushbu 4 alomat bir-biriga nisbatan oqilona balanslashtirilishi orqali komandaning komplementallik, kontrastlik va gomeostatlik kabi xususiyatlari ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |