O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus



Download 2,71 Mb.
bet66/228
Sana09.07.2022
Hajmi2,71 Mb.
#767002
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   228
Bog'liq
Армат MexSot Kaf 08.INSON RESURSLARINI BOSHQARISH

Karyera langarlari


Karyera langarlari- karyera jarayonida shakllangan, tanlashga to‘g‘ri kelgan hech ham voz kechilmaydigan qiziqish yoki qimmatlik. E.Sheyn beshta karyera langarini aniqlab bergan:

  1. Texnik (funksional)- professional karyerasini afzal bilish.

  2. Boshqaruv – menejer karyerasini ustun qo‘yish.

  3. Tashabbuskor – tadbirkor karyerasini afzal ko‘rish.

  4. Avtonom (mustaqil) – konsultant, shtatdan tashqari jurnalist, muallif yoki boshqa alohida, yolg‘iz ishlashga imkon beradigan karyerani afzal bilish.

  5. Barqaror (xavfsiz) – uzoq muddatli va barqaror ishni afzal ko‘rish.

Karerogramma- bu ijtimoiy- professional o‘sishning individual rejasidir. Bu xodim va ma’muriyat o‘rtasida xodimning istiqbollari to‘g‘risida kelishilgan o‘ziga xos bitimdir.
Karerogramma bir qancha bo‘limlardan iborat. Ularning birinchisida xodimning o‘sish, rivojlanish boqichlari xronologik tartibda ko‘rsatiladi. Bularga xodimning malakasi, lavozimi, ish sharoiti, ish haqi va boshqalar kiradi.
Ikkinchi bo‘lib, xodimning ko‘tarilishi uchun kerak bo‘lgan talablardan iborat. Masalan, xizmatda ko‘tarilish uchun qanday ko‘nikma, ta’lim yoki malakaga ega bo‘lishi kerak yoki qo‘shimcha rag‘batga ega bo‘lishi kerak va h.k.
Karerogrammaning uchinchi bo‘limi ma’muriyatning xodimning o‘sishi bilan bog‘liq majburiyatlarni o‘z ichiga oladi.
To‘rtinchi bo‘limda xodimlarning o‘ziga qo‘yilgan talablarning bajarilishi yoki bajarilmaganligi natijasida qo‘llaniladigan rag‘batlantirish yoki jazolash choralari ko‘rsatiladi.
    1. Qaror qabul qilish jarayoni va muammolarni hal qilish usullari


Insonning faoliyat turi sifatidagi menejmentning asosiy xususiyatlaridan biri - qaror qabul qilish. Qaror - biron bir muammoni hal qilish bo‘yicha harakatlar majmuidir. Bundan oldin har doim maqsadni aniqlash, vaziyatni baholash, muammoni aniqlash va ifodalash masalalari turadi. Qabul qilingan qarorlarning qanday natija berishini hech qachon oldindan ko‘rib bo‘lmaydi. Har bir qaror maqsadga yaqinlashtirishi yoki uzoqlashtirishi mumkin, injener martabasini o‘stirishi yoki pasaytirishi mumkin.
Qaror qabul qilishdagi asosiy qoida menejer muammoni hal qilishga harakat qilishi kerakligidan iborat. Buning uchun ularni ko‘rish, aniqlash, tushunish, baholash zarur. Ko‘pincha menejerlar o‘z obro‘sini oshirish uchun ijobiy qarorlar qabul qilishni xoxlaydi. Boshqa qarorlarning esa mas’uliyatni soqit qilish maqsadida yuqoridagi rahbarga yoki o‘z xodimlariga topshiradi. Bu esa boshqaruv samarasiga yomon ta’sir ko‘rsatadi. Menejer barcha turdagi qarorlar uchun mas’uliyatli shaxs bo‘lishi kerak. Yakka tartibda qabul qilingan qaror kabi jamoaviy (kollegial) tarzda qabul qilingan qarorlar uchun ham u javobgarlikka ega, chunki bu kamchiliklarni u shakllantiradi.

Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish