O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus


Ishchi kuchi tarkibida ayollar



Download 2,71 Mb.
bet55/228
Sana09.07.2022
Hajmi2,71 Mb.
#767002
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   228
Bog'liq
Армат MexSot Kaf 08.INSON RESURSLARINI BOSHQARISH

Ishchi kuchi tarkibida ayollar. Ishlayotgan ayollar soni ortishining natijalari bundan ham qiziq. Ham er, ham xotin ishlaydigan oilalarning ortib borishi tufayli, ishchi-xodimni mamlakatning biron-bir viloyatiga ko‘chirib o‘tkazish mushqul bo‘lib qoldi. Shuningdek, rahbarlar ikkala jins sohiblari bo‘lgan xodimlarining o‘z oila




40 Mualliflar tomonidan ishlab chiqilgan
manfaatlaridan voz kechib, rejadan ortiq ish bajarishlariga ham ishona olmaydilar.
Madaniy tafovutlar. Ishchi kuchining katta qismini turli madaniy va etnik guruhlar vakillari tashkil etib bormoqda. Bu odamlar mutaxassislik bo‘yicha tayyorgarlik darajasi, ishga bo‘lgan munosabat va urf-odatlarning nihoyatda xilma-xilligi, hamda mehnat faoliyatlariga ta’sir etuvchi boshqa jihatlar bilan ajralib turadilar. Ba’zilar — kelib chiqishi bo‘yicha amerika aborigenlari, ba’zilari esa — yaqinda kelgan muxojirlar (immigrant)dir. Menejerlarning vazifasi ana shunday turli xil guruhlar bilan aloqani yaxshilash va kompaniyada hamkorlik hamda sabr-bardoshlik muhitini yaratish.
Iqtisodiyotdagi o‘zgarishlar. Amerikada biznes yuritish usullari kundan-kunga o‘zgarib bormoqda. Menejerlar hamisha o‘z tashkilotlarining keng qamrovdagi ichki o‘zgarishlariga duch keladilar. Ishchi kuchining demografik tasnifi, texnologiya, bozor, raqobat, boshqarish va tashkillashtirish shakllari, shuningdek insonlarning fikr va g‘oyalaridagi o‘zgarishlar tadbirkorlik faoliyatidagi barcha yo‘nalishlarning bir shakldan ikkinchi shaklga aylanishiga olib keladi.


    1. Tashkilotda madaniy shart-sharoitlarning o‘zgarishi


Frensis Arreola xodimlarning ish davomida faqat ingliz tilida so‘zlashishlari shartligi haqidagi eslatmani o‘qib qattiq taajjublandi. Arreola linza ishlab chiqaradigan "Signit Amoralite" (Janubiy Kaliforniya) kompaniyasida texnik kontroler bo‘lib ishlagan. Boshlang‘ich maktabda u faqat o‘zining ona – ispan tilida so‘zlashgani uchun maktab o‘qituvchilari tomonidan qattiq ta’qib ostiga olingani esida. Hozir u ingliz tilida ham, ispan tilida ham bemalol so‘zlasha oladi, lekin faqat ingliz tilida so‘zlashish talabini noto‘g‘ri deb hisoblaydi.
"Signit Amoralite" kompaniyasi o‘z talabini "do‘stlari va safdoshlari tushunmaydigan o‘zga tilda so‘zlashish ko‘p kelishmovchiliklarga olib kelishi mumkinligi, bundan tashqari bu odobsizlik va xavfsizlikka tahdid" bilan asosladilar. Kompaniyaning ta’kidlashicha, bu talabni bajarish shart emas, bu faqat tavsiya xolos; uni bajarmagan shaxslar hech qanday javobgarlikka tortilmaydilar.
Shunga qaramay, yuzlab amerika kompaniyalarida bunga o‘xshash choralar fuqarolar huquqini himoya qiluvchilar tomonidan har xil millatga mansub bo‘lgan insonlarning kamsitilishiga qarshi yo‘nalgan federal qonunlarning buzilishi deb tavsiflanadi. Ish bilan band qilishning tengligini ta’minlaydigan Komissiya tomonidan ishlab chiqilgan nizomga asosan, ishga oluvchilar biznes bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ta muhim sabablarga ko‘ragina til chegaralarini o‘rnatishlari mumkin.
Bunday chegaralarni kompaniyalar, xodimlarning o‘zlari tomonidan tushunadigan, ular haqida g‘iybatlashayotganligi haqidagi shikoyatlariga asosan kiritadilar. Masalan, kelib chiqishi bo‘yicha xitoylik bo‘lgan amerikalik ayol, safdoshlari u bilan ispancha so‘zlashishlarini aytib shikoyat qilgan. (Keyinchalik ofisda "faqat inglizcha so‘zlashing" talabi qo‘yilgan va hozirgi kunda bu talabni sudda ispan xodimlaridan bittasi rad etmoqda.) Madaniy kelib chiqishi jihatidan har xil xodimlar soni ortishi bilan, bunday shikoyatlar soni ham o‘sib bormoqda. Masalan, "Signit Amoralite" kompaniyasidagi 900 ta xizmatchining yarmidan ko‘pini — osiyoliklar, filippinliklar va lotinamerikaliklar tashkil etadi.
Menejerlar ana shu til kurashining markaziga tushib qoldilar. Bir qutbda, safdoshlari o‘zga tilda so‘zlashganligi va u bu tilni tushunmasligini, shuning uchun bu holni o‘ziga nisbatan haqorat deb hisoblagan xodimlar turadi. Ikkinchi qutbda, agar ishga halaqit qilmasa, bir-birlari bilan o‘zining ona tilida so‘zlashishi mumkinligini, faqat ingliz tilida so‘zlashish talabi noqonuniy bo‘lib, noroziliklarga olib kelishini ta’kidlaydiganlardir. Menejer nima qilishi kerak?
Turli millat vakillaridan tashkil topgan personalni boshqarish masalalari bo‘yicha ekspertlarning fikricha, bu muammoni hal etish uchun, xodimlarga o‘zga millat vakillariga nisbatan sabr-bardoshli bo‘lishga o‘rgatish dasturini taklif etish zarur. Bu dasturning maqsadi — xodimlar orasida o‘zaro hurmat muhitini yaratish. Ingliz tilida so‘zlashuvchilar "xorijliklarni til o‘rganishga harakat qilgisi kelmaydi" deb o‘ylaydilar. Lekin aslida bunday emas, aksariyat hollarda xorijliklar ingliz tilini bilmasdan hech qanday istiqbolli lavozimga ega bo‘lmasliklarini juda yaxshi tushunadilar va "ingliz tilida ko‘proq
so‘zlashishga harakat qiladilar va o‘z millatiga mansub bo‘lgan xodimlar biron-bir narsani tushunmagandagina o‘z tilida gapirib tushuntirib beradilar", deydi Kaliforniya universitetida (Los-Andjeles) mazkur dasturni ishlab chiqishda ishtirok etayotgan Maykl Adam.

Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish