Muhokama etiladigan savollar (yakuniy natijalar).
Barcha bajarilgan ishlarning o‘zaro bog‘liqligi.
Tashkiliy tuzilma bajariladigan ish hajmi bo‘yicha vertikal pog‘onada ierarxiya darajalariga, gorizontal pog‘onada esa funksiyalarga bo‘linadi.
O‘ta epchil, yassi, sodda tashkiliy tuzilmalarga e’tibor ortib bormoqda.
Tashkiliy tuzilmaning murakkablashuvi resurslarni ko‘p sarflashiga va nizolarga olib keladi.
Harakatlarni boshqarishda foydali bo‘lgan quyidagi prinsipga rioya qilish: yagona siyosatini markazlashuvi, amaliy bajarishni nomarkazlashtirish.
Tashkilot madaniyati — uning qadriyatlari va stili — mazkur muassasaning prioritetlari va maqsadlariga mos kelishi zarur. Tashkilot madaniyati ustida ishlash kerak.
Menejerlarning bosh funksiyalari – xodimlarda tashkilotning maqsadi va ko‘ra bilish (anglab yetish) mohiyatini singdirish, tarbiyalash.
Tashkilot madaniyatiga ta’sir etuvchi omillar
Tashkilot madaniyati ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilganda guruh bo‘lib faoliyat ko‘rsatayotgan shaxslarning individual xulq- atvori juda murakkab va xilma-xil ekanligiga e’tibor berish kerak. Bu omillar o‘zar, uzviy bog‘liqlikda amal qildi.
Qadriyatlar - bu nisbatan umumiy iqrorlik bo‘lib, nima to‘g‘ri, nima noto‘g‘ri ekanligi bilan belgilanadi. Bunda insonlarning umumiy moyilligi yuzaga chiqadi.
Munosabatlar – bu qadriyatlarni yuzaga chiqaruvchi turli usullar namoyon bo‘lishi jarayonidir. Bunda shaxslar va guruhlarning o‘zaro aloqalari, ta’siri yuzaga chiqadi.
Xalq-atvor – bu inson harakatining turli shakllaridir. Insonlar u yoki bu vaziyat taqozasiga binoan o‘z madaniyatini namoyon qildi.
8.5.1-rasm. Tashkilot madaniyatini shakllantirishdagi omillar tizimi53
53 A.Хайитов. “Инсон ресурсларини бошқариш” фани бўйича ўқув-услубий мажмуа.-Тошкент: Иқтисодиёт, 2018 йил, 232-бет.
Tashkilotda rasmiy munosabatlar bilan birga norasmiy munosabatlar ham mavjud bo‘ladi. Norasmiy tashkiliy tuzilma – rasmiy tashkiliy tuzilma qismi bo‘lmagan, lekin tashkilotning maqsadlariga erishishga ta’sir qiluvchi munosabatlarning tashkiliy tafsilotidir. Ya’ni, tashkilot xodimlari o‘rtasidagi shaxslararo darajada vujudga keladigan aloqalar va munosabatlar yig‘indisidir. Odatda, rasmiy va norasmiy tashkiliy tuzilma bir- biriga mos tushishi uchun harakat qilsada, har biri alohida nomoyon bo‘ladi.
Muhim sabablardan biri: xodimlar norasmiy muhitda o‘z boshliqlari, hamkasabalari, quyi pog‘onadagi xodimlar bilan muloqotga kirishadilar.
Norasmiy tashkiliy tuzilma impulsi bo‘lgan jamoada tug‘ma liderlarning bo‘lishi (o‘z maqsadlariga erishuvchi shaxslar) tabiiy holdir. Ularning hokimiyatni (hukumronlikni) o‘z hamkasabalari, do‘stlari yoki rahbariyatga ta’sir etish vositasida oladilar va bundan tashkilot samarali foydalanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |