Mehnatga haq to’lash
Mahsulotga qo’shilgan
Mahsulot narxi
Bozor iqtisodiyoti
13.1.3-rasm. Boshqaruv vazifalarining ustuvorligi
Inson resurslarini faoliyatini maqsadlarga erishish bo‘yicha ham baholash mumkin. Bunda korxona va xodim maqsadlari bir-biriga muvofiq bo‘lib, yagona tizimga birlashgan taqdirdagina ushbu baholash samarali bo‘lishi mumkin. Ana shunday tizim korporativ rivojlanish jarayonida xodimdarning shaxsiy mas’uliyati va ularni rag‘batlantirish tizimi bilan o‘zaro bog‘liqbo‘lishini taqozo etadi.
Maqsadlar bo‘yicha baholash quyidagi bosqichlardan iborat:
Xodimning bir nechta asosiy vazifalari (funksiyalari)ni aniqlash.
Bu funksiyalarning har biriga muayyan iqtisodiy ko‘rsatkichlar (foyda, xarajatlar hajmi, muddat, sifat va hokazolar) bo‘yicha anikdik kiritish.
O‘lchov birligini (foiz, kun, so‘m) belgilash.
Har bir ko‘rsatkich bo‘yicha eng kam va eng ko‘p “ijro standartlari”ni belgilash.
Ijroning eng ko‘p va eng kam natijalarini qabul qilingan standartlar (eng ko‘p, belgilangan darajada, eng kam darajadan past) bilan taqqoslash.
Barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘rtacha baho.
Inson resurslarini faoliyatini baholashning yana bir turi – maqsadga erishishga ta’sir ko‘rsatuvchi sifatlar – unumdorlik omillariga qarab baholashdir. Bunda xodimning ishlab chiqilgan mezonlarga erishish imkonini beradigan sifatlari (unumdorlik omillari) belgilanadi. Bu unumdorlik omillariga xodimning kasbiy va ishlab chiqarish ko‘nikmalari, bilimi, qobiliyati va hokazolar kiradi.
Hozirgi vaqtda bajarilgan ishni kompleks baholash usullari ham mavjud. Ularning to‘rt asosiy turi farqlanadi:
Xodimlar tavsifnomalarini taqqoslash usuli.
Bajarilgan ish to‘g‘risida hisobot usuli.
Ball usuli.
Nazorat varaqalari usuli.
Ushbu usullardan eng keng qo‘llaniladigan ikki usul xususiyatlariga batafsilroq to‘xtalish mumkin.
Ball usuli. U bajarilgan ishni baholashda bajarilgan ish ko‘rsatkichlarini ham, xodimning amaliy sifatlarini ham oldindan ishlab chiqilgan me’yorlar bilan taqqoslashni ko‘zda tutadi. Shu maqsadda baholash omillari hamda har bir omil darajalari miqdori, shuningdek ularni ballar yordamida baholash sinchiklab tanlab olinadi. Baholashda ball tizimining grafik shkalasi hamda ko‘p bosqichli shkalalar qo‘llaniladi. Ularda baholar shkalalaridan texnik hisoblash vositalari sifatida foydalanish ko‘zda tutilgan. Agar grafik shkalalarda darajalar miqdori oldindan belgilab qo‘yilgan bo‘lsa (odatda 4-5 ta: miqdor shkalalarida – son, alfavit shkalalarida – harflar, foizlar shkalalarida –
foiz, bayon shkalalarida – yomon, qoniqarli, normal, yaxshi va a’lo), ko‘p darajali shkalalarda darajalar soni tabaqalashtirilgan holda bo‘ladi va chizmada belgilab qo‘yilmaydi. 2- jadvalda ball orqali baholash miqdor shkalalari hamda ishlarni xizmatlar uchun ustamalar to‘lash guruhlari bo‘yicha taqsimlashni hisoblab chiqish keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |