Karyeraning boshlang‘ich bosqichi. Yosh mutaxassislar xizmat vazifalariga oid dastlabki ko‘nikmalarni hosil qilganlaridan so‘ng guruhlarda o‘zaro hamkorlik qilish tajribalarini egallashlari, shuningdek bo‘linmasi hamda alohida ijrochilar maqsad va vazi-falarni muhokama qilishda ishtirok etishlari kerak. Ushbu bosqichda ular uchun malaka oshirish yo‘nalishlarini mustaqil tanlashlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilishi darkor. Orttirilgan tajriba ularga muayyan ish uchastkasida mustaqil faoliyat ko‘rsa-tishlari imkoniyatini beradi. Mazkur bosqichga o‘tish xodim o‘z faoliyati muayyan sohasida zarur malakaga ega bo‘lishiga bog‘liqdir. Ana shu ikkinchi bosqich kelgusi kasbiy o‘sish uchun nihoyatda muhimdir. Yosh mutaxassislar o‘zlarida ishonchsizlikni his qilib, mustaqil faoliyat ko‘rsatishga ojizlik qilsalar, ularning kelgusi lavozimida o‘sishlariga umid qolmaydi.
Boshqaruv faoliyati boshlanishi.Mutaxassis tegishli tajribaga ega bo‘lganidan so‘ng unga amaliyotda o‘z boshqaruvchanlik salohiyatlarini sinab ko‘rish imkoniyati berilishi kerak.
Mutaxassislar ushbu bosqichda o‘zlarining bevosita xizmat vazifalarini bajarish bilan bir qatorda, birinchi bosqichdagi, tajribasi kamroqhamkasblariga yordam ko‘rsatishlari va ular mehnat faoliyatiga tezkor rahbarlikni amalga oshirishlari mumkin.
Yetakchilarni aniqlash.Ishga qiziqtirish (motivatsiya)ni kuchaytirishda xodimlarni yuqori rahbarlik lavozimlariga ko‘tarish juda katta ahamiyatga egadir. Personal tarkibidagi yetakchilarni aniqlash bo‘lajak menejerlarni rahbarlikning yuqori bosqichiga tayinlash davriga kelib ularni har taraflama tayyorgarlikdan o‘tkazish imkonini beradi. Personalni boshqarish xizmati xodimlari aniqlangan yetakchilarni tayyorgarliqdan o‘tkazish barcha bosqichlarini hamda ularning xizmat vazifalarida siljishlarini diqqat bilan nazorat qilib borishlari kerak.
Boshqarishning yuqori bosqichlari.Menejerlar yuqori lavozimlarga ko‘tarilganlaridan so‘ng ular faoliyati faqat tor vazifalarni hal etish bilan chegaralanib qolishi xavfi mavjuddir. Shuning uchun ularda kompaniya yoki firma faoliyatini strategik nuqtai nazardan
baholash hamda barcha ishlarning ahvoli uchun mas’uliyatni o‘ziga ola bilish sifatlarini shakllantirish katta ahamiyatga egadir. Korxona strategiyasini shakllantirish yoki uzoq muddatli strategik rejalashtirish bu bosqichga xos xususiyat hisoblanadi. Hamma ham bu ishning uddasidan chiqavermaydi. Strategik darajada samarali boshqaruv ham kasbiy, ham ma’muriy tajriba mavjud bo‘lgandagina ta’minlanishi mumkin.