O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus



Download 6,33 Mb.
bet77/187
Sana06.04.2022
Hajmi6,33 Mb.
#532812
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   187
Bog'liq
min o\'git majmua lot 2020 y 1.09.

Tayanch suzlari.
Karbamid sintezi kurilmalari turlari,kompressor, buferli idish, drossellash, separator, distiller, kondensator, gidrozatvor, nasoslar, desorber.


Nazorat savollari.
1.Karbamidni sintez kilish texnologik tasvirlari bir-birlaridan asosan nima bilan fark kiladilar?
2.Birinchi boskich kabamid kuykasini distillash jaraeni kanday sharoitda olib boriladi?
3.Karbamid sintezi jaraenida biuriet xosil bulmasligi uchun nima kilinadi?
4.Karbamid kuykasini ikkinchi boskich disstillash jaraeni kanday sharoitda olib boriladi?
5.Karbamidni dona-dona xolda ishlab chikarish uchun nima kilmok kerak?
6.Karbamid sintezi kurilmasi asosiy apparatlarini korroziyaga chidamliligini oshirish uchun kanday choralar ko‘rilayapti?

Maruza №20. Kaliyli o'g'itlar haqida tushuncha.


REJA:



  1. Kaliyli o‘g‘itlar haqida tushuncha

  2. Kaliyli tuzlar xom ashyosi

  3. Gallurgiya usuli



    1. Kaliyli o‘g‘itlar haqida tushuncha

Sanoat korxonalarida ishlab chiqariladigan va er ostidan qazib olinadigan kaliy birikmalarining deyarli barchasi (95% dan ortiq qismi) mineral o‘g‘it sifatida ishlatiladi. Ular xlorli, sulfatli va boshqa xolatda bo‘ladi.


Xlorli kaliyli o‘g‘itlarga: silvinit, kainit, tabiiy rudalarni qayta ishlash konsentrlangan mahsulotlari — kaliy xlorid va ularning konsentrlangan kaliyli mahsulotlar bilan aralashmasi kiradi. Xlorsiz kaliyli o‘g‘itlarga esa: kaliy sulfat, kaliy va magniy sulfatlarning qo‘shaloq tuzi — kaliymagneziya (unda oz miqdordagi kaliy va natriy xloridlari qo‘shimchasi bo‘ladi); kainit-langbeynit rudalarini flotatsion boyitish yo‘li bilan olinadigan kaliy-magniyli konsentrat kiradi.
Kaliyli mahsulotlar va xom ashyolarning sifati ulardagi kaliy (K2O xisobida) miqdori orqali aniqlanadi.
Kaliyli mahsulotlar sanoatining asosiy mahsuloti kaliy xlorid bo‘lib, ularning 95% qismi mineral o‘g‘it sifatida ishlatiladi. Qolgan 5% qismi kaliyning — KON, K2SOz, KNO3, KSN va boshqa birikmalariga aylantiriladi. Ular qora va rangli metallurgiyada, qurilishda, shisha ishlab chiqarishda, qog‘oz, lak-bo‘yok, charm oshlash sanoatlarida, farmatsevtikada va boshqa soxalarda ishlatiladi.
O‘g‘it sifatida yanchilgan silvinit, aralash o‘g‘it (kaliy xlorid va yanchilgan silvinit aralashmasi) va kaliy xlorid ishlatiladi. YAnchilgan silvinit tarkibida 22% KC1 (14% K2O) bo‘lib, o‘lchami 4 mm dan yirik bo‘lgan zarrachalar 20% dan ortmasligi kerak. Aralash o‘g‘it tarkibidagi K2O miqdori 40% dan kam bo‘lmaydi va H2O 2% dan oshmasligi lozim. Tarkibida 52,4% KC1 (63,1% K2O) bo‘ladigan kaliy xlorid — rangsiz kubsimon kristallardan iborat bo‘ladi. Uning zichdigi 1990 kg/m3 bo‘lib, 776°C da suyuqlanadi. Kaliy xloridning tabiiy minerali — silvin va rudalari tarkibida qo‘shimchalar bo‘lganligi sababli rangli bo‘ladi. Kaliy xloridning 20°C dagi to‘yingan eritmasida — 25,6% va 100°C dagi to‘yingan eritmasida esa — 35,9% KC1 bo‘ladi.
Texnik kaliy xloridning sifati GOST 4568-83 bo‘yicha belgilanadi. Texnik shartlar bo‘yicha u mayda kristall, donador va yirik kristalli xolatida 1-, 2- va 3-navlarda ishlab chiqariladi. Ularda navlariga muvofiq ravishda 95, 92 va 90% KC1 bo‘ladi. Mayda kristall xolatida ishlab chiqariladigan mahsulotda namlik 1% dan oshmasligi lozim, donador mahsulot namligi esa 0,5% atrofida bo‘lishi mumkin. Donador mahsulotda 1-4 mm li donachalarning miqdori 80% (quruq o‘g‘it ishlab chiqarish uchun esa 90%) bo‘lishi, 7 mm dan yirik donachalar bo‘lmasligi va 1 mm dan mayda donachalarning ulushi 5% dan oshmasligi kerak. Qishloq xo‘jaligida o‘g‘it sifatida donador, murakkab o‘g‘itlar ishlab chiqarishda esa kukun holatidagi kaliy xlorid ishlatiladi.
Kaliy sulfat K2S04 — rangsiz kristall modda bo‘lib, rombik (α) va geksagonal (β) shakllarda bo‘ladi. Kaliy sulfat α -shaklining β -shaklga o‘tish xarorati 584°S ni tashkil etadi. U 1069°C da suyuqlanadi. Kaliy sulfatning 200C dagi to‘yingan eritmasida 10,0% va 100°C dagi to‘yingan eritmasida 19,49% K2SO4 bo‘ladi. Toza kaliy sulfatda 54,06% K2O bo‘ladi.
Xlorsiz kaliyli o‘g‘itlar: KC1 ni sulfat kislotali qayta ishlashdan olinadigan K2S04 tarkibida 1- va 2-navlariga muvofiq xolda 50 va 48% dan kam bo‘lmagan K2O, 2-3% dan ko‘p bo‘lmagan C1 va 0,1% H2O bo‘ladi; polimineral rudalarni qayta ishlanishidan olinadigan K2SO4 tarkibida 46% dan kam bo‘lmagan K2O, 4% dan ortik bo‘lmagan natriy birikmalari (Na2SO3 xisobida) va 0,5% N2O bo‘ladi; donadorlangan va donadorlanmagan kalimagneziya — shyonit tarkibida 28% K2O, 8% Mg 0,15% dan ortiq bo‘lmagan C1, donadorlik turiga muvofiq xolda 7 va 12% H2O bo‘ladi; donadorlangan va donadorlanmagan kaliy-magniyli konsentrat — kainit-langbiynit rudalarini flotatsiyali boyitish yo‘li bilan olinadi va unda 17,5% K2O, 9% dan kam bo‘lmagan MgO, 20% dan ko‘p bo‘lmagan C1 va 4% H2O bo‘ladi; kainit rudasi tarkibida MgSO4 KCl 3H2O bo‘lib, unda 9,5% K2O va 5% dan ko‘p bo‘lmagan H2O bor.




    1. Download 6,33 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish