29.2. Ammofosfat ishlab chiqarish texnologiyasi umumiy bosqichlari
Ammofosfat ishlab chiqarish texnologiyasi umumiy holda quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: ikkilamchi fosfatni fosfat kislota bilan parchalash; olingan bo‘tqani ammiak bilan neytrallash (pH ko‘rsatkichi 3,5 va undan yuqori) yoki kislotali bo‘tqa olish (pH ko‘rsatkichi 2,5 va undan kam); ammoniylangan bo‘tqani bug‘latish; bo‘tqani qo‘shimcha ammoniylash (agar lozim bo‘lsa); mahsulotni donadorlash va quritish; donachalarni qayta ishlashning standartli bosqichi. Shunday qilib, ammofosfat ishlab chiqarish bosqichlari (fosfatni parchalash qo‘shimcha bosqichi e’tiborga olinmaganda) amalda bug‘latilmagan fosfat kislotadan ammofos ishlab chiqarish bosqichlariga o‘xshaydi. Uni ishlab chiqarishdagi qator texnologik usullar ham (shu jumladan kislotali fosfat bo‘tqasini bug‘latish mumkinligi) bir xildir. Ammofosfatning aniq texnologiyasi EFK ishlab chiqarish va ikkilamchi fosfat sifatida ishlatiladigan xomashyolar turi bilan belgilanadi.
Ammofosfat bo‘tqasini ammiak bilan neytrallash fosfatli xomashyo parchalanish darajasini yuqori darajada saqlagan holda amalga oshiriladi. Parchalanish koeffitsienti asosan kislota me’yoriga bog‘liq bo‘ladi. Fosforitlarni undan olingan kislota bilan 250% li me’yorda parchalanganda parchalanish darajasi ≈70% ni tashkil etadi, parchalanish darajasining
29.1-rasm. Ammofosfat ishlab chiqarish blok-sxemasi
bunday ko‘rsatkichga apatitdan oligan kislota bilan 210% li me’yorda fosforitlarni parchalash orqali erishiladi.
Ammofosfat texnologiyasi va jarayonning jihozlanishi ko‘pincha ammoniylashtirilgan bo‘tqa reologik xossalariga bog‘liq bo‘lib, bu o‘z navbatida kislotalilik muhiti ko‘rchatkichi, xomashyo turi, fazalar nisbati va jarayon haroratiga bog‘liqdir. Fosforitlardan ammofosfat ishlab chiqarish blok-sxemasi 29.1-rasmda tasvirlangan.
Ammofosfat bo‘tqasi qovushqoqlik xossalari kislotali parchalashga beriladigan fosfat miqdorini belgilaydigan omillardan biri hisoblanadi. Ikkilamchi fosfat miqdorini cheklaydigan ikkinchi omil olinadigan o‘g‘itning agrokimyoviy xossalari hisoblanadi. 29.1-jadvalda parchalashning 2-bosqichiga beriladigan fosfat miqdorlari ko‘rsatilgan.
29.1-jadval
Parchalashning 2-bosqichiga beriladigan fosfat me’yorlari (mahsulotdagi P2O5 umumiy miqdoriga nisbatan % hisobida)
Fosfatni parchalash uchun
ishlatiladigan kislota
|
2-bosqichiga beriladigan fosfat
|
boshlang‘ich xomashyo
|
konsentratsiyasi, % P2O5
|
fosfat turi
|
me’yori
|
Apatit
|
52
|
Apatit
|
10-12
|
Apatit
|
52
|
Fosforit flotokonsentrati
|
15-18
|
Apatit
|
29
|
Fosforit flotokonsentrati
|
15-18
|
Fosforit
|
20
|
Fosforit
|
10-12
|
Fosforit
|
20
|
Fosforit
|
15-18
|
Belgilangan texnik shartlarga muvofiq, mahsulot tarkibida: 38-39% P2O5umum., 20-21% P2O5s.e., 4-5% N va 2% dan kam suv bo‘ladi. 1 t P2O5 hisobida ammofosfat ishlab chiqarishdagi fosfat kislota sarfi ammofosdagiga qaraganda kam bo‘ladi, chunki ammofosfatdagi bir qism P2O5 to‘g‘ridan to‘g‘ri fosforit unidan o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |