O’zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o’rtа mахsus



Download 7,18 Mb.
bet74/182
Sana29.03.2022
Hajmi7,18 Mb.
#515491
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   182
Bog'liq
portal.guldu.uz-ZOOLOGIYA (umurtqalalilar zoologiyasi)

Bosh miya. Tog’ayli baliqlarning bosh miyasi to’garak og’izlilar va suyakli baliqlar bosh miyasiga nisbatan ancha yaxshi rivojlangan. Bu birinchi navbatda tog’ayli baliqlarda oldingi miya yarim sharlari va miyachasining yirikligidan dalolat beradi. Akulaning bosh miyasi besh bo’limdan iborat.
Oldingi miya yarim sharlari birmuncha katta bo’lib, o’ng va chap pallalarga aniq ajralmagan. Yarim sharlarning oldida joylashgan qidlov bo’laklari esa juda yaxshi rivojlangan. Oldingi miya keyingi uchi bilan oraliq miyaga, oraliq miyaning qopqog’iga esa uzun dastali miya usti bezi-epifiz birikadi.
O’rta miya ko’ruv bo’laklari deb ataladigan bir juft bo’rtma bilan qoplangan. O’rta miya yaxshi rivojlangan, lekin oldingi miya yarim sharlariga nisbatan ancha kichik.
Bosh miyaning to’rtinchi bo’limi-miyacha juda yaxshi taraqqiy etgan bo’lib, oldingi tomondan o’rta miya, keyingi qismi bilan uzunchoq miyaning ustiga joylashgan bo’ladi.
Uzunchoq miya bosh miyaning oxirgi bo’limidir. Bosh miyaning bo’limi ustki tomonidagi rombsimon chuqurcha deb ataluvchi to’rtinchi miya qorinchasi aniq ko’rinib turadi. Bu chuqurcha odatda qon tomiriga boy parda bilan qoplangan. Uzunchoq miya to’g’ridan-to’g’ri orqa miya bilan qo’shilib ketadi.
Bosh miya nervlari. Akulasimon baliqlar bosh miya bo’limlaridan bir-biriga simmetrik joylashgan o’n juft bosh miya nervlari chiqadi. Bosh miya nervlari odatda ikki nom-tartib raqamlari va o’z nomlari bilan belgilanadi.
Orqa miya nervlarining orqa va qorin butoqlari har ikki tomondan juft-juft bo’lib birlashib umumiy aralash nervni hosil qiladi. Har bir juft nerv o’ziga tegishli segmentlarni innervatsiyalaydi. Akulalarda juft suzgich qanotlar rivojlanganligi munosabati bilan yelka va bel-dumg’aza nerv chigali hosil bo’ladi. Bu nerv chigallari bir qancha nervlarning qo’shilishidan hosil bo’lgan va tegishli juft suzgich qanotlarga boradigan umumiy stvol (tana)dan iborat.
Umurtqali qayvonlarning ko’z soqqasini 6 ta muskul (1, 2, 3, 4, 5, 6) harakatlantiradi, ular bir uchi bilan ko’z kosasining devoriga, ikkinchi uchi bilan esa ko’z soqqasining ma’lum joyiga birikadi. Ularning to’rttasi (3, 4, 5, 6) yuqorigi, pastki, ichki va tashqi to’g’ri muskullar, 2 tasi esa (1, 2) yuqorigi va pastki qiya muskullar deb ataladi. Bu muskullarni III, IV va VI juft nervlar innervatsiyalaydi.

Download 7,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish