O’zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o’rtа mахsus


-rasm. Ichi yorilgan akula (erkagi)



Download 7,18 Mb.
bet73/182
Sana29.03.2022
Hajmi7,18 Mb.
#515491
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   182
Bog'liq
portal.guldu.uz-ZOOLOGIYA (umurtqalalilar zoologiyasi)

6-rasm. Ichi yorilgan akula (erkagi): 1 - burun teshigi, 2 - og’iz teshigi, 3 - jabralari, 4 - tashqi jabra teshiklari, 5 - venoz qo’ltig’i, 6 - yurak oldi bo’lmasi, 7 – yurak qorinchasi, 8 - arterial konusi, 9 - qorin aortasi, 10 - olib keluvchi jabra arteriyasi, 11 - oshqozonning kardial qismi, 12 – oshqozonning pilorik qismi, 13 - ingichka ichak, 14 - ichi yorilgan spiral klapanli yo’g’on ichagi, 15 - to’g’ri ichak, 16 - rektal bezi, 17 - kloakasi, 18 - jigari, 19 - o’t pufagi, 20 - o’t yo’li, 21 - oshqozon osti bezi, 22 - talog’i, 23 - buyragi, 24 - urug’ yo’li, 25 - qorin juft suzgich
qanotining kopulyativ o’simtasi, 26 - qalqonsimon bez, 27 - urug’don.


Qon aylanish sistemasi. Akulaning yuragi ikki kamerali: yurak bo’lmasi va yurak qorinchasidan iborat. Yurak bo’lmasiga venoz (sinusi) qo’ltig’i, yurak qorinchasining oxirgi qismiga arterial konus tutashadi (7-rasm).

7-rasm. Akulaning qon aylanish sistemasi sxemasi: 1 - yuragi, 2 - qorin aortasi, 3 - olib keluvchi jabra arteriyasi, 4 – olib ketuvchi jabra arteriyasi, 5 - aorta ildizi, 6 – uyqu aortasi, 7 - orqa aortasi, 8 - dum venasi, 9 - keyingi cardinal vena, 10 - oldingi kardinal vena, 11 - kyuverov kanali (oqimi), 12 - jigar qopqa venasi, 13 - jigar venasi, 14 - yonbosh venasi.

Qon venalardan venoz qo’ltig’iga yig’iladi. Yurak qorinchasini pintset bilan oldinga tortilsa, yupqa devorli uchburchak shakldagi venoz qo’ltig’ini aniq ko’rish mumkin. Qon venoz qo’ltig’idan yupqa devorli yurak bo’lmasiga, so’ngra qalin devorli muskulli yurak qorinchasiga quyiladi. Yurak qorinchasi muskulli devorining qisqarishi tufayli qon yurakning eng oxirgi bo’limi arterial konusga o’tadi. Arterial konusdan qorin aortasi boshlanadi. Arterial konus hamda yurak qorinchasining devorlari ko’ndalang targ’il muskuldan, qorin aortasi va boshqa tomirlarining devori esa silliq muskuldan tashkil topgan.


Qorin aortasi chap va o’ng tomonga tarmoqlanadi. Bu tarmoqlar tananing har tomonidan besh juft jabralarga qon olib keluvchi jabra arteriyalariga bo’linadi. Qon olib keluvchi arteriyalarning bir qismi til osti yoyiga borib, jabraning yarim bo’lagini, qolganlari esa haqiqiy jabra yoylariga borib, barcha jabralarni qon bilan ta’minlaydi. Qon aylanish sistemasining bundan keyingi tarmoqlarini preparatlarda kuzatib bo’lmaydi. Olib keluvchi jabra arteriyalari jabra yaproqlarida mayda kapillyarlarga bo’linib ketadi va ularning yupqa devori orqali gaz almashinadi. Kislorodga boy toza arterial qon olib ketuvchi arteriyalarga yig’ilib, umurtqa pog’onasi tagidagi orqa aortaga qo’shiladi. Orqa aortadan chiqqan qon tomirlari esa toza qonni butun tanaga tarqatadi. Venoz qon dastlab akulaning boshidan bir juft oldingi kardinal venaga, dum va tanadan esa keyingi kardinal venalarga yig’iladi. Keyingi kardinal venalar buyrakdan o’tib, uning ichida bir qancha kapillyarlarga bo’linadi va buyrak qopqa (darvoza) sistemasini hosil qiladi. Yurakning yuqorisida har qaysi (o’ng va chap) keyingi kardinal vena o’z tarafidagi oldingi kardinal vena bilan qo’shilib, juft kyuverov kanalini hosil qiladi. Bu kanal qonni venoz qo’ltig’iga o’tkazadi. Juft suzgich qanotlardan yon venalar chiqadi, bularning har qaysisi o’z tomonidagi kyuverov kanaliga qo’shiladi. Jigar qopqa venasi mustaqil ravishda ichakdan boshlanadi. Bu vena jigarda oldin kapillyarlarga bo’linadi, keyin ular yana birlashib, venoz sinusiga (qo’ltiqqa) quyiladigan jigar venasiga aylanadi.

Download 7,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish