O’zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o’rtа mахsus



Download 7,18 Mb.
bet70/182
Sana29.03.2022
Hajmi7,18 Mb.
#515491
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   182
Bog'liq
portal.guldu.uz-ZOOLOGIYA (umurtqalalilar zoologiyasi)

Markaziy nerv sistemasi bir-biridan aniq ajralgan bosh miya va orqa miyaga bo’linadi. Orqa miya shaklan yassi tasmasimon bo’lib, xordaning ustida joylashgan. Yon atrofdan xordaning biriktiruvchi to’qimali pardasi bilan qoplangan. Bosh miya o’z navbatida oldingi miya katta yarim sharlari, oraliq miya, o’rta miya, miyacha, uzunchoq miya qismlaridan iborat bo’lib, ulardan 10 juft bosh nerv tolalari chiqadi.
Ayirish organi. To’garak og’izlilarning ayirish organi-mezonefros buyraklar ikkita uzun tasma shaklida bo’lib, tana bo’shlig’ining o’rtasidan deyarli orqa chiqaruv teshigigacha davom etadi. Ularning bir uchi qorin pardasining burmasi bilan gavda bo’shlig’ining orqa devoriga yopishgan, ikkinchi erkin uchiga esa siydik kanali o’rnashgan. Siydik kanallari orqa tomonda siydik-tanosil sinusiga kelib qo’shiladi. Siydik-tanosil sinusi siydik-tanosil so’rg’ichining uchiga o’rnashgan siydik-tanosil teshigi orqali tashqariga ochiladi.
Jinsiy organi. Urg’ochi va erkak minoganing jinsiy organlari toq jinsiy bezlardan iborat bo’lib, bu bezlar tana bo’shlig’ining ko’p qismini egallaydi. Urg’ochilarining tuxum bezi mayda-mayda uvuldiriq donachalaridan tashkil topganligi bilan erkaklarining urug’donidan farq qiladi. To’garak og’izlilarda erkaklik va urg’ochilik jinsiy mahsulotlari bir xil usulda tashqariga chiqariladi. Chunonchi, yetilgan tuxum va spermatozoidlar jinsiy bez devorlarining yorilganyeridan gavda bo’lshig’iga tushadi. Keyin ular bir juft maxsus teshikdan siydik-tanosil sinusiga va undan siydik-tanosil teshigi orqali tashqariga, ya’ni suvga chiqariladi. Minogalarning tuxumi suvda urug’lanadi.
Topshiriqlar:
Minoganing tashqi tuzilishi, shuningdek, tanasining bo’yiga hamda ko’ndalang kesimlaridan tayyorlangan preparatlarda ichki organlarining joylashishi va tuzilishini o’rganib bo’lgach quyidagi rasmlarni albomga chizib oling:
1. Minoganing yonidan tashqi ko’rinishi;
2. Sagittal (bo’yiga) kesimida ichki organlarining joylashishi;
3. Minoga ichagi atrofi ko’ndalang kesimi;
4. Minoga jabra xaltalari atrofi ko’ndalang kesimi;
5. Minoganing bosh skeleti (yon tomondan ko’rinishi);
6. Minoganing qon aylanish sistemasi sxemasi.



Download 7,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish