Tashqi tuzilishi. Quyonning gavdasi – bosh, bo’yin, tana, dum va orqa qamda oldingi oyoqlarga bo’linadi (21-rasm).
21-rasm. Tolay tovushqoni.
Tumshuqning pastki qismiga joylashgan og’iz teshigi qarakatchan lab bilan o’ralgan. Yuqori lab ikkiga bo’lingan. Ko’zlarini shikastlanishdan asraydigan qarakatchan yuqorigi va pastki qovoqlari bor. Qovoq chetida qattiq tuksimon kipriklar joylashgan. Ko’zning ichki burchagidagi uchinchi qovoq yoki yumgich parda rudiment (qoldiq) qolda. Ko’zdan yuqoriroqda elastik tog’ay skeletli quloq supralari joylashgan. Tumshug’ining uchida ikkita yoriqsimon burun teshiklari bor.
Dumining ostida orqa chiqarish teshigi bor, undan bir oz oldinda siydik – tanosil teshigi joylashgan. Urg’ochisida siydik tanosil teshigi kenggina yoriq shaklida, erkagida esa kichkina erkaklik jinsiy a’zosining uchiga o’rnashgan. Voyagayetgan erkak quyonda jinsiy a’zoning ikki yonidagi terisi ko’tarilib xaltacha - yorg’oq qosil qiladi. Oldingi oyoqlari deyarli kalta va besh barmoqli, orqa oyoqlari esa uzun qamda to’rt barmoqli bo’ladi. Barcha barmoqlarida tirnoqlari bor.
Quyonning gavdasi junlar bilan qoplangan. Mo’yna ikki xil jundan: yo’g’on va uzun qildan va shu qillar tagiga o’rnashgan kalta va yumshoq tivitdan iborat. Tumushug’ining uchida siyrak, uzun va juda qattiq tuklar – vibrissalari bor. Bunday tuklar ko’z usti va oralig’ida, ustki va pastki lablarda qamda quloqlarining oralig’ida qam bo’ladi. Urg’ochi quyonning qornida sut bezlari va 5 juft so’rg’ichlari bo’ladi.
Boshqa umurtqali qayvonlarga o’xshab sutemizuvchilarning terisi qam ikki qavatdan iborat, ya’ni tashqi-epidermis va ichki kutis qavati bor.
Yuzaga yaqin joylashgan yassi qujayralarda keratogial birikmalar to’planib, ularning sekin-asta nobud bo’lishidan shox qavat qosil bo’lishiga olib keladi. Yuzada joylashgan qujayralar batamom shox moddaga aylanib, sekin-asta qazg’oq yoki yirik bo’laklar (tyulenlarda) shaklida to’kilib turadi. Malpigiy qavat qujayralarining bo’linib turishi qisobiga ularning o’rni to’lib boradi.
Sutemizuvchilarning epidermis teri qavati qar xil teri qosilalarini-soch, tirnoq, tuyoq, kovak shox (bug’ulardan tashqari), tangacha va turli bezlarni beradi.
Іaqiqiy (chin) teri, ya’ni kutis qavati sutemizuvchilarda juda yaxshi rivojlangan. Chin teri qavati juda murakkab to’r qosil qiluvchi tolali biriktiruvchi to’qimadan iborat bo’lib, buyerda yog’ to’planadi. Bu qavat teri osti yog’ kletchatkasi deb ataladi. U kitlarda va tyulenlarda yaxshi rivojlangan. Quruqlikda yashovchi ayrim sutemizuvchilarda (yumronqoziq, bo’rsiq, sug’ur, ayiq) qam bu qavat yaxshi rivojlangan.
Sutemizuvchilar uchun jun qoplami reptiliyalarda tangachalar, qushlarda pat-parlar singari xarakterlidir. Ko’pchilik sutemizuvchilarning terisi jun bilan qoplangan. Junlar terida joylashgan ildizchalardan o’sib chiqadi, ya’ni teri ustiga chiqib turgan jun o’qi va teri ostida joylashgan ildizni ko’rish mumkin.
Jun o’qi o’zak, qobiq qismi va teridan iborat. O’zak g’ovak to’qimadan iborat bo’lib, uning qujayralari orasida qavo bo’ladi. Qobiq qismi aksincha juda zich bo’lib, junning qattiqligini ta’minlaydi. Yupqa tashqi teri uni kimyoviy va fizik ta’sirlardan muqofaza qiladi. Junlarning ildizchasi maxsus jun (soch) xaltasida joylashgan. Xaltachaga yog’ bezlarining yo’llari ochilgan bo’lib, bezlar ajratgan sekret teri va junni moylab, qayishqoq qiladi, ularga suv yuqtirmaydi.
Sutemizuvchilar terisidagi bezlar tuzilishi va funktsiyasiga ko’ra qushlarnikidan farq qiladi. Ular terisida asosan ter, yog’, qid va sut bezlari bor.
Ter bezlari naychasimon va ularning ichki qismi tugunaksimon. Ular bevosita teri yuzasiga yoki jun xaltachasiga ochiladi. Ter bezlari suv va parchalanish maqsulotlarini tashqariga chiqarish va tana yuzasini sovitish vazifasini bajaradi.
Yog’ bezlari uzum boshi shaklida bo’lib, deyarli qamma vaqt jun xaltachasining voronkasiga ochiladi. Yog’ sekreti terini va junni moylab, ularni qurib qolishdan va qo’l bo’lishdan saqlaydi. Yog’ bezlari ayniqsa kitsimonlarda, kurak oyoqlilarda, sovuq iqlimda yashovchi darrandalarda va qishki uyquga ketuvchi sutemizuvchilarda yaxshi rivojlangan.
Іid bezlari o’zgargan ter va yog’ bezlaridan qosil bo’ladi. Іid bezlari Amerika skunslari va susarlarda kuchli rivojlangan. Muskus bezlari kabarga, vixuxol, qunduz va ondatralarda qam bo’ladi. Bu bezlar qayvonlarni bir-birini topishida va o’zlarini qimoya qilishida muqim aqamiyatga ega. Sut bezlari qam shakli o’zgargan oddiy naysimon ter bezlaridir. Sutemizuvchilarda sut bezlarining joylashishi va ulardagi so’rg’ichlari soni qar xil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |