O`zbеkistоn rеspublikasi оliy va o`rta maхsus ta`limi vazirligi



Download 1,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/19
Sana30.11.2019
Hajmi1,68 Mb.
#27823
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Falsafa,mantiq


  4 masala. Temur    va    temuriylar    davri   huddi    maqul bosqinchilaridan ozod 
bo'lgan halqimizning milliy dahosi eng yuksak chukkiga ko'tarilgan davrdir. Bu davr falsafasi 
halqimizning sohibqiron    Temur   boshchiligida    ozodlikka   erishgan    va    mustaqillikni 
saqlash qamda mustaqkamlash uchun amalga oshirgan buyuk ishlarining ifodasidir. Bu 
halqimizning markazlashgan davlat tuzish, milliy davlatchiligini tiklash va barharor qilish, 
yashash orzularining o'shalgan davridir. Uning falsafasida ana shu jiqatlar yaqqol ko'zga 
tashlanadi va bu meros bugungi milliy ong va istiqlol mafkurasining falsafiy negizlari  orasida 
aloqida o'rin tutadi. 
Madaniyatparvar va millatparvar Amir Temur va temuriyzodalar o'sha davr ma'naviy 
taraqqiyoti uchun siyosiy va iqtisodiy asoslarni to'la-to'kis yaratgan arboblar edi.  
 Temo'rning  o'lkan hizmatlaridan muhimi shuki, u madaniyat va ilm homiysi sifatida 
mashhur bo'ldi, o'z saroyiga olimu fo'zalo arboblarini to'pladi. Hoja Afzal, Jalol Hoqiy, Mavlono 
Horazmiy, Mavlono Munshiy va boshqalar uning saroyida ilm-fan va badiiy ijod bilan mashqul 
bo'ldilar.  Temur hukmronligi davrida ichki va tashqi savdo  kuchaydi. Ayniqsa, Hindiston, 
Hitoy, Rusiya, arab mamlari    bilan    aloqalarning    kuchayishi    Temur    saltanati iqtisodiy 
qudratini oshirdi. Temur va temuriylar davrida islom dini va tasavvufga katta e'tibor berildi. 
Islom dini o'sha davrda asosiy mafkura bo'lib, markazlashgan davlat barpo etiщda, iqtisod, 
madaniyat va ilm-fan soqasidagi maqsad va vazifalarni amalga oshirishda nazariy asos bo'lib 
hizmat qildi. Temur o'z faoliyatida unga tayanib ish ko'rdi. 
  Temuriylar davrida tasavvuf ta'limoti keng qo'loch yoydi. Sohibqiron tasavvuf 
qoidalaridan mamlakatdagi salbiy illatlarni yo'qotishda, turli janjal va nizolarni bartaraf qilishda, 
qaqikat va adolat o'rnatishda, insonparvarlik g’oyalarini tarqatishda foydalangan.  

  Temuriylardan Shohruh, Ulug’bek, Husayn Boykaro, Bobur Mirzolar davlatni 
boshharishda, din va tasavvuf qoidalariga amal qilishda, ilm-fan va madaniyatni rivojlantirishda 
uning an'analarini izchil ravishda davom ettirdilar.  
    XIV-XV asrlarda Movarounnahr va Hurosonda ilm-fanning ko'p soqalarida yuksalish 
yuz berdi. Jahonga mashhur olimlar, tabiatshunoslar va shoirlar etishib chiqdi. Tibbiyot, 
riyoziyot, handasa, tarih, adabiyot, jugrofiya, pedogogika, mantiq., falsafa, aqloqshunoslik va 
boshqalarga e'tibor berildi. Ayniqsa, badiiy adabiyot va adabiyotshunoslik tez rivoj topa boshladi 
,ularda o'sha davrning muhim ijtimoiy muammolari va insonparvarlik g’oyalari olga surildi. 
«Gul va Navro'z» muallifi Lutfiy (1366-1465), «Behro'z va Bahrom» asarini yozgan Binoiy 
(1453-1512), «Tazkirat ush-shuaro» (shoirlar haqida tazkira) ning muallifi Davlatshoh 
Samarqandiy, «Yusuf va Zulayho», «Mahzan ul-asror» hazinasi) asarlarining mualliflari Durbek 
(XIV-XV Haydar Horazmiy qamda Kamol Hujandiy (1402 yilda vafot  etgan), Hofiz Horazmiy 
(XIV-XV asrlar), Ismat Buhoriy (§65-1436), Yaqiniy (XV asr), Hiloliy (XV asr), Atoiy (XV asr)  
va boshqalar o'sha davrda yashab ijod etdilar. 
 Bu davrda tarih faniga e'tibor kuchaydi, yirik tarihnavislar paydo bo'ldi.   Temuriylar    
davrida    Abdurazzoq    Samarqandiyning (1413-1482) «Matlaa       as-sa'dayn va majma' al-
bahrayn» («ikki dengizning qo'shilishi»),  Hofizi Abruning  «Zubdat at-tavorih» («Tarihlarning 
sarasi»), Muyiniddin Isfizoriyning  «Ravzat al jannat- gat fi avsof madinat»,  Fosih Havofiyning 
«Mujmali fosihiy», SHarafiddin Ali Yazdiyning  «Zafarnoma»si, Nizomiddin Shomiyning   
«Zafarnoma»si va boshqalar mashhur edi.  
O'sha     zamonning    eng    mashhur  tarihchilari    Mirhond  va Hondamir edilar. Uning 
asosiy tarihiy asari  7 jilddan iborat bo'lib, «Nabiralar, podshohlar va xalifalar tarjimai hollari 
haqida poklik boqlari» deb ataladi. U olti jildini yozib vafot etadi, ettinchisini nabirasi Hondamir 
yozib tugatadi. 
Hondamirning muhim risolalari» Makorim ul-aqloq.»,  «Habib    us-siyar»,  «Vazirlar    
uchun qo'lanma » va boshqalardir. 
   X1V-XY asrlarda mantiq, tabiy-ilmiy fanlar, ayniqsa falakiyot, falsafa va 
aqloqshunoslikka katga e'tibor berildi. Mantiq ilmining yirik vakillaridan biri Sa'diddin 
Taftazoniydir (1322-1392). Yoshligidan ilohiyot fanlari, arab tili, nutq san'ati va mantiq bilan 
shugullanadi. Taftazoniy madrasalarda mudarrislik qildi.  
Taftazoniy 40 dan ortiq risolalarning muallifidir. Muhimlari: «Tahzib al-mantiq val-
kalom» («Mantiq va kalomga saykal berish») «Muhtasar al-maoniy» (Ritorikaga oid «qisqacha 
ma'nolar»), «Al-irshod al-hodiy», (Arab tili gramatikasiga oid «Yo'l boshlovchi rahbar»), «Al-
makosid at-tolibin» («Falsafa va kalomga oid «Tolibi ilmlarning maqsadlari») va boshqalar. 
Taftazoniy o'tmish olimlarinint juda ko'p asarlariga sharhlar qam bitgan. 
  Taftazoniy iroda erkinligiga to'htalib, har qanday ezgu ishlar hudoning moqiyatidan 
kelib chiqadi. hudo yaratuvchi sifatida insonlarni yomon hatti-harakatlar qilishdan saqlaydi
insonni ko'proq hayrli ishlar qilishga chorlaydi, gunoh, ishlardan qochishga da'vat etadi, deb 
aytadi. 
   O'sha davrning yana bir atoqli allomasi Mir Sayyid SHarif Jurjoniydir. 
Jurjoniy 50dan ortiq risolalarning muallifi bo'lib, ularning aksariyati mantiq, fikh, falsafa 
va tabiatshunoslikning muhim muammolariga baqishlangan. Olimning «At-ta'rifot» («Ta'riflar»), 
«Odob ul-munozara» («Munozara olib borishning qoidalari haqida risola»), «Sugro» («Kichik 
dalil bo'la oladigan hukm»), «Kubro» (Katta dalil bo'la oladigay hukm»), «Avsat dar mantiq», 
(«Mantiqda o'rta hulosa»), «Risolayi vujudiya» («Borliq haqida risola») va boshqa asarlardir 
   Mugafakkir risolalarida borliq, modda va uning shakllari, jismoniy va ruqiy 
munosabatlar, maniqiy fikrlash, til va tafakkurning o'zaro aloqasi, koinot, inson, aql va bilish 
masalalari yoritiladi. Jurjoniy, huddi Taftazoniy singari, qamma narsa va jismlar bir-biriga 
sabab-oqibat nisbatida bo'ladi, deb hisobladi. Oddiy narsalar asosida to'rt unsur, ya'ni suv, olov, 
va tuproq yotadi. Metall, o'simliklar va hayvonot dunyosi  to'rt unso'rning qorishishi nagijasida 
paydo bo'ladi.  

  Jahon ilm-fani taraqqiyotiga katta ulush qo'shgan buyuk falakiyotchi olim va davlat 
arbobi  Muqammad Taraqay  Ulug’bek ( 1394-1449). Ulug’bekning ulkan  ishlaridan  biri  uning  
Samarqandda, Kuqaq tepaligida,  Obi Rahmat ariqining bo'yida  rasadhona barpo  etganligidir.  
Ushbu rasadhona  ko'rilishi   1424  yilda boshlanib, 1429 yilda tugallandi. Olimning eng muhim 
asari «Ziji jadidi Ko'ragoniy» deb ataladi. Undan tashhari, Ulug’bek matematikaga oid «Bir 
daraja sinusni aniqlash haqida risola», astronomiyaga baqishlangan «Risolayi Ulug’bek» va 
tarihga oid «To'rt ulus tarihi» kitoblarini yozdi. Ulutbek mantiq  ilmi, fikhshunoslik, musiqa va 
adabiyot nazariyasini yahshi bilar edi. Olimning «Ziji» ikki qism, muqaddima va 1118 
yulduzning o'rni va holati aniqlab berilgan jadvallardan iborat. 
  Ulug’bek sayyoralarni o'rganishga turli uslublarni qo'llaydi, bular kuzatish, eksperiment, 
jonli mushohada, isbotlash, kiyoslash, indukciya, dedukciya va boshqalardir. Shuni aytish 
lozimki, Ulug’bek kuzatish va ulchash asboblari takomillashmagan bo'lsa qam, quyosh va oy 
harakatlarini, ularning tutilishi va vaqtlarini to'qri hisoblab chiqdi. U o'z atrofiga qobiliyatli 
olimlarni to'pladi, o'zga mamlakatlardan iqtidorli olimlarni taklif etdi. 
   Ana shunday olimlardan biri Giyosiddin Jamshid al-Koshiy  bo'lib, u yirik riyoziyotchi 
va falakiyotchidir. Uning asarlari «Miftoh ul-hisob» («Hisob kalidi»), «Risola al-muhitiya» 
(«Doira haqida risola») va boshqalardir. XVI asrdan boshlab Еvropa mamlakatlarida uning 
kashfiyotidan foydalana boshladilar. 
  Tarihda Ali qushchi nomi bilan mashhur bo'lgan Alouddin Ali ibn Muqammad qushchi  
Ulug’bekning shoqirdidir. U ilmiy ishlarini falakiyot va riyoziyot soqasida olib bordi. Uning 
asarlari: «Arifmetika ilmi haqida risola», «Mantiq risolasi», «Astronomiyaga oid risola» va 
boshqalardir. 
Ali qushchi «Astronomiyaga oid risola»sida Oy va quyosh tutilishi qonuniyatlarini ilmiy 
asoslab berdi. Olim tabiat sirlari va uning qonuniyatlarini urgandi, jismlar harakati va ularning 
oddiydan murakkabga o'tishi to'qrisida o'z fikrini ilgari surdi. 
Umuman shuni ta'kidlash lozimki, Ulug’bek va u asos solgan astronomiya maktabi 
koinotdagi hodisalarni o'rganishda muhim rol uynadi, o'sha vaqtgacha fanga ma'lum bo'lmagan 
hodisalarni idrok qilib, inson aql-zakovatining bilish imkoniyatlarini kengaytirdi, keyingi 
davrlarda yashagan olimlarga samarali ta'sir ko'rsatdi. Ulug’bekning astronomiya sohosidagi 
g’oyalarini Еvropada XVI asrdan boshlab Kopernik, Galiley va boshqalar rivojlantirdilar. 
Temuriylardan Husayn Boykaro hukmronligi davrida bu erda ilm-fan, adabiyot soqasida 
yuksalish yuz berdi. Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi Jahonga mashhur mutafakkirlar 
etishib chiqdi.  
    O'rta asr mumtoz adabiyotining vakili, Ulug’ shoir va mutafakkir Abdurahmon 
Jomiydir. Jomiyni Navoiy ustoz deb hisoblar edi. Uning qalamiga mansub asarlar «Nafahot ul-
uns» «Hujjat ul-asror», «Musiqa haqida risola», «Naqshi fusus; «Vohid atamasi haqida risola», 
«Haj qilish yo'llari qaqid risola», «Baqoriston» va boshqalardir. 
Jomiyning eng yirik asari «Haft avrang» bo'lib, ung «Tuhfat ul-ahror», «Suhbat ul-
abror», «Yusuf va Zulayho» «Suhbat ul-asror», «Layli va Majnun», «Salamon va Absol» « 
Hiradnomayi iskandariy» dostonlari kiradi. 
Barcha musilmon mutafakkirlari kabi Jomiy qam hudo abadiy, mutloq va dunyodagi 
qamma narsalarning sababchisidir, hudo mavjud bo'lganda, borliq yo'q edi, dunyo o'zining 
boshlanqichini Ollohdan olgan, demak, hudo qamma narsaning  yaratuvchisidir, deb hisoblaydi. 
Jomiyning falsafiy harashlar uning insonparvarlik g’oyalari bilan chambarchas boqlanib ketadi.  
Mugafakkirning ko'pgina asarlarida inson, adolat, muhabbat, ezgulik g’oyalari tasvirlanadi. 
 Jomiy naqshbandiylik ta'limotiga e'tiqod qilib, uning nazariy va amaliy jiqatlarini 
rivojlantiradi. Sufiy, uningcha, qalol va poq bo'lishi, biror kasb-hunarni egallashi, qanoatli va 
oliyjanob bo'lishi, tamagirlikdan uzoq, yurishi, nafsini jilovlashi lozim. Jomiy hudoni «go'zal 
ma'shuqa» sifatida tasvirlab insonning maqsadi uning vasliga etishdir, deydi.  
   Jahon madaniyati ravnaqiga o'lkan hissa qo'shgan siymolardan biri, Ulug’ o'zbek shoiri 
va mutafakkiri Nizomiddin Mir Alisher Navoiydir (1441-1501).  

Navoiy ijodi boy bo'lib, asarlari turli mavzularga baqishlangan. «qamsa» ya'ni «Hayratul 
abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab'ai sayyor», «Saddi Iskandariy» dostonlari 
qamda «Lison ut - tayr», «Majolisun nafois», «Mahbubul qo'lub», «Holoti Pahlavon 
Muqammad», «Mezon ul-avzon», «Muhoqamat ul-lugatayn» va boshqalar. Bulardan tashhari, 
Navoiy «Hazoyinul maoniy» («Ma'nolar hazinasi») nomli she'riy to'plam yaratgan bo'lib, u 45 
ming misraga yaqin gazal, ruboiy, kitьa va fardlardan tashkil toptan. 
  Navoiyning ijodi falsafiy fikrlarga boy bo'lib, unda jamiyat va inson munosabati, 
insonning baht-saodati, komil inson va fozil jamoa, ta'lim-tarbiya haqidagi fikr-uylari o'z 
ifodasini toptan. 
Shoir ijtimoiy-falsafiy harashlarining muhim hususiyati shundan iboratki, unda falsafiy 
fikrlar majoziy tarzda, badiiy uhshatish va ramziy iboralar yordamida, zohiriy va botiniy 
ma'nolarda bayon qilinadi. 
Navoiyning ijodiy merosida insonparvarlik va komil inson g’oyasi muhim o'rinni 
egallaydi - shoirning «Xamsa»siga kirgan «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Saddi 
Iskandariy» kabi dostonlarining asosiy qaqramonlari Iskandar, Farhod, Shirin, Layli, Majnun va 
boshqalar komil inson sifatida talqin qilinadi. Ular mehnatsevar, o'z kasbini ustasi, doimo 
o'zgalarga yordam beruvchi, shijoatkor va jasur, aqlli va bilimdon, sahovatli, to'qri so'z, sofdil, 
kamtar, o'zida hulq,-odob, adolat, sabr-toqat, nafsni tiyish, olijanoblik kabi fazilatlarni 
mujassamlashtirgan shahslardir. 
   Navoiy halq orasida insonparvarlik g’oyalarini tarkatdi, turli millat va elatlar o'rtasidagi 
do'stlikni ulutladi. Halqni farovonlikka, baht-saodatga eltuvchi, qamma teng, zulm-istibdoddan 
holi bo'lgan davlat tuzumini orzu qildi. U ilm-fan egallashni afzal bildi, mol-mulkka, boylikka 
hirs qo'yishni, tamagarlikni qoraladi. Navoiyning yahshilik, ezgulik, muhabbat, do'stlik, adolat, 
tinchlik, osoyishtalik va boshqa go'zal fazilatlar, ma'naviy aqloqiy qadriyatlar to'qrisidagi 
qimmatli fikrlari, nasihatomo'z so'zlari respublikamiz mustaqillikka erishgandan qam barkamol 
insonni tarbiyalashga hizmat kilmoqda. 
 XV asrning ohiridan bopshab Temuriylar davlati sekin-asta inqirozga yuz to'ta boshladi.  
Temur avlodidan bo'lgan Zahiriddin Muqammad Bobur (1483-1530) o'sha davrning eng 
ma'rifatli podsholaridan biri edi.  
  Ichki kelishmovchiliklar natijasida o'z yurtini tashlab ketishga majbur bo'lgan Bobur 
avval Kobulda, so'ngra esa 1526 yilgi Panipat jangida ibrohim Ludi ustidan qalaba kozonib 
Hindistonda o'z hukmronligini o'rnatdi. «Boburiylar sulolasi Hindistonda 300 yildan ortiq 
hukmronlik qilib, temuriylar davlati va madaniyatiniig davomchisi sifatida mashhur bo'ldi. 
   Bobirning hizmati shundaki, u Hindistonni markazlashgan davlatga aylantirdi, 
mamlakatda tinchlik o'rnatdi, obodonlashtirish va ko'rilish ishlarini rivojlantirdi, karvonsaroylar, 
me'moriy yodgorliklar, boqchalar, kutubhonalar barpo qildi, madaniyat, san'at, adabiyot va ilm-
fanni yuksaltirdi.  
Boburiylarning ko'pchiligi ma'rifatchilik bilan mashqul bo'ldilar, olimu fo'zalolar bilan 
maslahatlashib turdilar. Ularning yana bir hizmati islom va budda diniga e'tiqod qiluvchi 
musilmon va hindularni kelishtirishga, ahil yashashga chiharishda bo'ldi. 
  Bobirning mashhur tarihiy asari «Boburnoma» dir. Bulardan tashhari, u 
huquqshunoslikka oid «Mubayyin», aro'z ilmiga oid «Mufassal», musiqa bo'yicha «Musikiy», 
harbiy ishlarga oid «harb ishi» risolalarini yozgan. «Boburnoma» o'sha davrdagi Markaziy 
Osiyo, Hindiston, Afgoniston, Eronning siyosiy, ijtimoiy qayotini, savdo munosabatlari, 
geografiyasi, hayvonot va nabotot olamini, iqlimi, kabila va elatlarning urf-odatlari, marosimlari, 
turmush tarzini va marosimlarini aks ettirgan asardir. 
           Bobur  o'zining lirik she'rlarida ishq, muhabbat, Vatan soqinchi mehr, vafo, insoniylik, 
do'stlik, yahshilik va mehr-oqibatni qo'yiladi.  
 Shunday qilib, X1Y-XV asarlarda Movarounnahr va Hurosonda madaniy yuksalish yuz 
berdi. Buni olimlar Renessans davri qam deb atamoqdalar. XIV-XV asrlar moddiy va ma'naviy 
yuksalishining muhim hususiyati yana shundan iboratki, inson aql- zakovati va uning eng yahshi 
fazilatlarga e'tibor kuchaydi, ilm-fan va san'at rivoj topdi, qomusiy olimlar etishib chiqdi, 

madaniy merosni o'rganishga qiziqish ortdi. Temur va temuriylar davridagi madaniy yuksalish 
hozir qam o'z aqamiyatini yo'qotgani yo'q. Ular mustaqil davlatimizni mustaqkamlashda, 
madaniy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda, milliy g’oya va mafkurani 
shakllantirishda ma'naviy ozuka vazifasini o'tamoqda. 
Takrorlash savollari: 
1.Eng qadimgi falsafiy harashlar hususiyati nimadaq 
2.Zardushtiylik va buddaviylik falsafiy jiqatdan qanday farq qiladiq 
3. O'rta asr falsafasi rivojida qaysi mutafakkirlarni bilasizq 
4.Forobiyning borliq to'qrisidagi ta'limoti qanday harakter kasb etadiq 
5. Tasavvuf qanday ta'limotq 
6.Yassaviy qamda Naqshbandiy ta'limoti farqi nimadaq 
7.Islom dinining falsafiy jiqatini aytib bering. 
8.Temuriylar davri nega O'yqonish davri deb yuritiladiq 
9.Temurnoma qanday asarq 
10. Navoiyning bilish nazariyasi qanday harakterga egaq 
11. Boburnoma qanday asarq 
 
Tayanch so'z va iboralar: 
                  Avesto, zardushtiylik, ahuramazda, ahraman, ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amal, 
buddaviylik, moniylik, mazdak, Urta asr, Forobiy, ibn Sino, Beruniy, Farqoniy, Horazmiy, 
Tasavvuf, sufizm, Yassaviy, Kubro, Naqshbandiy, diniy baqrikengik, Buhoriy, at Termiziy, 
Marqinoniy, kalom va islom falsafasi, Temur, Temurnoma, Temuriylar, Jurjoniy, Taftazoniy, 
Ulug’bek, Navoiy, hamsa, Bobur, Boburnoma. 
 
 
 
      3-mavzu:   O'RTA ASRLAR VA YANGI DAVR G`ARB FALSAFASI 
(2 soat) 
 
1. 
Еvropa ilk o'rta asrlarfalsafasining asosiy hususiyatlari. Renessans davri falsafiy 
tafakkuri. 
2. 
XVIII asr fransuz falsafasi va ma'rifatchiligi: Volter, Russo, Lametri Didro, 
Gelvesiy, Golbah. 
3. 
Nemis milliy falsafasi, uning tarihiy ildizlari.  
4. 
XX asr jahon falsafasidagi  vorislik va yangilash, uning ildizlari.  
 
ADABIYOTLAR 
1.Karimov I. Tarihiy hotirasiz kelajak yo'q. - T.:O'zbekiston, 1998. 
2. Karimov I. Ma'naviy yuksalish yo'lida. - T.:O'zbekiston, 1999. 
3. Mirziyoyev Sh.M. O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning 5 ta ustuvor 
yunalishi buyicha Harakatlar stranegiyasi. 07.02.2017 
4..Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik o‘zbekiston davlatini birgalikda barpo 
etamiz.   –  Toshkent : O‘zbekiston, 2016.   
5. «Антология мировой философии» в 4-х томах. М., 1971. 
6. Асмус В.Ф. «Избранные философские труды». М., 1971. 
7. Асмус В.Ф. «Иммануил Кант». М., 1973. 
8. Биховский Б.Е. «Людвич Феербах». М., 1967. 
9. Нарский И.С. «Западно-европейская философия XIX века». 
10. «История философии». М., 1971. 
11.Yusupov E. «Falsafa». T., 1999. 
12. Falsafa asoslari. T.2005 
 

 
 
 
1-masala.   
Еvropa shaharlaridagi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy rivojlanishidagi  katta tavofut, feodal 
tarqoqlik Еvropada bir paytda renessans yuz berishiga qalaqit berdi. Shu bois Еvropada 
renessans ikki bosqichga bo'linib qoldi: Italiya renessansi va Еvropa renessansi. 
Uyqonish davri falsafasi quyidagi asosiy hususiyatlarni o'ziga qamrab olgandi. 
Avvalombor, renessans mafkurasi ikki yo'nalishga ega edi: feodal munosabatlarga va 
plebeylikka barqam berish. Yangi tadbirqorlar barharorlik va tovar-pul munosabatlarining 
kengayishi tarafdori edi. Buning uchun cherkov va davlatni isloh qilish zarur edi. 
Ikkinchidan, teocentrik nazariyadan antropocentrik yo'nalishga o'tila boshladi. Bu davrda 
hristian dini monolitik poziciyadan mahrum bo'la boshladi. 
Uchinchidan, antropocentrik nazariya bilan bir qatorda, gumanizm motivlari qam o'rta 
asrlar teoqratiyasiga harshi chiqa boshladi. Renessans gumanizimning asosiy namoyondalari 
Italiyalik Dante Aligьeri (1265-1321), Franchesko petrarka (1304-1374), Marsiliy (1278-1348) 
va boshqalar edi. Ular asketizmga harshi chiqib, o'z g’oyalarida inson kuchiga ishonch bilan 
harashadi. Ular inson o'z taqdiri uchun shahsan o'zi javobgar deb hisoblashadi. 
Dantening fikricha insoniyatning asosiy vazifasi o'z aqliy imkoniyatidan to'la foydalana 
olishdir (realizaciya). 
  To'rtinchidan, renessans ijtimoiy-siyosiy nazariyalarda qam ro'y bera boshladi. Davlat 
va huquq masalalari oldinlari bir yoqlama, ilohiy hodisa sifatida haralgan bo'lsa, endi uning 
mansabalarini «osmon» dan emas, «erdan» izlay boshlashdi. 
Ijtimoiy nazariyalarda asosiy o'rinni markazlashgan davlat mafkurasi egalladi. 
Markazlashgan kuchli davlatgina Rim papasiga bas kelishi mumkin. U o'zining ijtimoiy-
iqtisodiy manfaatlarini qimoya qila oladi. Markazlashgan davlat g’oyalari N.Makiavelli, Jan 
Bodenlarning ijtimoiy harashlarida o'z aksini topdi. Ular o'z asarlarida siyosatni tiologiyadan, 
davlat manfaatlarini cherkov manfaatidan ustun qo'yishadi. 
   Еvropa falsafiy fikr taraqqiyotida Renessans davri falsafasi muhim rolь uynadi. Eski 
feodal tartibotlar tanazulla yuz tutib, jamiyat qayotida yangi ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar yuz 
berdi. Ishlab chiharishga bo'lgan munosabatlar tubdan o'zgardi. Renessans falsafasining muhim 
belgisi shu ediki, u o'z diqqat e'tiborini «er»ga haratadi. Bu yo'nalishga italiyalik Jordano Bruno 
asos soldi. Bu burilishga insoniyat tomonidan amalga oshirilayotgan yutuqlar asos bo'ldi. Inson 
o'zini mustaqil his eta boshladi, o'z kuchiga, birinchi navbatda aql kuchiga ishonch hosil qildi. 
   Tabiat falsafasi bilan parallel ravishda tabiatshunoslik qam rivojlanib bordi. Yangi 
kashfiyotlar amalga oshirilib, yangi falsafaning rivoji uchun muhim manba bo'lib hizmat qildi. 
O'z davrining ilqor ta'limoti hisoblangan Parij va Oqsford maktablarining tabiat haqidagi 
sholastik ta'limotlari qam nazariy tovlamachilikdan (spekulyaciya) boshqa narsa bo'lmay qoldi. 
Bu ta'limotlardan farqli ravishda Renessans o'ziga tajriba, eksperement va kuzatish uslublarini 
qurol qilib oldi. Jamiyatning qonservativ kuchlari bilan progressiv kuchlari o'rtasidagi, din va fan 
o'rtasidagi bahslar asosan astronomiya soqasida bo'ldi. Leonardo da Vinchi (1452-1519), 
Nikolay Kopernik (1473-1543), Iogann Kepler (1571-1630) va Galileo Galiley bu soqada katta 
kashfiyotlar amalga oshirdilar. 
   Tabiat falsafasi muammolari bilan shuqullangan mutafakkirlar jumlasiga N.Kuzanskiy, 
Bernardino Telezio va Jordano Brunolarni kiritish mumkin. 
N.Kuzanskiy (1401-1464) ning tabiat falsafasi va kosmologik ta'limoti diniy ta'limotlar 
doirasidan chekkaga chiqqan emas. Uning borliq to'qrisidagi ta'limotida teocentrik harashi asosiy 
o'rin tutadi. Gneosologik ta'limotida esa asosiy o'rinni “docta ignorantia” (bilmaslik haqidagi 
bilim, bilmaslik ta'limoti) egallaydi. 
Bilishning asosini mutloq, aloqida va shartsiz bilimlar tashkil etadi. SHartsiz bilimlarni 
simvollar yordamida olish mumkin. Kuzanskiyning fikricha simvolikaning asosini matematik 
simvollar tashkil qiladi. Simvollardagi harama-harshiliklarsiz ularning moqiyatini ochib 

bo'lmaydi. Sholastikani rad etib yaratuvchini borliqni ichida deb hisoblaydi. O'zining 
kosmologik ta'limotida esa geliocentrik nazariyani ilgari suradi. 
   Bernardino Telezio (1509-1583). Neapolь tabiatshunos faylasuflaridan biri qisoblanadi. 
Universitetda ta'lim olish jarayonida sholastik ta'limoti bilan yaqindan tanishadi. O'zining butun 
ilmiy ijodini sholastik tafakkurga harama-harshi qo'yadi. Telezio tabiatni o'rganish bilan mashqul 
bo'ladi. Empirizm va eksperement kuzatish bu jamiyatning asosiy vositasi edi. 
Tabiatni o'rganish, kuzatish jarayoniga Hudoni bilishni kiritmaydi. Chunki, uning fikricha 
Hudo faqat olamning yaratuvchisi qisoblanadi. Tabiatdagi keyingi jarayonlarga esa yaratuvchi 
aralashmaydi. Falsafaning asosiy vazifasi Hudoni emas, balki tabiatni o'rganishdir. Falsafa 
teologiyadan ozod bo'lishi lozim. 
Uning kosmologik ta'limotida olamning moddiy birligi haqida fikr yuritadi. harakat uning 
fikricha har bir hodisaga hos hususiyatdir. 
  Jardano Bruno (1548 - 1600) 
J.Brunoning falsafiy panteizmi barcha tabiatshunoslardan o'zining izchilligi bilan 
sholastikaga, hristian, katolik, protestant dunyosiga harshi chiqdi va cherkov bilan tuknash keldi.  
 Bruno o'zining «O prichine, principe i edinom», «O besqonechnosti, vselennoy i mirah» 
singari traktatlarida olamning moddiy birligi, cheksizligi va abadiyligi to'qrisida fikr yuritadi. 
Materiyaning birligi barcha narsalarning asosidir. Bu birlikka kiruvchi elementlarning soniga 
harab har-hil konkret hodisalar ro'y beradi. Shuning uchun qam materiya shaklsiz mavjud bo'la 
olmaydi. SHaklga ega bo'lish materiyaga hos bo'lgan ichki hususiyatdir. Shu fikri bilan Bruno 
materiyani aristotelcha tushunishga harshi chiqdi. Umuman olganda, Brunoning tabiiy-ilmiy va 
falsafiy harashlari ilmiy falsafa rivojida katta rol uynaydi. 
Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish