Streptokokkus laktis (Streptococcus lactis) sporasiz tayoqcha. Bu bakteriyalar bir-biriga zanjir halqalari shaklida ulanib turadi va 30-38°C issiqlikda yaxshi rivojlanadi. Ular mono va disaxaridlarni osonlik bilan parchalab, 1% gacha sut kislota hosil qiladi.
Laktobakterium bulgarikum (Lactobacterium bulgaricum) 15 dan 20 mikrongacha kattalikdagi sporasiz tayoqcha. Bu bakteriyalar glyukoza, golaktoza va laktozani bijg‘itib 3,2% gacha sut kislotasi hosil qiladi. 40 -48°C haroratda yaxshi rivojlanadi.
Bakterium delbryukki (Bacterium Delbriickii) bolgar tayoqchasiga o‘xshaydi. Bu bakteriyalar sanoatda sut kislotasi hosil qilish uchun ishlatiladi. Ular oziqlanayotgan muhitga oq bo‘r qo‘shilsa, to‘plangan sut kislotasining miqdori 19% ga yetib qoladi.
Bakterium brassika (Bacterium Brussicae) va bakterium kukkumeris fermenti (Bacterium cuccumeris fermentati).
Bu bakteriyalarning birinchisi karam, ikkinchisi esa bodring tuzlashda ishtirok etadi.
Bulardan tashqari, tabiatda bakterium koli Bacterium nomli bakteriyalar keng tarqalgan bo‘lib, ular odam va hayvonlarning ichaklarida yashaydi.
Moy kislotali bijg‘ish jarayoni. Tabiiy sharoitda moy kislotasining hosil bo‘lganligini 1814 yilda nemis olimi Shevrel aniqlagan. Moy kislotali bijg‘ish jarayonida moy kislotaning vujudga kelishi tirik organizmlar ishtirok etganligi va bu biologik jarayon ekanligini 1861 yili Lui Paster isbotlab berdi. Bu jarayon
322
quyidagi tenglama asosida boradi:
C6H12O6®CH3-CH2-CH2-COON+2CO2+2H2+17 kkal.
Bulardan tashqari, moy kislotali bijg‘ish jarayonida sut va sirka kislotalari, etil va butil spirtlari, atseton va metan ham ajralib chiqadi.
Moy kislotali bijg‘ishni qo‘zg‘ovchi bakteriyalarning ko‘pchiligi o‘z tanasidan tashqi muhitga kuchli fermentlar ishlab chiqaradi. Bu fermentlar ta’sirida juda qiyinlik bilan parchalanadigan kletchatka gidrolizlanadi (parchalanadi). Kletchatka va kraxmalning parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan oddiy shakarlar, yuqorida ko‘rsatilgan formula asosida, moy kislotali bijg‘ishni qo‘zg‘ovchi bakteriyalar tomonidan bijg‘itiladi.
Moy kislotali bijg‘ishda qatnashadigan bakteriyalar kislorodli sharoitda yashay olmaydi, ya’ni ular anaerob bakteriyalar guruhiga kiradi. Bu bakteriyalar tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, iflos suv, sut, pishloq, tuproq va bos hqa turli muhitda uchraydi. Ular spora hosil qilish xususiyatiga ega bo‘lib, sporalari 1 -2 soat qaynatilganda ham tirikligini saqlab qoladi.
Moy kislotali bijg‘ish jarayoni bir tomondan foydali bo‘lsa, ikkinchi tomondan zarar keltiradi. Foydali tomoni shun daki, bu jarayon yordamida yog‘ kislotalari, butyl va etil spirtlar, atseton va boshqa mahsulotlar olinadi. Bakteriyalarning ba’zi bir turlari jumladan klostridium pasteurianum Clostridium Pasteurianum nomli bakteriya molekulyar azotni o‘zlashtiradi. Bu jarayon qishloq xojaligi o‘simliklari uchun zarur bo‘lgan azot birikmalarini tayyorlab berishda juda katta rol o‘ynaydi. Agar sariyog‘, pishloq, sut va boshqa mahsulotlarga moy kislotali bijg‘ishni qo‘zg‘ovchi bakteriyalar tushib qolsa, ularda hosil bo‘lgan moy kislotasi va boshqa birikmalar ta’siridan mahsulotlarning sifati pasayadi.
Propion kislotali bijg‘ish jarayoni. Propion kislotali yoki propionli bakteriyalar birinchi marta 1878 yili Fits tomonidan pishloqdan ajratilgan va pishloq ishlab chiqarishda bu bakteriyadan foydalanilgan eng qadimgi biotexnologiyalardandir. Ular o‘zining nomini bijg‘itish mobaynida ko‘p miqdorda propion kislotasi hosil qilishi hisobidan olganlar.
Ko‘p miqdorda karotinoidlar (vitamin V12) va hatto anaerob sharoitda o‘sganda ham katalaza fermenti hosil qilishi bilan xarakterlanadi.
Sporasiz, harakatsiz grammusbat tayoqchalardan (0,5 x 0,7-2,0 mkm) iborat va propionibacteroiae oilasiga birlashtirilgan. Bakteriya DNKsi da GS miqdori 65,0-68,0 mol % ni tashkil kiladi. Bu bakteriyalar ikki guruhga bo‘lib o‘rganilgan, ya’ni klassik va teri propion bakteriyalari. Ilgarilari teri propion bakteriyalar korinebakteriyalarga kiritilgan. Propion kislota hosil kiluvchi bakteriyalarning klassik guruhi hozirgi zamon klassifikatsiyasi bo‘yicha ilg ari yozilgan 11 ta o‘rniga 4 ta turga bo‘lingan (P.freudenreichii, P.thoenii, P.gensenii, P. acidipropionici).
323
Tur sonining kamaytirilganligi asosan DNK sining o‘xshashligiga asoslangandir, lekin fenotipik xususiyatlari bilan ular bir-birlaridan birmuncha farq qilishadi. “Teri” propion bakteriyalari ko‘p miqdorda propion kislotasi va vitamin Vi2hosil qilganligi hamda hujayra qobig‘i kimyoviy tarkibining o‘xshashligi tufayli Propionbacterium turkumiga kiritilgan. Bularning asosiy lipidi (yog‘i) klassik propion bakteriyalar lipidlariga o‘xshash, shoxlangan zanjirli S-15 yog‘ kislotalari saqlaydi. Shuning bilan bir qatorda teri propion bakteriyalarining klassik propion bakteriyalaridan muhim farqi, ularni yashash joyidir. Klassik propion bakteriyalarni asosan pishloqlardan va sut mahsulotlaridan ajratiladi. Teriniki esa - odatda odamning terisi ustida, kavsh qaytaruvchi hayvonlar oshqozonida yashaydi.
Shuning uchun o‘sishi uchun zarur bo‘lgan mo‘tadil harorat 37°C dir, klassik propion kislotali bakteriyalar uchun esa 28-32°C dir. Teri propion kislotali bakteriyalar proteolitik faollikka ega, klassik turlardan farqlanib, ular jelatinani parchalaydi va kazeinni gidrolizlaydi. Proteazadan tashqari boshqa ekstratsellyular fermentlar hosil kiladi (giolouronatliaza, lipaza, nordon fosfataza).
Teri propion bakteriyalari 3 ta turni o‘z ichiga oladi: P.acnes, P.avidum, va P.granulosum. Bularni teri kasali hosil qilganligi uchun, uni tuzatish maqsadida asosan etiologiyasi uchun o‘rganiladi. P.acnus turi vakillari kavsh qaytaruvchilarni xalqumida yashovchi tabiiy mikroorganizmlar tarkibiga kiradi. Ular hayvonlarni vitamin V12 bilan ta’minlaydi, uglevodlarni propion va sirka kislotasiga aylantirib beradi. Hosil bulgan propionat glikogen sinteziga qo‘shiladi, atsetat esa yog‘ sintezida qatnashadi.
Klassik propion kislotali bakteriyalar glyukoza, fruktoza, mannoza va galaktozadan foydalana oladi va (P.freudenreichu dan boshqa) qolgan hammasi laktozani o‘zlashtiradi. P.technicum va propion kislotali kokklar kraxmalni parchalaydi. Bu bakteriyalarni maltoza va saxaroza shakarlariga bo‘lgan munosabati ularni turlarga ajratishda diagnostik belgi sifatida ishlatiladi. Propion kislotali bakteriyalarda birinchi marta geterotroflarni CO2 ni o‘zlashtirishi (fiksatsiya qilishi) isbot qilingan.
Azot manbai sifatida ammoniy tuzidan foydalana oladi. P.acidi propionici nitritlarni qaytarish qobiliyatiga ega. Ayrim turlari molekula holidagi azotni o‘zlashtirishi aniqlangan. Bir qancha oltingugurt birikmalaridan foydalanadi: sulfatdan - sulfitgacha.
Propion kislotali bakteriyalarni elementar oltingugurtni o‘zlashtirishi odatdagi hodisa emas, chunki bunday xususiyat geterotrof bakteriyalar ichida juda ham kam uchraydi.
Odatda propion kislotali bijg‘ishni olib borish uchun 3 ta vitaminga:
324
biotinga, pantatin kislotaga va tiaminga muhtojlik bo‘ladi. Bakteriya propion kislotali bijg‘ish natijasida energiya oladi. Bijg‘ish jarayonining bosqichlari (ximizmi) adabiyotlarda yaxshi berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |