Gidrostatik bosim - hamma mikroorganizmlar ham gidrostatik bosimga bir xil chidamli emas. 100-140 MPa bosimga hamda chuqur vakuumga ham chidamli mikroorganizmlar ma’lum. Ammo ko‘pchilik mikroorganizmlar ham tabiiy ham laboratoriya sharoitlarida mi’tadil sharoitda, ya’ni oddiy atmosfera bosimida yashab, o‘sib, rivojlanadilar.
Harorat. Harorat - mikroorganizmlami tashqi muhit haroratiga chidamliligida katta ahamiyatga ega. Chunki, harorat nafaqat, mikroorganizmlami o‘sish tezligini, balki ularni yashash imkoniyatlarini ham belgilaydi. Har bir mikroorganizm o‘zining ma’lum o‘sish haroratiga ega. Mikroorganizmlar o‘sish va rivojlanishning haroratga bog‘liqligiga qarab, uch guruhga bo‘linadilar.
psixrofillar;
mezofillar;
termofillar.
Psixrofil mikroorganizmlami mi’tadil o‘sish harorati 15-20°C, mezofillarniki 25-27°C, termofillarniki esa 50°C dan oshmaydi. Haroratni mikroorganizmlarga nisbatan o‘ldirish imkoniyatiga asoslanib, pasterizatsiya va sterillash jarayonlari ixtiro qilingan. Pasterizatsiya (fransuz olimi Lui Paster nomi bilan bog‘liq) mikroorganizmlar saqlovchi suyuqliklarni 60-70°C da bir necha daqiqa qizdirishga bag‘ishlangan bo‘lib, natijada vegetativ hujayralar nobud bo‘lsada, sporalar tirik holda saqlanib qoladi. Sterilizatsiyada esa butun tirik mikroorganizmlami vegetativ hujayralari va sporalari nobud bo‘ladi. Sterilizatsiya yuqoriroq haroratda va har xil bosimda olib boriladi, u haqda ushbu kitobning “Oziqa muhitini tayyorlash va sterilizatsiya qilish” bo‘limida batafsilroq to‘xtalib o‘tilgan. Past harorat ham mikroorganizmlar hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘pchilik hollarda past harorat bakteriostatik samara ko‘rsatib, bakteriyalar o‘sishi, rivojlanishi va ko‘payishini to‘xtatib qo‘yadi.
Yorug’lik. Yorug‘lik - mikrorganizmlarni rivojlanishiga quyosh yorug‘ligi
308
va boshqa nurli energiya shakllari o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatadi. Quyosh yorug‘ligi (to‘lqin uzunligi 300-1000 nm) faqat ma’lum bir guruh mikroorganizmlar uchungina ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu guruhga, xlorofill saqlovchi bakteriyalar kirib, ular yorug‘lik energiyasidan fotosintez uchun foydalanadilar. Barcha boshqa bakteriyalar qorong‘uda yaxshi rivojlanadilar. Mikroorganizmlarga, ko‘rinmas, qisqa to‘lqinli ultra binafsha nurlar (to‘lqin uzunligi 10-300 nm) eng katta ta’sir ko‘rsatadilar. Ularni ta’siri o‘ldiruvchi, yoki mutagenli, ya’ni irsiyatni o‘zgartiruvchi holatda bo‘lishi mumkin. Ionlashtiruvchi radiatsiya (to‘lqin uzunligi 10 nm dan kichik) ham ultra binafsha nurlari kabi yoki o‘ldiruvchi, yoki mutagen ta’sir etadi. Ammo, tabiatda yuqori meyorli ultra binafsha yoki ionlashtiruvchi radiatsiya nurlariga chidamli bakteriyalar ham ko‘plab uchraydi. Ulardan ba’zilari atom reaktorlaridan ajratilganlar.
Nazorat savollari
Mikroorganizmlarga qanday tashqi muhit omillari ta’sir etadi?
Fizikaviy omillarga qaysi omillar kiradi?
Namlik mikroorganizmlarga qanday ta’sir qiladi?
Harorat mikroorganizmlarga qanday ta’sir qiladi?
Bosim mikroorganizmlarga qanday ta’sir qiladi?
Yorug‘lik mikroorganizmlarga qanday ta’sir qiladi?
MAVZU. KIMYOVIY VA BIOLOGIK OMILLARNING MIKROORGANIZMLARGA TA’SIRI
REJA:
Tashqi muhit omillarining mikroorganizmlar hayot faoliyatiga ta’siri.
Kimyoviy omillarning mikroorganizmlarga ta’siri
Biologik omillarning mikroorganizmlarga ta’siri.
Tayanch iboralar: kislorod, simbioz, kommensalizm, metabioz, antibiotik,
fitonsid.
Tashqi muhit omillarining mikroorganizmlar hayot faoliyatiga ta’siri.
Tashqi muhit sharoitlar qanchalik mos bo‘lsa, mikroorganizmlar shunchalik tez ko‘payadilar. Mikroorganizmlarni tashqi muhit bilan aloqasi, ularni butun rivojlanish davrida davom etadi va ko‘p qirrali xarakterga ega.
Harorat, oziqa moddalarining miqdori, bosim, pH va boshqa bir qator omillarni o‘zgarishi natijasida mikroorganizmlarda moddalar almashinuvi buziladi, oqibatda ularni o‘sishi va rivojlanishi sekinlashadi yoki butunlay to‘xtaydi. Mikroorganizmlarning rivojlanishiga ta’sir etadigan barcha omillar uch guruhga bo‘linadi: _ fizikaviy, kimyoviy va biologik omillar.
309
Kimyoviy omillarning mikroorganizmlarga ta’siri. Kimyoviy omillardan
muhitning pHi, kislorod va har xil kimyoviy moddalar; biologik
omillardan esa mikroblarga qarshi moddalar, biostimulyatorlar diqqatga sazovordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |