Oziq-ovqat sanoatining yana bir sohasida, ya’ni tuxum oqsili poroshogini tayyorlashda propion kislotali bakteriyalardan foydalaniladi.
Tovuq tuxumi oqsilining uglevodlar qoldig‘i sof holdagi aminokislotalar bilan reaksiyaga kirishishi natijasida melanoidlar hosil qiladi, natijada kukun korayib, yoqimsiz hidga ega bo‘ladi. Propion kislotali bakteriyalarni ishlatish suyuq oqsil aralashmasidagi uglevodlarni yo‘qotishga olib keladi, natijada massa vitamin V12 va ayrim erkin aminokislotalar bilan boyiydi. Yangi mahsulotni sanitar-bakteriologik holati yaxshilanadi, uni saqlash muddati (6 oydan)
yilgacha uzayadi.
Ilgari tuxum oqsilini qandsizlantirish uchun ferment preparatlaridan - glyukozaoksidaza va katalazadan foydalanilar edi, lekin bu iqtisodiy jihatdan qimmatga tushardi va uglevodlardan butunlay tozalanmas edi. Propion kislotali bakteriyalarning biomassasi oltingugurt saqlovchi aminokislotalarga (metionin, sistein va sistin) boy bo‘lgan sifatli oqsil preparatidir.
Propion kislotali bakteriyalar vitamin V12 tayyorlashda manba bo‘lib xizmat qiladi.
Propion kislotasi konservant (fungitsid - zamburug‘larga qarshi) sifatida katta amaliy qiziqish uyg‘otadi. Propion kislotasi bilan ishlov berilgan g‘alla uzok vaqt saqlanadi va nam havoda mog‘orlamaydi. Propion kislotasidan sariyog‘ni (propion kislotasi shimdirilgan qog‘ozga o‘rab qo‘yilsa), qora nonni, konservalarni saqlashda foydalanish mumkin. Kislota yaxshi hazm bo‘ladi va odamga zararsizdir.
Tarkibida P.acnec bo‘lgan hayvonlarni halqumidan ajratilgan bakteriyalar asosida “Propiovit” nomli preparat yaratilgan. Keyingi yillarda antibiotiklarni, sulfamidlik preparatlarni va turli xil oziqalarni qo‘llanilishi natijasida qishloq xojalik hayvonlarida dezbakterioz tez-tez vujudga kelayapti, bu narsa yosh mollarni yoppasiga kasallanishiga va halok bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Bakteriyali preparatlarni qo‘llash oshqozon ichak tizimidagi bakteriyalarni meyoriga keltiradi. Qishloq xojalik hayvonlarini o‘stirishda “Propiovit”dan foydalanish, ularni noqulay sharoit ta’siriga chidamliligini (immunitet) oshiradi, tez semirtiradi, kasal bo‘lishi va nobud bo‘lishidan saqlaydi, ichakda foydali mikrofloraning taraqqiyotini muvofiqlashtiradi.
326
Nazorat savollari
Etil spirtli bijg‘ish jarayonini kim birinchi aniqlagan?
Qanday bijg‘ish etil spirtli bijg‘ish deyiladi?
Spirtli bijg‘ishning kimyosini tushuntirib bering.
Spirtli bijg‘ishning amaliy ahamiyati nimada?
11-MAVZU. AEROB JARAYONLAR
REJA:
Oksidlovchi bijg‘ishlar.
Sirka kislotali bijg‘ish jarayoni.
Limon kislotali bijg‘ish jarayoni.
Limon kislotasi ishlab chiqarishning usullari.
Kletchatka va yog‘ochning aerob sharoitda parchalanishi.
Chirish jarayonlari va uning tabiatdagi ahamiyati.
Tayanch iboralar: atsetobakter atseti, orleanenze, pasteurianum, melassa, kletchatka, denitrifikatsiya.
Oksidlovchi bijg‘ishlar. Mikrobiologik sintez orqali turli xil organik kislotalar: sirka, limon, yantar, itakon, glyukon va boshqa xil kislotalarni olish mumkin. Ulardan oziq-ovqat, farmatsevtika, kimyoviy, yengil sanoat va boshqa turli xil ishlab chiqarish sanoatlarida keng ko‘lamda foydalanil adi.
Mikrobiologik sintez orqali olingan limon, sirka va sut kislotalari an’anaviy oziq-ovqat ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi va kimyoviy sintezlash yo‘liga nisbatan samaraliroq hisoblanadi.
Ushbu kislotalarning produsent-mikroorganizmlari bakteriyalar, mog‘or zamburug‘lari va achitqilar hisoblanadi. Sirka va limon kislota sintezlovchi produsent-mikroorganizmlar aeroblar hisoblanadi. Sut kislotasini esa anaerob mikroorganizmlar hosil qiladi.
Mikroorganizmlar ushbu kislotalarni o‘zlarini begona mikrofloradan himoya qilish maqsadida sintezlaydilar, Shuningdek, uglerodni zahira sifatida sintez qiladi degan nazariyalar mavjud. Sirka kislotali bijg‘ish jarayoni. Etil spirtning bakteriyalar ta’sirida oksidlanib, sirka kislota hosil qilishini 1862 y ilda Paster isbotlab bergan. Shu bilan birga, bu jarayonda qatnashgan tirik organizmlarning toza kulturasini tayyorlashusullarini ham ishlab chiqqan.
Sirka kislotali bijg‘ish jarayonini qo‘zg‘ovchi bakteriyalar tabiatda keng tarqalgan. Ular spora hosil qilmaydigan aerob organizmlardir. Spirtning oksidlanish jarayoni quyidagicha boradi:
327
2CH3CH2OH+O2=2CH3CHO+H2O
2CH3CHO+O2=2CH3COOH
Sirka bakteriyalari yoki atsetobakteriyalar sanoatda sirka hosil qilish uchun ishlatiladi. Sirka kislotali bijg‘ish jarayonida Acetobacter xylinum nomli bakteriya muhitda 4,5% gacha sirka kislotani hosil qiladi, ammo bu bakteriya sirka kislotani suv va SO2 gazigacha oksidlash qobiliyatiga ham ega. Acetobacter xylinum nomli bakteriya qalin va tog‘aysimon shilliq parda hosil qiladi. Unga yod va H2 SO4 bilan ta’sir qilinsa, u ko‘k rangga bo‘yaladi. Atsetobakter achitqi zamburug‘lari bilan birgalikda «choy kvasi» degan ichimlik tayyorlashda ishlatiladi.
Sirka kislotali bijg‘ish jarayonida asosan quyidagi bakteriyalar qatnashadi:
Atsetobakter atseti (Acetobacter aceti) — zanjir halqalari shaklida bir- biriga ulanib to‘rgan kalta tayoqchalardan iborat. Spora hosil qilmaydi. Bu bakteriya ko‘pincha pivo betida uchrab, muhitda 6% gacha sirka kislota to‘playdi. Atsetobakter atsetining normal rivojlanishi uchun harorat 30-34°C oralig‘ida bo‘lishi lozim. Harorat 40°C ga ko‘tarilsa, bu bakteriyaning involyusion (o‘zgargan) formalari vujudga keladi. Involyusion formasi cho‘zinchoq yoki noksimon shaklga kiradi.
Atsetobakter orleanenze (Acetobacter orleanense) — ko‘pincha uzum vinolari betida zich tuzilishli parda hosil qiladi. Pardasi yod ta’siridan sariq rangga bo‘yaladi; 9,5% gacha sirka kislota hosil qiladi.
Atsetobakter pasteurianum (Acetobacter Pasteurianum) hujayralari kalta tayoqcha shaklida bo‘lib, ko‘rinish jihatidan atsetobakter atsetiga o‘xshaydi.
Sirka kislotali bijg‘ish jarayonini qo‘zg‘ovchi bakteriyalar hosil qiladigan pardalar bir xilda bo‘lmasligi va yod ta’siridan turli ranglarga bo‘yalishi ularni bir- biridan ajratib olishda va ularning turini belgilashda juda katt a rol o‘ynaydi.
Limon kislotali bijg‘ish jarayoni. Limon kislota C6H8O7, uch asosiy oksikislotadir:
OH
HOOC - CH2 - C - CH2 - COOH COOH
Suvli eritmalardan rangsiz shakldagi suvning bir molekulasi bilan tiniq, rombik ko‘rinishidagi kristallar kristallizatsiyalanadi.
Limon kislotasi meditsinada, oziq-ovqat ishlab chiqarishda, kimyoviy va yengil sanoatda juda keng miqyosda qo‘llaniladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo miqyosida limon kislotasining ishlab chiqarilish hajmi yiliga 400 ming tonnani tashkil etadi.
328
Limon kislotasining bunday katta miqdorda ishlab chiqarilishiga turli xil uglerod manbalari, xususan, uglerod va uglevodorodlar asosida mikrobiologik sintezlash usullari ishlab chiqarilgandan keyingina erishildi.
Limon kislotasining produsent mikroorganizmlari mikroskopik zamburug‘lar (Aspergillus niger), achitqilar (Candida lipolytica, Candida quilliermondii) va bakteriyalar (Corynebacterium, Arthrobacter) hisoblanadi.
Rossiyada limon kislotasi melassali oziqa muhitida Aspergillus niger mikroskopik zamburug‘ini o‘stirib mikrobiologik sintez asosida olinadi. Limon kislotasini ishlab chiqarish jarayoni o‘zida mikrobiologik texnologiyaning barcha asosiy bosqichlarini mujassamlashtiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |