Unning narxi oshganda non taklifi qisqaradi – nonni sotishdan olinadigan naf kamayib, ishlab chiqarish qisqaradi. Bu holat taklif egri chizig‗ining chap-yuqoriga siljishi bilan ifodalanadi. Talab va taklif egri chiziqlarining yangi kesishish nuqtasi hosil bo‗ladi. Nonning muvozanatlashgan narxi o‗sib, muvozanatlashgan miqdori kamayadi. Shunday tarzda model jami daromad yoki un narxining o‗zgarishi qanday qilib non bozoriga ta‘sir ko‗rsatishini yaqqol namoyish etadi.
Pozitiv va normativ tahlil.Pozitiv tahlil iqtisodiyotdagi mavjud iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tushuntirish va bashoratlash uchun xizmat qiladi. Normativ tahlil esa iqtisodiyot qanday holda samarali amal qilishini, iqtisodiy jarayonlar o‗z natijasini berishini o‗rganadi.
Grafik usul. Iqtisodiy tadqiqotlarda grafik usul muhim o‗rin tutadi. Grafiklar turli iqtisodiy omillar o‗rtasidagi funktsional bog‗liqlik va aloqalarni ko‗rgazmali tasvirlash vositasi hisoblanadi. Bu omillarning ba‘zilari mustaqil o‗zgaruvchi hisoblansa, boshqa birlari bog‗liq o‗zgaruvchi hisoblanadi. O‗zgaruvchilar o‗rtasidagi to‗g‗ri bog‗liqlik grafik tarzda koordinatalar o‗qida o‗sib boruvchi chiziq shaklida tasvirlanadi. Teskari aloqa esa pasayib boruvchi chiziq shaklini oladi. Bog‗liq va bog‗liq bo‗lmagan o‗zgaruvchilar uchun koordinatalar o‗qini tanlash ixtiyoriy ravishda, qulaylik va yaxshiroq ifodalash tamoyili asosida amalga oshiriladi. Ya‘ni, bu yerda matematikadagi singari bog‗liq bo‗lmagan o‗zgaruvchilar faqat abstsissa o‗qiga joylashtiriladi, degan qat‘iy talablar mavjud bo‗lmaydi. Grafiklar tahlil qilinayotgan iqtisodiy o‗zgaruvchilar o‗rtasidagi chiziqli (to‗g‗ri chiziqlar) hamda nochiziqli (egri chiziqlar) bog‗liqliklarni ifodalashi mumkin. Asosiy tayanch tushunchalar Mikroiqtisodiyot - yaxlit iqtisodiyot nazariyasining alohida xo‗jalik subyektlari, tarmoq va bozorlarni o‗rganishga qaratilgan nisbatan kichik darajasi.
Pozitiv tahlil - iqtisodiyotdagi mavjud iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tushuntirish va bashoratlashda qo‗llaniluvchi tahlil usuli.
Normativ tahlil – iqtisodiyot qanday holda samarali amal qilishini, iqtisodiy jarayonlar o‗z natijasini berishini o‗rganuvchi tahlil usuli.
To‗liq ratsionallik – iqtisodiy subyekt mavjud axborotdan eng yuqori darajada foydalanib, qilingan xarajatlar bilan olingan natijalar o‗rtasidagi eng yuqori tafovutga erishuvchi nazariy holat.
Cheklangan ratsionallik – axborotlarni to‗plash va tahlil qilishning qiyinligi tufayli xo‗jalik qarorlarini qabul qilishda undan to‗liq foydalanishning mumkin emasligi holati.
Marjinalizm nazariyasi – bu xo‗jalik munosabatlariga jalb etilgan alohida subyektning ruhiyati nuqtai-nazaridan amalga oshiriluvchi iqtisodiy tahlil.
Funktsiya – bu bir qator o‗zgaruvchilarning boshqalariga bog‗liqligini aks ettiruvchi matematik tushuncha.