8-chizma. Zamonaviy bozor xo‗jaligi modellari. Bozor iqtisodiyotida yuqorida tilga olingan belgi va tartiblar bilan birga, barcha hozirgi zamon iqtisodiy tizimlariga xos bo‗lgan bir qator shart-sharoitlar bo‗lishi taqozo qilinadi. Bular quyidagilar: ilg‗or texnologiya va yangi texnik vositalardan keng miqyosda foydalanish; ishlab chiqarishning ixtisoslashishi.
Har qanday iqtisodiy tizim singari bozor iqtisodiyoti ham iqtisodiyotning umumiy muammolarini ifoda etuvchi quyidagi savollarga javob topishi zarur: nima va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarur? qanday texnika va texnologiya bilan ishlab chiqarish zarur? kim uchun ishlab chiqarish zarur?
Agar bu savollarni umumiy ravishda qo‗yib, unga taraqqiyotning barcha bosqichlariga xos bo‗lgan umumiy javobni beradigan bo‗lsak, ularni lo‗nda qilib: aholi ehtiyoji uchun zarur miqdor va turdagi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish; mavjud resurslardan samarali foydalanib, yangi texnika va texnologiyalar asosida ishlab chiqarish; aholi iste‘moli uchun zarur ne‘matlarni ishlab chiqarish, deb javob berish mumkin.
Lekin bozor iqtisodiyoti davrida bu savollarga mazkur tizimning o‗ziga xos tarixiy xususiyatidan, uning talablari va qonun-qoidalaridan kelib chiqib javob beriladi. Qisqacha qilib aytganda, bozor iqtisodiyoti sharoitida:
ko‗proq foyda beradigan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqariladi;
puli bor, tovarlarni yuqori foyda olish imkonini beradigan narxlarda
sotib olish layoqatiga ega xaridorlar uchun ishlab chiqariladi;
d) yuqori foyda olishni ta‘minlaydigan, tejash imkonini beradigan texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqariladi.
Asosiy tayanch tushunchalar
Bozor iqtisodiyoti – tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun – qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir.
Bozor mexanizmi – bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va iqtisodiy jarayonlarni uyg‗unlashtirishni ta‘minlaydigan dastak va vositalardir.
Bozor – ishlab chiqaruvchilar va iste‘molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o‗rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida bo‗ladigan munosabatlar yig‗indisidir.
Bozor obyekti – bozorga, ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan iktisodiy faoliyatning natijalari va iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlardir.
Bozor subyekti – bozorning, ayirboshlash munosabatlarining qatnashchilaridir.
Bozor infratuzilmasi – ayirboshlash munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasaviy tuzilmalardir.
Talab – iste‘molchi ma‘lum vaqtda narxlarning har bir darajasida sotib olishga qodir bo‗lgan tovarlar va xizmatlar miqdori.
Talab qonuni – tovarlar narxi bilan uning sotib olinadigan miqdori o‗rtasidagi teskari yoki qarama-qarshi bog‗liqlik.
Engel qonuni – iste‘molchi daromadi bilan u tomonidan sotib olinishi mumkin bo‗lgan tovarlar miqdori o‗rtasidagi o‗zaro bog‗liqlik.